Ma’muriy huquq va protsess modulidan oraliq nazorat ishi 1-kazus
Download 31.96 Kb.
|
1 Ma’muriy huquq va protsess modulidan oraliq nazorat ishi
Bizga Ma’muriy huquq fanidan ma’lumki, davlat xizmati ma’muriy huquqning asosiy va rivojlanib borayotgan institutlaridan biri hisoblanib, davlat xizmatini tashkil etish va amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi ma’muriy-huquqiy me’yorlar yig’indisidan iboratdir. Davlat xizmati ma’muriy huquqning asosiy qismlaridan biri bo’lib, davlat xizmatini tashkil etish bosqichida, shuningdek, uning funksiyalanishida deyarli barcha ma’muriy-huquqiy institutlarni: ijro hokimiyati, davlat boshqaruvi, mahalliy o’zini o’zi boshqarish, ma’muriy huquq subyektlari, davlat va mahalliy boshqaruv organlari, ma’muriy-huquqiy usul va shakllar, davlat majburlov choralari, ijro hokimiyati tizimida kontrol va nazorat va boshqalarni birlashtiradi. O’zbekiston Respublikasining mehnat huquqi (qonunchiligi) me’yorlari davlat xizmati uchun ma’lum bir kafolatlarni o’rnatib beradi. Mehnat huquqi me’yorlari: davlat xizmatchilari bilan tuziladigan mehnat shartnomalari (kontrakt)ni tuzishni, tanlov (konkurs) asosida lavozim yoki mansabni egallashni, xizmatchilarga nisbatan qo’llaniladigan intizomiy javobgarlikni va uni qo’llash tartibini belgilab beradi. Bundan tashqari, mehnat faoliyatidagi asosiy holatlar, ya’ni xizmatchilar mehnat faoliyatining davomiyligini, dam olishi, mexnat ta’tili, ijtimoiy ta’minot masalalari ham mehnat qonunchiligi bilan tartibga solinadi. Mehnat qonunchiligi davlat xizmatida ichki tartib qoidalariga rioya etilishini ham ta’minlaydi. Davlat xizmatini tartibga solishda jinoyat qonunchiligi me’yorlari ham alohida bir o’rinni egallaydi. Jumladan, mansabdor shaxs tushunchasi, aynan shu qonunchilikda berilgandir. Davlat xizmatidagi korruptsiyaga qarshi kurashishda jinoyat qonunchiligi me’yorlarining tutgan o’rni kattadir. Oxirgi vaqtlarda byudjet, soliq, bank va boshqa moliyaviy munosabatlarning rivojlanishi davlat xizmatini tartibga solishdagi moliya qonunchiligining ahamiyatini yanada oshirdi. Davlatning moliyaviy faoliyati davlat boshqaruvining bir ko’rinishi bo’lganligi sababli ham davlatning moliyaviy faoliyati davlat xizmatchilari tomonidan amalga oshiriladi. Huquqiy tartibga solish usuliga ko’ra moliya qonunchiligi ma’muriy qonunchilikka o’xshab ketadi, ya’ni bularning ikkalasi ham davlat hokimiyat ko’rsatmalari usuliga va subyektlarning tengsizligiga egadir.
Download 31.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling