Psixologiya va ijtimoiy siyosiy fanlar fakulteti amaliy psixologiya


Download 140.26 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.06.2023
Hajmi140.26 Kb.
#1556536
Bog'liq
Psix. Xizmat. Atayave R^



Sharof Rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti 
psixologiya va ijtimoiy siyosiy fanlar fakulteti amaliy psixologiya 
yo’nalishi talabasi Abdukarim Abduqayumovning psixologik 
xizmat fanidan
MUSTAQIL ISH 
Mavzu: Amaliy psixolog faoliyatining asosiy ko’rinishlari
O’qituvchi: Atayeva R


Reja:
1. Psixologik xizmat faoliyati tizimida 
psixologik maslahat, uning turlari.
2. Psixodiagnostika-psixologik xizmat 
vazifalaridan biri sifatida.
3. Diagnostik-korreksion ishning o'tkazish 
bosqichlari


• Psixologik xizmat faoliyati tizimida psixologik maslahat, uning turlari 
Psixologik xizmat faoliyati yosh va pedagogik psixologiya, psixokorreksiya
psixologik maslahat sohasida umumiy psixologik va maxsus psixologik
bilimlar olgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Psixologik
xizmatga jalb qilingan pedagoglar bu mutaxassislikni olish uchun maxsus 
qayta tayyorgarlikdan otishlari lozim.
Maslahat berish psixologik xizmatning asosiy yo'nalishlaridan biridir. Lekin 
inmaligi haqida yagona tush psixologik maslahat ozi nimaligi haqida 
yagona tushuncha yo'q


Kollejlardagi yoki akademik litseylardagi psixolog ishi bir-biridan tubdan farq 
qiladi. Psixolog aniq oquv muassasasidagi o'qituvchilar va o'quvchilar 
orasidagi munosabatning ijobiy va salbiy tomonlari rivojlanadigan ijtimoiy 
muhitning ichida boladi. U har bir o'quvchi yoki o'qituvchining ozinigina
emas, shaxslararo munosabatning murakkab sistemasini ham koradi, boshqa 
ish turlari bilan birgalikda vaziyatni hal qiladi.
Psixolog maslahat berish ishlarida quyidagi ishlarni olib boradi: 1. Bolalar, 
oqituvchilar, talabalar ta'lim va tarbiyasi bilan shug'ullanuvchi barcha 
shaxslarga, jumladan ma'muriyat, direktor, rektor, mudir, o'qituvchilar, 
murabbiylar, ota-onalar, ijtimoiy va jamoatchilik tashkilotlari xodimlariga 
aniq, yaqqol maslahatlar berish.


2. Ta'lim, taraqqiyot, tarbiya, kasb tanlash va turmush qurish, ozaro
munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar va voyaga yetmaganlar 
munosabati, masalan, dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan 
individual, guruhiy, Jamoaviy tarzda maslahatlar uyushtirish.
3. Ma'muriyatga, bolalar, o'quvchilar, talabalarga (yotoqxonada, klublarda, 
kutubxonalarda) qiziqtiruvchi masalalar boyicha bolalar, o'quvchilar, 
talabalarning psixik osishi xususiyatlariga oid ma'lumot berishi, o'g'il va qizlarni 
asrab olish, onalik va otalikdan mahrum qilish, tashkilotlarning g'amxo'rlik va 
vasiylik togrisidagi qabul qilgan qarorlariga munosabati, shaxs taqdirini hal 
qilishda qatnashishi va maslahatli fikr berishi lozim.


.4. Ota-onalarga bolaning psixik rivojlanishi xususiyatlarini shaxs sifatida 
shakllanishi, o'zaro munosabat maqomlari, bunda farzandlarning yoshi, jinsi, 
individual-tipologik xususiyatlari muammosi boyicha ilmiy-amaliy 
maslahatlar beradi.
5. Yangi tipdagi maktablarga orta-maxsus va kasb-hunar kolleji oquvchilari,
akademik litsey talabalariga ularning imkoniyati, istiqboli togrisida ilmiy-
amaliy xususiyatga molik konsultatiy ishlar olib borish: yoshlarni saralash, 
tanlash, kasbga yaroqlilik darajasini aniqlash, tanlov komissiyasida 
maslahatchi sifatida ishtirok etish. Maslahat berish ishlari amaliyotchi 
psixologning asosiy faoliyat turlaridan biridir. Maslahat berish ishlari 
oqituvchilar, oquvchilar, ota-onalar uchun olib boriladi. Maslahat berish 
ishlari individual va guruhiy bolishi mumkin.


Amaliyotchi psixologlar ish tajribasini umumlashtirish shuni korsatadiki
oqituvchilar ko'pincha psixologga quyidagi muammolar boyicha murojaat 
qiladilar: turli fanlar boyicha oquvchilarning ozlashtirishdagi qiyinchiliklari, 
bolalarning o'qiy olmasligi va istamasligi, guruhdagi nizoli vaziyatlar, shaxsiy 
pedagogik ta'sirning natija bermasligi, har xil yoshdagi bolalarning tengdoshlari 
oila muloqati va bolalar jamoasining shakllanishi, kasbiy malakalarini oshirish 
yo'llari, oquvchilarning qobiliyatlari, layoqatlari, qiziqishlarini aniqlash va 
rivojlantirish yollari, oquvchilar bilan kasbga yonaltirish ishlarini olib borish.
Bolalar psixologiyasi sohasida psixologik maslahatlar berish 60 yildan koproq
vaqt ichida chet elda rivojlanib bormoqda. 


Hozirgi vaqtda maslahat berish amaliyoti bola tarbiyasi va psixik taraqqiyotini 
murakkablashtiradigan qator notogri fikrlarning kuchayganligi bilan duch 
kelmoqda. Ular orasida qator ijtimoiy-iqtisodiy omillarning qarama-qarshi 
ta'sir korsatishi sezilarli o'rin egallaydi.
Masalan, ota-onalarning, ayniqsa, onalarning ishlab chiqarishda bandligi
sezilarli ozgarishlarni vujudga keltirmoqda.Bundan tashqari, kopchilik
bolalaming bolalar muassasalarida tarbiyalanishi ota- onalar psixologiyasida 
ma'lum ma'noda o'z izini qoldiradi. Ota-onalar ozlarining funksiyalarini 
bog'chalarga, keyinchalik maktablarga ag'darib qo'ymoqdalar. Ota- onalarning 
ajralishi bola psixikasiga katta ta'sir ko'rsatadi. Mutaxassislarning fikricha, 
oilaning buzilishi bolaning ahvolini qiyinlashtirib qo'yadigan kuchli psixologik
omil bolib, unga ko'nikish uchun bolaga kamida 2 yil kerak.


Tarbiyaviy xavfli guruhga yolg'iz bolali oilalarda tarbiyalanuvchi bolalar ham 
kiradi.
Xilma-xil psixologik muammolar manbalari ichida maktab ham muhim o'rin 
egallaydi. Misol uchun tibbiyot mezonlariga qaraganda maktab yoshidagi 
bolalarniing 15-20 foizi qisqa muddatli yoki doimiy psixoterapiyaga muhtojlar. 
Maktabda keng tarqalgan psixologik muammolar juda kop: ichki oquv 
motivatsiyasining sustligi, past ozlashtirish, o'qituvchilar va tengdoshlari bilan 
nizoli munosabatlar, o'z-o'zini past baholash, jamiyatga qarama-qarshi 
guruhlarda ishtirok etishga layoqatlilik va boshqalar. 
Yuqorida sanab korsatilgan muammolarning kopchiligiga shaxs rivojlanish 
bosqichlarida ehtiyojlarni va chuqur qonuniyatlarni yetarlicha hisobga olmaslik, 
barcha bolalarga bir xil talab qoyish, ularning individual psixologik va 
psixofiziologik xususiyatlarini e'tiborga olmaslik sabab bo'lmoqda.


Bolaning kopgina ijobiy xususiyatlari, masalan, she'riyatga, matematikaga, 
musiqaga va boshqalarga nisbatan erta koringan layoqatilik yoki umumiy 
psixik taraqqiyotining juda oldindaligi kopgina psixologik va pedagogik
muammolarning manbai bo'lishi mumkin.
Amaliyotchi psixologga oquvchilar ham kattalar va tengdoshlari bilan ozaro
munosabatni yaxshilash masalalari, o'z-o'zini tarbiyalash, kasbiy va shaxsiy oz 
ozini bilish, aqliy mehnat va xulq-atvor madaniyati va boshqa muammolar 
boyicha murojaat qiladilar.
ar bilan bevosita aloqada ulard Psixolog oquvchilar bilan bevosita aloqada 
ularda vujudga kelgan muammolarni hal qiladilar. Bu to'g'ridan-to'g'ri 
maslahat berish deb ataladi. Ba'zan oquvchilarga va ota-onalarga 
oqituvchilarning u yoki bu muammolari boyicha maslahat beradi, bu 
bavosita maslahat berishdir, bunda ma'lum qoidalarga amal qilishga togri
keladi


Maslahat berish markazida har doim psixolog va maslahat berilayotgan 
shaxsning o'zaro ta'sir jarayoni, ular orasida ishonchli o'zaro munosabatni 
o'rnatish yotadi. Bunda psixolog maslahat beruvchi; o'qituvchi, otaona
maslahat beriluvchi; oquvchi- mijoz rolida boladi.
Maslahat berish ishini quyidagicha sxematik tasvirlash mumkin.
1. Maslahat
2. Muammolar
3. Sabablarni bola bilan aniqlash ishlash
Yuqoridagi usulda ish olib borganda psixolog va oqituvchi o'z sohasini yaxshi 
biluvchi mutaxassislar sifatida namoyon boladi.
1. O'quvchi muammolari boyicha ularning hamkorligi bilimlarining birikuviga
imkon beradi va muammolarni hal qilish uchun keng ijodiy imkoniyatlar 
yaratadi. Maslahat berishning asosiy ahamiyati ana shunda. 2. Psixolog 
o'quvchilar va talabalarning psixologik xususiyatlari, ularningqiziqishi,


mayli, ilk iqtidori kabilarni organadi, mutaxassis va yyetuk shaxs sifatida
shakllanishiga yordam korsatadi.
3. Maktabgacha yoshdagi bolalar, oquvchilar, kollej o'quvchilari yangi 
tipdagi
maktab, oliy o'quv yurti talabalarida uchraydigan o'quv malakalari va 
konikmalarini
egallashdagi nuqsonlar xulq-atvordagi kamchiliklar, intellektual taraqqiyot 
va shaxs


fazilatlaridagi buzilishlari diagnostika qiladi. UZ 4. Boshqa sohaning 
mutaxassislari bilan birgalikda psixik rivojlanishdagi nuqsonlar xilma-xilligini 
hisobga olgan holda differentsial diagnostikani amalga oshiradi. 
Nuqsonlarning tibbiy va defektologik tabiatini aniqlaydi. Assotsial xulqatvor
sabablarini va shakllarini belgilaydi. Giyohvandlik va taksikomanlik, 
alkogolizm, ogrilik, daydilikning ijtimoiy psixologik ildizlarini tekshiradi, 
omillarni tahlil qiladi.
5. Iqtidorli talabalar, yosh mutaxassislarni tanlashda qatnashish, ilmiy 
psixologik tavsiyalar ishlab chiqish va ularga nafaqalar belgilashda ishtirok 
etadi.


Psixolog ta'lim-tarbiya ish rejasini tuzishda, tarbiyaviy tadbirlar ishlab 
chiqishda, oquv dasturi va qo'llanmasini yaratishda faol ishtirok etishi, 
bosh maqsad bolgan shaxsning intellektual qobiliyati, umuminsoniy
fazilati, bilim olish konikmalari vamalakalari, mutaxassislik lik fazilatlarini 
shakllantirishdek muqaddas ishga oziniig munosib ulushini qo'shishdan 
iborat sharafli vazifani bajaradi.
Yangi tipdagi maktablarga, o'rta maxsus va kasb-hunar hamda oliy oquv 
yurtlariga o'quvchilar, talabalar tanlash mohiyati, vazifasi, monandligi, 
ularning Imkoniyati, istiqboli togrisida ilmiy-amaliy xususiyatga molik
konsultativ ishlarni
olib borishi yoshlarni saralash, tanlash, ixtisosga yaroqlilik va layoqatlilik
darajasini aniqlash, tanlov jarayonida maslahatchi sifatida qatnashish va 
boshqalardan iborat


Psixologning maslahat berish ishlari asosan shaxs bilan birgalikdagi 
kelishuvi asosida shakllanadi. Psixolog maktabda, litsey, universitetda yoki 
tashkilotda faoliyat yuritmasin shaxs bilan ish olib boradi. Ishlash 
jarayonida ularga maslahat yoki
yollanma beradi.
Maslahatni mijozga berishdan avval uni yaxshilab eshitadi va suhbat olib 
boradi. Mijoz psixolog oldida muammo bilan keladi, psixolog uni har 
tomonlama o'rganishi lozim. Shunda kutilgan natijaga erishishi mumkin. 
Psixolog maslahatni asosan hayotiy misollar bilan, shaxslarga bog'lab, 
obrazlar orqali mijozlar ongiga singdirishi va uning tanlash huquqi
erkinligini eslatib o'ziga qo'yib berilsa, kutilgan natijaga erishish mumkin


Foydalanilgan adabiyotlar 
WWW.ARXIV.UZ

Document Outline

  • Slide 1
  • Slide 2
  • Slide 3
  • Slide 4
  • Slide 5
  • Slide 6
  • Slide 7
  • Slide 8
  • Slide 9
  • Slide 10
  • Slide 11
  • Slide 12
  • Slide 13
  • Slide 14
  • Slide 15
  • Slide 16

Download 140.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling