Ma'muriy huquq subyektlari
Download 46 Kb.
|
Mamuriy Aktlar
Mamuriy Aktlar Reja:
Ma`muriy huquq subyektlarining umumiy tavsifi Individual subyektlar va jamoa subyektlar Ma`muriy huquq layoqati va muomala layoqati Har bir huquq tarmog`i o`zining subyektlariga ega bo`lib, ular tartibga solinadigan huquqiy munosabatlarning o`ziga xos xususiyatlari bilan tavsiflanadi. “Huquq subyekti”dan “huquqiy munosabat subyekti ”ni farqlash lozim. Ma`lumki, huquqiy munosabat subyekti – bu aniq bir huquqiy munosabatning ishtirokchisidir. Huquq subyekti esa, bu huquqiy munosabatlarda ishtirok eta oladigan hamda subyektiv huquqlar va majburiyatlarga ega bo`lgan shaxslardir. Huquq subyektlari huquqiy munosabatlarga kirishganida, huquqiy munosabat subyektiga aylanishi mumkin. Lekin huquqiy munosabatda ishtirok etayotgan huquq subyektlari o`zlarining oldingi holatini yo`qotmaydi. Huquq subyektlari bir vaqtning o`zida bir necha huquqiy munosabatlarning ishtirokchilari sifatida namoyon bo`lishi mumkin. Shu nuqtai nazardan olganda, huquq subyekti huquqiy munosabat subyektiga qaraganda kengroq tushunchadir. Yuridik adabiyotlarda huquq subyektlari bo`yicha turlicha fikrlar bildirilgan. Aksariyat huquqshunos olimlarining fikricha, ma`muriy huquq subyektlari ikkiga bo`linadi: individual subyektlar va jamoa subyektlar. Jumladan, YU.M.Kozlovning ko`rsatishicha, individul subyektlar – bu fuqarolar, xorijiy davlatning fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar, shuningdek, davlat xizmatchilaridir. Jamoa subyektlariga – turli ko`rinishdagi davlat va nodavlat tashkilotlari kiradi. Birinchi guruhga - ijro hokimiyati organlari, davlat korxonalari va muassasalari hamda ularning birlashmalari (masalan, korporatsiya, konsern va h.k.lar), ijro hokimiyati organlarining ma`lum bir vakolatga ega bo`lgan tuzilmaviy bo`linmalari (masalan, departamentlar) kiradi. Ikkinchi guruhga esa, jamoat birlashmalari (partiyalar, kasaba uyushmalari, ommaviy harakatlar), xususiy korxona va tashkilotlar hamda boshqa tijorat va notijorat tuzilmalari kiradi. YU.N.Starilovning fikricha, ma`muriy huquq subyektlari doirasini aniqlash muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chunki aynan ular ma`muriy-huquqiy munosabatlarning ishtirokchilari sifatida namoyon bo`lib, davlat boshqaruvi vazifalari va funksiyalarini amalga oshiradilar; davlat boshqaruvi sohasida tartibga solish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, farmoyish berish, kontrol-nazorat vakolatlarini amalga oshiradilar; yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklarni ko`rib chiqadilar va h.k.lar. Ma`muriy huquq subyektlari sifatida ma`muriy qonunchilik normalari bilan o`rnatilgan asoslarda, davlat boshqaruvini amalga oshirishda ishtirok etuvchi jismoniy va yuridik shaxslar (tashkilotlar) namoyon bo`ladi. Ma`muriy huquq subyektlari – ommaviy boshqaruv faoliyati tomonlarining biri bo`lib, qonunchilik bilan ma`lum bir huquqlarga, majburiyatlarga, vakolatlarga, javobgarlikka, ma`muriy-huquqiy munosabatlarga kirishish qobiliyatiga ega bo`lgan boshqaruv munosabatlarining ishtirokchilaridir. Ma`muriy huquq subyektlari tomonidan ularga berilgan huquqlar va majburiyatlarni bajarish aniq bir huquqiy munosabat doirasida amalga oshiriladi. YU.N.Starilov ham YU.M.Kozlov singari, ma`muriy huquq subyektlarini ikkiga: individual va jamoa subyektlariga bo`ladi. Individual subyektlar - fuqarolar, xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar bo`lib, ular ijro hokimiyati va ommaviy boshqaruv organlari bilan qat`iy va doimiy tashkiliy aloqalarda bo`lmaydi. Fuqarolar, masalan, qandaydir harakatni sodir etish zarurati bilan ularga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish, tegishli davlat organining ruxsatini (litsenziya) olish, huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarni buzadigan ijro hokimiyati organlarining harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat qilish orqali ma`muriy-huquqiy munosabatlarning subyekti sifatida namoyon bo`ladi. Davlat xizmatchilari va mansabdor shaxslar ham ma`muriy huquqning individual subyektlari hisoblanadi. Ular davlat hokimiyati organlarida davlat mansablarini egallaydilar, mazkur organlar bilan qat`iy va doimiy aloqalarda bo`ladilar; ularning maqomi normativ huquqiy aktlar bilan bir xilda tartibga solinadi; davlat organlari vakolatlarini amalga oshiradilar va ma`lum bir davlat-hokimiyat vakolatiga ega bo`ladilar; davlat organlari nomidan harakat qiladilar va qarorlar qabul qiladilar. Ma`muriy huquqning jamoa subyektlari – bu insonlar guruhi bo`lib, tashqi munosabatlarda mustaqil subyekt sifatida ishtirok etadilar; ularni tashkil etish tartibi va faoliyati normativ huquqiy aktlar bilan tartibga solinadi. Ma`muriy-huquqiy munosabatlarda jamoa subyektlari o`z nomlaridan harakat qiladilar; qonun va boshqa normativ hujjatlarda ularning huquqlari va ma`lum bir majburiyatlari belgilab qo`yiladi. B.N.Gabrichidzening ko`rsatib o`tishicha, ma`muriy huquqning subyektlari bo`lib: a) davlat hokimiyati organlari; b) jamoat birlashmalari; c) korxona va tashkilotlarning ma`muriyati; d) fuqarolar hisoblanadi. Ma`muriy huquq subyektlari o`zining tabiati, huquqiy maqomi va boshqa belgilariga ko`ra bir-biridan farqlanadi. L.I.Solovyevaning fikricha, ma`muriy-huquqiy munosabatlarning subyektlari deganda – davlat boshqaruvi sohasida huquq va majburiyatlarga ega bo`lgan va ularni amalga oshira oladigan aniq tomonlar tushuniladi. Ma`muriy-huquqiy munosabatlarning subyektlari bo`lib: a) davlat organlari; b) boshqaruv organi yoki jamoat birlashmasi nomidan harakat qiladigan hamda boshqaruv sohasida yuridik-hokimiyat vakolatiga ega bo`lgan mansabdor shaxslar; c) korxona, muassasa va tashkilotlar; d) jamoat birlashmalari; e) fuqarolar. Ma`muriy huquq subyekti hamma vaqt huquq subyekti hisoblanadi. Huquqning subyektlari bir vaqtning o`zida bir necha huquq tarmoqlarining subyekti sifatida namoyon bo`lishi mumkin. Masalan, fuqaro bir vaqtning o`zida ma`muriy, fuqarolik yoki mehnat huquqi tomonidan tartibga solinadigan huquqiy munosabatlar subyekti bo`lishi mumkin. Mazkur huquqiy munosabatlarning mohiyati – huquq layoqati tushunchasi, uning xususiyati, mazmuni va hajmi orqali yoritib beriladi. Ma`muriy huquq layoqati va muomala layoqati – subyektlar ma`muriy-huquqiy holatining asosini tashkil etadi. Download 46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling