Ma‘mun-universiteti
ularning o’zaro bog’liqligi
Download 0.61 Mb.
|
Asosiy Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixik holatlar
- Shaxsning psixik xususiyatlari
ularning o’zaro bog’liqligi
Psixik jarayonlar Psixik xususiyatlar Psixik holatlar Bilish jarayonlari sezgi idrok diqqat xotira tafakkur xayol nutq Psixik holatlar turg’un qiziqish stress frustratsiya apatiya affekt ikkilanish hayojon tushkunlik ijodiy ko’tarinkilik va boshqalar Shaxsning psixik xususiyatlari yo’nalganlik temperament xarakter qobiliyatlar Psixologiyani bilish kundalik turmush uchun ham foydali. Har kim doimo boshqa kishilar o`rtasida bo`ladi, muayyan munosabatlar – tanish-bilishlik, oshna- do`stlik va boshqa shu kabilar tufayli boshqa kishilar bilan aloqa qiladi. Har birimizga boshqa kishilarning xarakter, havas, kayfiyatlarini bilib olishga, kishilarning bir-birini ajratishga va ularga ta`sir ko`rsatishga to`g`ri keladi. Bu yerda shuni aytish kerakki, odamzod faoliyatining turli sohalarida psixologik bilimlarning amalda qo`llanish psixik hayot hodisalari, uni qonuniyatlari, haqidagi bilimlarini kengaytirish, chuqurlashtirish va oydinlashtirish uchun ham ko`p material beradi va shu bilan psixologiyani nazariy sohalarini boyitadi. Psixologiyaning ilmiy bilish va amaliy ahamiyati shundan ham ko`rinadiki, psixologiyaning tarixiy taraqqiyotida unda bir qancha maxsus tarmoqlar ajralib chiqdi. Psixologiyaning bu tarmoqlari hozirgi vaqtda mustaqil fanlar darajasiga ko`tarildi. Psixologiyada tekshiriladigan psixik hayot hodisalari juda xilma-xil va murakkab hodisalardir. Bu hodisalar qanday metodlar bilan, ya`ni qaysi yo`llar bilan, qanday usullar bilan tekshiriladi, degan savol tug`iladi. Psixologiyada chinakkam ilmiy bilimga ega bo`lmoq uchun psixikani tekshirish metodlarini bilish va shu metodlardan foydalana bilish kerak. Har bir pedagog kishilar psixikasini tekshirish uchun loaqal eng oddiy usullarni bilishi lozim. Har bir fan kabi psixologiya ham psixik (ruhiy) hayot hodisalarini chinakkamiga ilmiy asosda bilib olish uchun quyidagi talablariga amal qilish lozim: Tekshiriladigan har bir psixik hodisaga boshqa hodisalar bilan bog`langan deb qaralishi zarur. Masalan, psixik hodisaning uning nerv fiziologik asosdan ajratib o`rganish yaramaydi, xotirani tafakkur, diqqat va umuman shaxsdan ajratib o`rganish yaramaydi va hokazo. Har bir psixik hodisa va umuman shaxs vujudga kelish, taraqqiy etish va o`zgarish jarayonida ko`zdan kechirilishi zarur. Shuning uchun, masalan, bolalar va o`smirlar psixikasining taraqqiyot qonunlarini bilmasdan turib, voyaga yetgan odam psixikasining yetarlicha yaxshi bilib bo`lmaydi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling