Yil mavsumlari davomiyligini aniqlash va yo‘l ustki yuzasining hisobiy holatlarini baholash


Download 65.63 Kb.
bet1/2
Sana28.10.2023
Hajmi65.63 Kb.
#1729730
  1   2
Bog'liq
14-amaliy


Yil mavsumlari davomiyligini aniqlash va yo‘l ustki yuzasining hisobiy holatlarini baholash.
Yo‘l poyining mustahkamligi va turg‘unligi, asosan undagi suv issiqlik rejimiga bog‘liq. Suv issiqlik holati deb, yo‘l poyini turli nuqtalarida temperatura va namlikni davriy o‘zgarishlariga aytiladi. Suv issiqlik rejimi yo‘l iqlim zonalari xususiyatlariga qarab farqlanibgina qolmay avtomobil yo‘llarining joylashuvi, ya’ni yo‘l poyi konstruksiyalari ko‘ratma yoki o‘ymadan o‘tishga atmosfera yog‘inlariga, muzlash chuqurligiga va boshqa faktorlarga bog‘liq, agar bu ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi chegaradan o‘tsa, yo‘l poyi o‘z mustahkamligini va turg‘unligini yo‘qotadi, u holda keskin havo temperaturaning o‘zgarishi va namlikni ortishi suniy inshootlarni qurish zarurligini ko‘rsatadi. Atmosfera yog‘inlari yomg‘ir va qor ko‘rinishida bo‘lib, silliq va suv o‘tkazmaydigan qoplamadan yo‘l yoqasiga oqib, so‘ng yon qiyalik yon ariqlarga tushadi. Agar yomg‘ir jadal yog‘sa yo‘l yoqasi va yon qiyaliklarni yuvib, yon ariqlardan toshib oqadi va yo‘l poyiga shimiladi. Quyosh ta’sirida gruntga shimilgan suvlar yuqoriga qarab harakatlanadi, bu esa o‘z navbatida yo‘l poyini ko‘tarilishiga, to‘shamani buzilishiga sabab bo‘ladi.
Iqlim va ob-havo tabiat faktorlarining asosiy qismi bo‘lib, yo‘lning transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlariga, avtomobillarning harakat rejimi va harakat xavfsizligiga hamda ularning ishlash qobiliyatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Avtomobil yo‘lari turli xil ta’sirlar va tabiiy omillar ostida ishlaydi. Bu ta’sir etuvchilar ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi.

  • 1. Yo‘l poyi va to‘shamasini mustahkamlik va xizmat muddatiga ta’siri;

  • 2.Yo‘lning qoplama yuzasida bo‘ladigan o‘zgarishlari, g‘ildirak bilan qoplamani ilashish xususiyatlarini pasayishiga olib keladi.

To‘shama konstruksiyalariga ta’sir etuvchi asosiy namliklar:
-Atmosfera suvlari, qoplama yoriqlari, yo‘l yoqasiga singadigan, qatnov qismi va yo‘l yoqasi birlashadigan yerlarida;
-qoplama usti, kyuvetlarda turib qoladigan suvlar;
-yer osti suvlari, ayniqsa yer yuzasiga yaqin suvlar;
-bug‘ shaklidagi, issiq qatlamlardan sovuq qatlamlarga o‘tib yuruvchi suvlar.
Yo‘l poyining mustahkamligi va turg‘unligi, asosan undagi suv issiqlik rejimiga bog‘liq. Suv issiqlik holati deb, yo‘l poyini turli nuqtalarida temperatura va namlikni davriy o‘zgarishlariga aytiladi.
Suv issiqlik rejimi yo‘l iqlim zonalari xususiyatlariga qarab farqlanibgina qolmay avtomobil yo‘llarining joylashuvi, ya’ni yo‘l poyi konstruksiyalari ko‘tarma yoki o‘ymadan o‘tishga atmosfera yog‘inlariga, muzlash chuqurligiga va boshqa faktorlarga bog‘liq, agar bu ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi chegaradan o‘tsa, yo‘l poyi o‘z mustahkamligini va turg‘unligini yo‘qotadi, u holda keskin havo temperaturaning o‘zgarishi va namlikni ortishi sun’iy inshootlarni qurish zarurligini ko‘rsatadi.
Atmosfera yog‘inlari yomg‘ir va qor ko‘rinishida bo‘lib, suv o‘tkazmaydigan qoplamadan yo‘l yoqasiga oqib, so‘ng yon qiyalik yon ariqlarga tushadi. Agar yomg‘ir jadal yog‘sa yo‘l yoqasi va yon qiyaliklarni yuvib, yon ariqlardan toshib oqadi va yo‘l poyiga shimiladi, yo‘l poyini va to‘shamasini namligini oshiradi.
Bo‘ylama qiyaligi bo‘lgan yo‘llarda oqimni ta’siri kuchayishi evaziga yo‘l to‘shamasining cheti va yo‘l yoqasining yuvilishi, ulardan suv oqib o‘tgan joylarda ko‘tarmani yuvilishi ro‘y beradi.
Quyosh ta’sirida gruntga shimilgan suvlar yuqoriga qarab harakatlanadi, bu esa o‘z navbatida yo‘l poyini ko‘tarilishiga, to‘shamani buzilishiga sabab bo‘ladi.
Yo‘l poyi va to‘shamasini yuzasi mustahkamlanadi va suv qochiruvchi ariqlar quriladi. O‘ymalarda suv atrof joylardan oqib keladi, bu yo‘l yoqasini yuvib, surilish hosil qilishi mumkin.
Qish vaqtida grunt g‘ovagini to‘ldiruvchi suv muzlaganida hajmi oshadi va yo‘l poyini shishiradi, bu holat yo‘l poyida muzlashdan ko‘pchish, erigandan so‘ng buzilishlarni yuzaga keltiradi.
Yo‘l poyi gruntini muzlashdan ko‘pchishi yoki hajmini ruxsat berilgandan oshishi yo‘l to‘shamasini buzilishiga olib keladi.
Yo‘l poyini yuqori qismi gruntini namlanishi suv o‘tkazmaydigan yo‘l to‘shamasini pastki yuzasida kondensatsiyadanadigan bug‘ holatdagi suv bilan namlanishlarni yuzaga keltiradi. Muzlash darajasi chuqur bo‘lgan joylarda yo‘l to‘shamasining ko‘tarilib qolishiga olib keladi.
Yo‘l to‘shamasining kapilyar va kondensatsiyalangan suvlar bilan namlanishdan saqlash va yo‘l poyi turg‘unligini ta’minlash uchun unga bug‘ va suv o‘tkazmaydigan qatlam quriladi. Organik material bilan ishlangan yoki sintetik materiallar ko‘rinishidagi qatlamlar suvni kapilyarlar orqali ko‘tarilishiga va yo‘l poyini yuqori qatlamida hamda yo‘l to‘shamasida yig‘ilishiga qarshilik qiladi. Yo‘l to‘shamasini suv-isssiqlik tartibini yaxshilashga qaratilgan ishlar yo‘l to‘shamasini qurish davrida amalga oshiriladi. Masalan: drenaj, issiqlik o‘tkazmaydigan qatlam va boshqalar.
Suv qochiruvchi inshootlar asosan quritish va yo‘l to‘shamasini suv-issiqlik tartibini yaxshilashga mo‘ljallangan, poyini qurib bo‘lgandan so‘ng yo‘l to‘shamasini qurilishida quriladi. Ularga drenaj va issiqlik o‘tkazmaydigan qatlam, shuningdek qumli drenajli qatlamni quritish uchun drenajlar kiradi. Yo‘l poyini qurishda asosiy masala – yo‘lga oqib keluvchi suvni qabul qiluvchi inshootlar qatori ko‘rinishida yuza suv qochiruvchi sistemani yaratish va ularni yaqin suv havzalariga olib borish. Yuza suv qochiruvchi sistema tarkibiga o‘ymalardagi va balandligi 1,5 m gacha bo‘lgan ko‘tarmalar bo‘ylab qurilgan yon ariklar, yon tomonda qazilgan rezervlar, o‘ymalarda tog‘ yon bag‘ri arig‘lari, botqoqlikni quritish uchun ariqchalar, suvni yo‘ldan olib suv havzasiga quyuvchi ariqlar, tog‘ yo‘llaridagi lotoklar va bosh. kiradi.
Ayrim suv qochiruvchi inshootlar yo‘l poyini qurishgacha ishni boshlashi kerak. Shuning uchun ko‘tarmani qurish rezerv va ariqlarni qazishdan boshlanadi. O‘ymani o‘yishdan avval tog‘ yon bag‘ri ariqlarini qiladi, ko‘chkili tog‘ yon bag‘rini va botqoqlikni quritiladi.
Chuqur drenajlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad – yo‘l poyi tagidagi grunt suvlari sathini shunday chuqurlikkachang tushirish kerakki, pasaytirilgan grunt suvlarini sathidan kapillyar suvlar yo‘l to‘shamasiga yetib chiqmasin Kapillyar ko‘tarilishni balandligi har xil gruntlar uchun har xil bo‘ladi. Drenaj quvurlarini 2,5 – 3 m chuqurlikka yotqizish kerak bo‘ladi, shundan nomi ham kelib chiqqan va uni qurishda qiyinchilik tug‘diradi. Boshqa ishlarda suv to‘suvchi drenajlarni qurish bo‘yicha farqi yo‘q.
Ishni o‘ziga hosligi, yon ariq tagidagi drenajlarni qurilgan yo‘l poyi bo‘lgani uchun, tor sharoitda qurish kerakligi bilan bog‘liq. Transheyalarni devori tikka qilib transheya qazuvchi ekskavator yoki orqa lapatali ekskavator bilan qaziladi. Grunt otvalga olib borib tashiladi, keyin щsha ekskavator bilan transheyani inventar mustahkamlagichini o‘rnatiladi. Qurilish ishlarida, keng mikdorda, nina filtr bilan suvni so‘ruvchi va pasaytiruvchi asbob bilan grunt suvlarini sathini vaqtincha pasaytiriladi. Avval nina filtrining sistemasi bilan grunt suvlari sathi pasaytiriladi keyin transheya qaziladi.
Avtomobil yo‘llarini transport-ekspluatatsion holatini baholashda zarur bosqichlar biri yo‘l qoplamasini mustahkamlik darajasini aniqlash. Qoplama mustahkamligi yo‘l qoplamasining ravonligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatib, harakat tezligining ta’minlanishiga va transporti vositalarinidan foydalanish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Qoplamada asta-sekin mustahkamlik pasayishi sababli qoplamada har xil deformatsiya va buzilishlar paydo bo‘ladi.

4-rasm. Avtomobil yo‘llariga tabiiy-iqlimning ta’siri:

Download 65.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling