Ma‘mun-universiteti
Download 0.61 Mb.
|
Asosiy Ma’ruza materiallari ma’ruza Psixologiyaga evolyusion kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maktabgacha yosh davri
- Kichik maktab yoshi davri
- O’smirlik davri
Ilk bolalik davri. Ilk bolalik davri alohida ahamiyatga ega. Bu davrda bolalarda nutq shakllanadi, yurish ko’nikmalariga ega bo’la boshlaydi. Ilk bolalik davri amaliy harakat tafakkuri vujudga keladigan davr hisoblanib, qo’l operasiyalari turli narsalar va qurilmalar bilan almashinadi. Bola ijtimoiy qurollardan foydalanish usullarini o’zlashtirishi natijasida unda predmetli harakat ko’nikmasi shakllanadi. Jismlar bilan turli harakatlarni o’zlashtirishda ulardagi muhim va o’zgarmas alomatlarni ajratish ko’nikmasi hosil bo’ladi, natijada umumlashtirish va umumiy tushunchalarni o’zlashtirish jarayoni yuz beradi. Yangi sharoitda predmetli harakatdan foydalanish bolaning aqliy o’sishiga ijobiy ta’sir qiladi. O’z xatti harakatini kattalarning harakatlari bilan solishtirish va uning o’xshash jihatlarini topish bolaning aqliy o’sishi uchun muhim ahamiyatga ega. Aqliy o’sishni to’g’ri yo’naltirish uchun bola bilan maxsus reja asosida mashg’ulotlar o’tkazish zarur34.
Maktabgacha yosh davri. Maktabgacha yoshdagi davr o’z ichiga 3 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan bolalarni qamrab oladi. 3 yoshda harakatni muvofiqlashtirish jarayonining takomillashuvi bola yugirganida, bir joyda tik turganida muvozanatni saqlash imkonini yaratadi. Buning natijasida bola mustaqil holda turli harakatlarni amalga oshira boshlaydi. Jismoniy jihatdan mustaqillikka erishish bolada erkin, kattalarning nazoratisiz, o’z xolicha qandaydir ishlarni bajarish, umuman mikro va yashash istagini tug’diradi. Bu davrda egosentrik yeutq muhim ahamiyat kasb etadi. Rolli o’yinlar ularning faoliyatlarida yetakchilik qiladi. Rolli o’yin faqat alohida olingan jarayon uchun ahamiyatli emas, balki bolada shaxsiy xususiyat va fazilatlarni shakllantirishda ham zarurdir35. Kichik maktab yoshi davri. Kichik maktab yoshi davriga 6-10 yoshli boshlang’ich sinflarning o’quvchilari kiradi. Bola maktab ta’limiga bog’chada tarbiyalanayotganida tayyorlanadi. Kichik maktab yoshdidagi bolalarning eng muhim hususiyatlaridan biri unda o’ziga xos ehtiyojlarning mavjudligidir. Bu ehtiyojdar o’z mohiyati bilan muayyan bilim, ko’nikma va malakalarni egallashga, tevarak atrofdagi voqyelikni o’zlashtirishga qaratilmay, balki faqat o’quvchilik istagini aks ettirishdan iboratdir. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda ixtiyorsiz diqqat, mexanik xotira yaxshi rivojlangan bo’ladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarda “vaqt” tushunchasi bilan duch kelishadi, lekin ular kundalik tajribalari doirasidan chiqishmaydi36. O’smirlik davri. O’smirlik insonning balog’atga yetish davri bo’lib, o’ziga xos xususiyati bilan kamolotning boshqa pog’onalaridan keskin farqlanadi. O’smirda ro’y beradigan biologik o’zgarishlar natijasida uning psixik dunyosida tub burilish nuqtasi vujudga keladi. Balog’at davriga 11-15 yoshgacha bo’lgan qiz va o’g’il bolalar kiradi. Bu davrda jismoniy o’sish va jinsiy yetilish amalga oshadi. Bu davrda jinsiy bezlar faoliyati kuchayadi. O’smirlarda jinsiy yetilish sirlarining 17 foizini ota-onadan, 9 foizini o’qituvchilardan, 4 foizini maktab vrachi va psixologidan, qolgan foizini o’rtoqlaridan, tengdoshlaridan ko’cha kuydan oladilar. O’smirlardagi fiziologik, psixologik nuqsonlar ularni tarbiyasi qiyin o’smirlar qatoriga qo’shilishiga olib keladi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling