Ma’muriy huquqbuzarlik reja ma’muriy huquqbuzarlik tushunchasi Ma’muriy huquqbuzarlikning tarkibi


Download 123 Kb.
bet6/6
Sana14.01.2023
Hajmi123 Kb.
#1093027
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BMIGA

Foydalanilgan adabiyotlar:
Prof. Õ.T. Odilqoriyev va B. E. Qosimov “Ma’muriy huquq” Toshkent - 2010
M u a l l i f l a r j a m o a s i :
Babayev D. – XV, XVIII, XX boblar;
Baxramov X. – XII bob;
Ziyodullayev M. – VII bob;
Ismailov I. – yuridik fanlar doktori, professor — VI bob;
Ismailov N.T. – yuridik fanlar nomzodi, dotsent – IV, IX, X, XI,
XIII bob (G‘aniyev Sh. bilan hammualliflikda), XXII boblar;
Odilqoriyev X.T. – yuridik fanlar doktori, professor – II, III boblar;
Rustamov S. – XVII, XXI boblar;
Saidov B.A. – yuridik fanlar nomzodi. dotsent, – XVI bob (yuridik
fanlar doktori Sattorov A. bilam hammualliflikda);
Hakimov G‘. –XIX bob;
Xojiyev E. yuridik fanlar nomzodi. dotsent – I, VIII, XIV boblar; V bob
(Rustamov S. va Ismoilov SH. bilan hammualliflikda)
1. Javobgarlik tushunchasi va turlari

1. Javobgarlik tushunchasi va turlari


Reja
2. Biznes faoliyatida ma’muriy va jinoiy javobgarlik asoslari


Javobgarlik tushunchasi va turlari
Yuridik javobgarlik
Huquqiy javobgarlik
Maʼmuriy javobgarlik
Yuridik javobgarlik — huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning huquq normalariga asoslangan, o'z qilmishi uchun javob berishi, davlat majburlov choralari ko'rinishdagi oqibatlarga duchor bo'lishi va ularni boshidan kechirishidir yoki boshqacha qilib aytganda huquqbuzarga nisbatan davlat qoʻllaydigan choralar. Yuridik javobgarlikning maqsadi ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash, tartibga solish va muhofaza etishdir. Yuridik javobgarlik qonuniylik, adolatparvarlik, jazoning muqarrarligi, maqsadga muvofiqlik, ayb uchun javobgarlik, bir huquqbuzarlik uchun ikki tomonlama javobgarlikka yoʻl qoʻyilmasligi kabi tamoyillarga asoslanadi. Yuridik javobgarlikfaqat qonunda belgilangan tartibda va vakolatli organning tegishli qarori asosidagina vujudga keladi. Yuridik javobgarlikning quyidagi turlari mavjud: jinoiy javobgarlik, maʼmuriy javobgarlik, fuqarolik huquqiy javobgarlik, intizomiy javobgarlik, moddiy javobgarlik. Shuningdek, ilmiy adabiyotlarda konstitutsiyaviy, ekologik javobgarlik turlari ham koʻrsatiladi
Huquqiy javobgarlik, yuri dik javobgarlik — huquqbuzarga nisbatan huquq normalarida koʻzda tutilgan sanksiyalar asosida davlatning majburlov choralarini qoʻllash. Bu choralar shaxsiy (ozodlikdan mahrum etish), mulkiy (jarima), tashkiliy (muayyan huquqdan mahrum qilish, ishdan boʻshatish) tusda boʻlishi mumkin. Huquqiy javobgarlik oʻz xususiyatiga koʻra, siyosiy, axloqiy va boshqa javobgarliklardan farq. qiladi. Huquqiy javobgarlik huquqbuzarliknmj turlariga muvofiq quyidagilarga boʻlinadi: jinoiyhuquqiy, fuqarolik-huquqiy, maʼmuriyhuquqiy, instituti-zomiy-huquqiy javobgarlik. Huquqiy javobgarlikda adolatlilik, insonparvarlik, qonuniylik asoslantirilganlik, huquq buzilgan holda javobgarlikning muqar-rarligi, individuallik (faqat aybdor shaxsning oʻziga nisbatan javobgarlik), maqsadga muvofiqlik kabi tamoyillarga amal qilinadi. Zaruriy mudofaa (shaxs, jamiyat, davlat manfaatlari himoyasidan kelib chiqib, zarar yetkazuvchiga nisbatan zaruriy mudofaa doirasida qarshilik koʻrsatish yoki zarar yetkazish); oxirgi zarurat (shaxs jamiyat, davlat manfaatlariga xavf tugdiradigan holatlarda, bu xavfning oldini olishga qaratilgan choralar doirasidagi harakatlar); kasb yoki xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan asosli tavakkalchilik; muomalaga layoqatsizlik; kazus (tasodiflar) va shahrik. yuridik javobgarlikni istisno qiluvchi holatlar hisoblanadi. Yuridik javobgarlikni amalga oshirish uchun vakolatli organning huquqni qoʻllash akti zarur boʻladi. Bunday aktlar sudning qarori, maʼmuriyat buyrugʻi boʻlishi mumkin.
Maʼmuriy javobgarlik - fuqaro yoki mansabdor shaxsning huquqni buzganligi uchun davlat (maʼmuriy organ) oldidagi jinoiy boʻlmagan javobgarligi. Bu davlatning majburlov chorasi boʻlib, davlat faoliyatining turli sohalarida sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarlik uchun qoʻllaniladi. Maʼmuriy javobgarlik da odatda, jazo berayotgan maʼmuriy organ bilan huquq normasini buzgan shaxs oʻrtasida xizmat yuzasidan boʻysunish munosabatlari boʻlmaydi. Maʼmuriy javobgarlik shunisi bilan institutizomiy javobgarlikdan farq qiladi. Maʼmuriy javobgarlikga tortilganlar sudlangan hisoblanmaydilar, maʼmuriy jazo choralari yengil va muddati qisqa belgilanadi. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmurii javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi, UzR qonunlari, OʻzR Oliy Majlisining qarorlari, OʻzR Prezidentining farmonlari, OʻzR Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi qonunlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining va Vazirlar Kengashining qarorlari, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahri kengashlarining , viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qarorlaridan iborat
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini ta’minlash, xususiy mulkni himoya qilish va uning daxlsizligi kafolatlarining huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlash, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, respublikada investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida: Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik berish, ularning faoliyatiga davlat organlarining aralashuvini tubdan qisqartish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldi olinishini ta’minlash, ularning profilaktikasi samaradorligini oshirish va huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilmaslik tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish sohasida davlat siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishi va davlat organlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilansin. 2017-yilning 1-yanvaridan boshlab: tadbirkorlik subyektlarini rejadan tashqari tekshirishlarning barcha turlari bekor qilinadi, yuridik shaxslarning tugatilayotganida, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik buzilganligi holatlari bo‘yicha bergan murojaatlari asosida faqatgina Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qaroriga muvofiq o‘tkaziladigan qisqa muddatli tekshiruvlar bundan mustasno; tadbirkorlik subyektlari faoliyatini, shu jumladan, jinoyat ishlari doirasidagi muqobil tekshirishlarning barcha turlari bekor qilinadi
Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda birinchi marta huquqbuzarliklar sodir etgan tadbirkorlik subyektlari va ularning xodimlari yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarliklarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararni qoplagan taqdirda, insonning sog‘lig‘i va hayotiga zarar yetkazilgan holatlar bundan mustasno, ma’muriy va jinoiy javobgarlikdan, jarimalar va moliyaviy sanksiyalar (penyadan tashqari) qo‘llanilishidan ozod etiladilar; noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni birinchi marta sodir etgan shaxslar huquqbuzarlik aniqlangan kundan e’tiboran bir oy muddatda yetkazilgan zararning o‘rnini ixtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik subyekti sifatida ro‘yxatdan o‘tgan va ruxsat etuvchi zarur hujjatlarni rasmiylashtirgan taqdirda ma’muriy va jinoiy javobgarlikdan ozod etiladilar; tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqidan mahrum qilish tarzidagi jinoiy jazo qo‘llanilmaydi; xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yangidan tashkil etiladigan ishlab chiqarish korxonalariga
Download 123 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling