Ma‘mun-universiteti


Psixologiya fanining predmeti va asosiy vazifalari


Download 0.61 Mb.
bet2/91
Sana14.05.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1460612
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
Bog'liq
Asosiy Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish

Psixologiya fanining predmeti va asosiy vazifalari.
Psixologik bilimlar taraqqiyotining butun tarixida psixologiya predmetining uchta ta`rifi mavjud; ruh (jon) haqidagi fan, ong haqidagi fan va xulq haqidagi fan. Psixologiyani ruh haqidagi fan sifatida talqin qilish, ruhni izohiy printsip deb uning
faoliyat doirasini nihoyatda cheklab qo`ygan. Ongni psixologiyaning predmeti sifatida talqin qilish va psixikaning ongli qismini tadqiqot obyektiga aylantirib, bir vaqtning o`zida ong, ong ham predmet, ham izohiy printsip bo`lib xizmat qilgan. Psixologiya predmeti sifatida xulqning tanlanishi ong psixologiyasi subyekt tizimini yengib, psixologiyani obyektiv tadqiqot yo`liga olib chiqdi. Lekin ayni paytda psixologiya psixika va ongni o`z tadqiqot predmeti sifatida yo`qotdi. Keyingi taraqqiyot ong va xulq (faoliyat) birligi printsipi asosida ong va faoliyatning tarixiy buzilgan aloqasi tiklanmoqda. Har qanday boshqa fanda bo`lganidek, psixologiya ham murakkab, qarama-qarshiliklarga to`la, ba`zan turg`unlik, ba`zan voz kechilgan fikrlarga qaytish kabi bosqichlarni bosib o`tgan.
Psixologiyani rivojlantirishda olimlar bir xususiyatni aniqladilar, shuning uchun uning faktini va xarakteristikasini tasvirlash bilan birga sistemalar to`g`risidagi tushunchani kiritish kerak deb hisoblashdi. Psixologik sistemalar «supernazariya» (supernazariya) deb nomlanadi. Ularni paydo bo`lishini bir qator mualliflar psixologiyani teoritik yetilmaganligi bilan bog`laydilar. 1933yilda amerikalik psixolog Yedna Xaydbreder «Fan spekulyatsiyadan o`zini tiyadi, fakt bilan tasdiqlanmagani kerak emas. Ammo psixologiya faniga yagona mustahkam sistemani yaratish uchun umuman faktlar yetarli emas» - deb yozadi. 40 yildan keyin bu fikrni yana eslab amerikalik psixologlar Melvin Marks va Vilyam Xilks u hali kuchdaligini tasdiqlashadi. Bu mualliflar fikricha, sistema funksiyasi «direktivdir». Bu sistema psixologga qaysi obyektlar bilan va qaysi metod bilan ishlash kerakligini ko`rsatadi. O`z-o`zicha sistemalarni xarakteristikasini «supernazariya» sifatida tasvirlab beradi xolos, uni kelib chiqishini, rolini ochmaydi. Qarama-qarshilik holatida sistemalarning har biri o`z fanini tasdiqlar, o`z ishlash usuliga ega edi. Shunday qilib, o`rganilayotgan qismlarning birligi yo`q bo`lar edi. Psixologiyani birlik sonida gapirish mumkin emas. Marienson tomonidan bosilgan kitoblar «1930 yil psixologiyalari», «1925 yil psixologiyalari» deb ataladi. O`sha davrda psixologlar ko`p edi va ularni soni ham ko`payayotgan edi.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling