Ma'muriy huquq subyektlari


Download 46 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi46 Kb.
#1578215
1   2   3
Bog'liq
Mamuriy Aktlar

muomala layoqati – bu ularning o`z qarorlari va harakatlari (harakatsizligi) bilan huquqlarga ega bo`lishi va amalga oshirishi, o`zlariga va boshqa shaxslarga majburiyatlarni vujudga keltirishi, ularni bajarishi hamda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta`minlash qobiliyatiga ega bo`lishidir.
Ma`muriy muomala layoqati, YU.N.Starilovning fikricha, normativ o`rnatilgan va ma`muriy huquq subyektiga tegishli bo`lgan huquq va majburiyatlarni amalga oshirishga imkon beradigan “faol” va “ijodiy” asoslarga egadir, ya`ni huquq subyekti tomonidan unga tegishli huquqlar va erkinliklardan, vakolatlardan foydalanish, boshqaruv sohasida qonuniylikni ta`minlash, boshqaruv funksiyalarini bajarish, boshqaruvning ma`muriy-huquqiy shakl va uslublarini, ma`muriy-huquqiy majburlov choralarini qo`llash hisoblanadi. Muomala layoqati – bu subyektlar tomonidan ularga tegishli bo`lgan huquq va erkinliklarni amalga oshirishning, shuningdek, o`rnatilgan majburiyatlarni bajarishning muhim sharoitidir.
Ma`muriy muomala layoqati - jismoniy shaxs yoki davlat ma`muriyati vakilining ma`lum bir huquqiy ahamiyatga ega bo`lgan o`z xatti-harakatlarini anglashi va to`g`ri baholashi, ularga amal qilishi hamda ularni qo`llashning qonuniy ekanligini kafolatlash qobiliyatidir.
Ma`muriy huquq subyektlarida ma`muriy muomala layoqati turlicha vujudga keladi. Muomala layoqati vujudga kelishining asosiy sharti bo`lib, subyektlar huquqlari, majburiyatlari va vakolatlarining xususiyatlari hisoblanadi.
Ma`muriy qonunchilik ma`muriy huquq subyektlarining muomala layoqatini turli asoslarga ko`ra belgilaydi:
a) yoshga qarab (masalan, fuqarolarning umumiy asoslarda ma`muriy javobgarlikka tortilishi 16 yoshdan boshlanadi yoki fuqarolarning harbiy xizmatni o`tashi 18 yoshdan boshlanadi);
b) mansabni egallaganlik holatiga qarab (masalan, davlat-hokimiyat vakolatlarini faqatgina maxsus huquqiy normalar bilan vakolat berilgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi);
c) huquqlarni amalga oshirish va majburiyatlarni bajarishning huquqiy tartibiga qarab (masalan, favqulodda holatlarda shaxslarning huquqlari cheklab qo`yilgan bo`lishi mumkin);
d) ro`yxatga olish yoki boshqa ma`muriy jarayonlarni olib borish natijasiga qarab (masalan, ma`muriy huquq subyekti hisoblangan ayrim tashkilotlar o`z faoliyatini faqatgina tegishli tartibda ularning ustavi ro`yxatga olingandan yoki ruxsatnoma (litsenziya) berilgandan so`ng amalga oshirish imkoniyatiga ega bo`ladi).
Ma`muriy muomala layoqatiga ega bo`lishning huquqiy asoslari normativ huquqiy aktlarda o`rnatiladi.
Demak, jismoniy va yuridik shaxslarning ma`muriy huquq subyekti sifatida namoyon bo`lishi, ma`muriy-huquqiy munosabatlarda ishtirok etishi ko`p jihatdan huquq subyekti ekanligiga, ya`ni ma`muriy huquq layoqati va ma`muriy muomala layoqatining mavjudligiga bog`liqdir.
Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling