“Ma’mun univetsiteti” ntmning ijtimoiy gumanitar fanlar fakulteti tarix va psixologiya fanlar kafedrasi tarix yo‘nalishi 22/7-guruh talabasi Xudayberganova Dilafruz
Download 182.65 Kb.
|
Xudayberganova Dilafruz KLASSIFIKATSIYASI va ualrning turlari
Jahondagi etnik jarayon nihoyatda murakkab bo`lib, fanda qabul qilingan an`anaviy qabila, elat, xalq millat kabi tarixiy birliklar doirasida cheklanib qolmaydi. Hozirgi davrda bir necha elat yoki xalqning yaqinlashishi va uyushishi natijasida paydo bo`lgan yirik etnik birliklar (sovet xalqi, Amerika xalqi kabi), makroetnoslar bilan bir qatorda mahalliy xalq yoki miliat ichida ba`zi xususiyatlari (shevasi, moddiy va ma`naviy madaniyati, diniy tasavvurlari) bilan ajralib turgan mayda etnografik guruhlar — mikroetnoslar ham mavjuddir.Jahondagi etnik jarayon nihoyatda murakkab bo`lib, fanda qabul qilingan an`anaviy qabila, elat, xalq millat kabi tarixiy birliklar doirasida cheklanib qolmaydi. Hozirgi davrda bir necha elat yoki xalqning yaqinlashishi va uyushishi natijasida paydo bo`lgan yirik etnik birliklar (sovet xalqi, Amerika xalqi kabi), makroetnoslar bilan bir qatorda mahalliy xalq yoki miliat ichida ba`zi xususiyatlari (shevasi, moddiy va ma`naviy madaniyati, diniy tasavvurlari) bilan ajralib turgan mayda etnografik guruhlar — mikroetnoslar ham mavjuddir.Agar elat va xalqlarning tashkil topishi ijtimoiy xarakterga ega bo`lsa, irqlarning paydo bo`lishi biologik asosga egadir. Shuning uchun ham etnoslar bilan irqlarning joylanishi bir-biriga kamdan-kam muvofiq keladi, aslida esa irqlar qit`aalarning katta hududlarida joylashib, turli va har xil tildagi etnoslarni o`z ichiga olishi mumkin. Masalan, Afrikada yashab bir necha tilda so`zlashadigan xalq va elatlar negroid irqiga oid bo`lsa, Shimoliy Amerikada turli irqlardagi kishilar bir tilda so`zlashadigan Amerika millatini tashkil qiladi. Antropologik jihatdan hozirgi xalqlar so`nggi ilmiy klassifikatsiya asosida to`rt kajta irqqa bo`linadi: negroid (afrikan), yevropoid (evroosiyo), mongoloid (osiyo-amerika) va avstraloid (okeaniya) katta irqlari. Negroidlarning soni o`tgan asr so`ngidagi ma`lumotlari bo`yicha butun dimyoda 250 milliondan ortiq (negrlar, negrilli, bushmen va gottenotlar); negroid ya yevropoid aralashishidan paydo bo`lgan 352,6 millionli irqlar efiop tipi, sudanliklar, mulatlar) ham shularga kiradi; eng katta yevropoid (evroosiyo) irqi 1 milliard 793,3 million kishidan iborat bo`lib, unga aralash tiplar (metislar, mulatlar} ham kiradi; mongoloid (osiyo-amerika) katta irqiga oid aholi soni 704 milliondan ortiq; aralash tiplar 672,2 million, Tinch okean mongoloidlari 664 million kishi, Janubiy Osiyo guruhi 542,4 million va yaponlar tipi 11 million kishidan iborat; avstraloid (okeaniya) katta irqi (veddoidlar, avstraliyaliklar, aynlar, melaneziyaliklar va papuaslar) soni 9,4 million kishini tashkil qiladi. Irqiy tafovut faqat tashqi jismoniy belgilari bilan aniqlanadi. Har bir katta irq ichida mayda guruh va tiplar ham mavjud. Hind-yevropa oilasida 1 mlrd 861 million kishi gapiradi, shulardan eng katta guruhlari — germanlar (403,9 million), romanlar (482 million), hindoriylar (595,6 million), slavyanlar (271 million), eroniylar (65 million) semit-xamit (afroosiyo) oilasida 147,9 million kishi semit xalqlari; dravid oilasi 154,1 million kishidan biorat; Ural oilasiga 23,4 million, oltoy oilasiga 96,9 million, xitoy-tibet oilasiga 864,7 millionj niger-kordofa oilasiga 212,6 milllion, avstroneziya oilasiga 191,3 million, avstroosiyo oilasiga 64,5 million kishini tashkil etadi. Ikkinchi jahon urushidan keyin etnos (qabila, elat)larning bir-birlari bilan bir xalqning ichida yashab, aralashib ketishi (konsolidatsiya), bir xalqning ichida yashab unga singib ketishi (assimilyatsiya) kuchaygan edi. Ayniqsa, milliy ozodlik kurashi natijasida musstaqillikka erishgan, xalqlar o`z davlati, hududiga ega bo`lib, sotsial-iqtisodiy reformalar orqali xo`jalik va maishiy turmushiga tub o`zgarishlar kiritib, etnik konsolidatsiya jarayoniga zo`r ta`sir boshlaganlar. Oqibatda qavm-qarindosh, qabila va elatlardan yangi xalq va yangi millatlar shakllana boshlagan edi. Bunga ilgari qabilaviy tuzumga ega bo`lgan xausa, yoruba, akan, ibo kabi Afrikada yashovchi xalqlar misol bo`la oladi. Etnik konsolidatsiya Hindistonda, Filippinda va boshqa Osiyo mamlakatlarida ham tez sur`atlar bilan sodir bo`lmoqda. Yevropa va Lotin Amerikasida davlatlarning tashkil topgan davri milliy shakllanish davri bilan to`g`ri kelganligi tufayli muayyan, yagona millatlar siyosiy chegara doirasida yuzaga kelgan. Ammo bu kabi mamlakatlarda ham migratsiya va boshqa turli sabablarga ko`ra ozmi-ko`pmi boshqa millat vakillari ham yashaydi. Masalan, Yaponiyada mayda millatlardan aynlar, koreyslar, Markaziy va Janubiy Amerikada ispan va portugal tilida so`zlashuvchi asosiy millatlar (meksikalik, chililik, perulik, braziliyalik va hokazo)dan tashqari immigrantlar va hindilar ham mavjud. Ayrim davlatlarda esa o`nlab, yuzlab turli etnoslar yashaydi Yevropada yashovchi deyarli yarim milliard aholining ko`pchiligi (o`ndan to`qqiz qismi) hind-yevropa til oilasining uchta yirik til turkumi – roman, german va slavyanlardan iborat. Qolgan katta qismi grek, kelt va alban til turkumlariga oid va qisman ural til oilasiga kirgan finno-ugor til turkumining vakillaridir. Roman til turkumiga janub va g`arbda yashovchi italyanlar, fransuzlar, vallonlar, ispanlar, portugallar, ruminlar kiradi. Sharqiy va janubi-sharqiy Yevropada slavyan tillarida so`zlashuvchi chexlar, slovaklar, polyaklar, lujichanlar, bolgarlar, chernogorliklar, xorvatlar, «musulmonlar», makedoniyaliklar va bosniyaliklar yashaydi. German tilida so`zlashadigan avstriyaliklar, nemislar, gollandlar, flamandlar, shvedlar, norveglar, daniyaliklar, ispanlar, inglizlar, lyuksemburgliklar, elzasliklar va qisman Shveytsariyaliklar Markaziy G`arbiy va Shimoliy Yevropada yashovchilar. Yaponiya, Koreyya, Bangladesh va ko`pgina arab mamlakatlari milliy birlik jihatdan ajralib turadi.(aholining 95 foizini tashkil qiladi). Birma, Vetnam, Iroq, Kampuchiya, Suriya, Turkiya, Xitoy, Shri-Lanka aholisining 75 foizi yagona xalqdan iborat. Afg`oniston, Eron, Hindiston, Pokiston, Indoneziya, Filippinlar murakkab ko`p millatli mamlakatlarga kiradi. Ayrim xalq va elatlar (kurdlar, balujiylar, panjoblar, bengallar) bir necha davlat hududida joylashgan. Osiyoliklarning tillari ham etnik tuzilishi singari nihoyatda xilma-xil va murakkab. Masalan, faqat Hindistonning o`zida 1652 xil til va turli shevalar mavjud. Afrika qit`asidagi bir milliondan ortiq bo`lgan 83 ta xalq qit`a aholisining 86 foizini tashkil qiladi. Jumladan, ular asosan, - misrliklar (37 million), xauslar (15 million), jazoirliklar (14 million), amxaraliklar (1 million), marokashliklar (12 million), ibo va fulbe (12 million), yoruba (ll million) va boshqa xalqlardir. Shunisi xarakterliki, qit`ada yashovchi etnoslarning hammasi tub aholi, asosan, hozirgi hududda paydo bo`lib shakllangan elatlardan iborat. Beshinchi qit`a — Avstraliya va bepoyon Tinch okeani orollari (Okeaniya) aholisi ikki qism: aborigen (tub aholi) va kelgindi yevropalik, osiyolik va amerikaliklardan iborat. Hozir tashqaridan kelib joylashgan aholi butun aholining beshdan to`rt qismini tashkil qiladi va asosan, ingliz tilida so`zlashadilar. Iqtisodiy va texnikaviy taraqqiyotda yangi sifat yaratgan uchinchi madaniy-xo`jalik tipi chopqi dehqonchiligi bilan chorvachilikning qo`shilishi natijasida paydo bo`lgan edi. Agar ishchi hayvon kuchi ishlatilmasa yerga haydov berish qurollari (omoch, plug) ham bo`lmas edi. Yerga haydov berishga asoslangan dehqonchilikning paydo bo`lishi ishlab chiqarishni o`stirib, jamg`arish va ekspluatatsiya qilishni kuchaytirgan. Bu davrda hunarmandchilik ham qishloq xo`jaligidan ajralib chiqadi va asta-sekin manufaktura yuzaga keladi, keyin zavod-fabrika sanoati paydo bo`ladi. Osiyo, Afrika va Yevropada bir necha asrlar kapitalizmgacha hukmron bo`lgan sinfiy jamiyatlarning bosh iqtisodiy zamini shubhasiz, haydalma dehqonchilik edi. Yerni haydash Amerikada faqat XVI asr, Yevropa mustamlakasidan keyin paydo bo`lgan, Avstraliya va Okeaniyada esa undan ham keyin (XVIII-XIX asrlarda) tarqalgan.Iqtisodiy va texnikaviy taraqqiyotda yangi sifat yaratgan uchinchi madaniy-xo`jalik tipi chopqi dehqonchiligi bilan chorvachilikning qo`shilishi natijasida paydo bo`lgan edi. Agar ishchi hayvon kuchi ishlatilmasa yerga haydov berish qurollari (omoch, plug) ham bo`lmas edi. Yerga haydov berishga asoslangan dehqonchilikning paydo bo`lishi ishlab chiqarishni o`stirib, jamg`arish va ekspluatatsiya qilishni kuchaytirgan. Bu davrda hunarmandchilik ham qishloq xo`jaligidan ajralib chiqadi va asta-sekin manufaktura yuzaga keladi, keyin zavod-fabrika sanoati paydo bo`ladi. Osiyo, Afrika va Yevropada bir necha asrlar kapitalizmgacha hukmron bo`lgan sinfiy jamiyatlarning bosh iqtisodiy zamini shubhasiz, haydalma dehqonchilik edi. Yerni haydash Amerikada faqat XVI asr, Yevropa mustamlakasidan keyin paydo bo`lgan, Avstraliya va Okeaniyada esa undan ham keyin (XVIII-XIX asrlarda) tarqalgan.Download 182.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling