Ma’muriy-huquqiy shartnoma nazariyasi


Markaziy ijro etuvchi organlar


Download 32.26 Kb.
bet5/8
Sana16.06.2023
Hajmi32.26 Kb.
#1501255
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ma’muriy-huquqiy shartnoma nazariyasi

Markaziy ijro etuvchi organlar. Ijro etuvchi hokimiyat organlari tarkibiga hukumat bilan bir qatorda maxsus vakolatli davlat organlari – tarmoq yoki tarmoqlararo funksiyalarni bajaruvchi organlar kiradi. Ularning tuzilishini Respublika Prezidenti belgilaydi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda ijro etuvchi hokimiyat markaziy organlarining tashkiliy huquqiy shakllariga quyidagilar kiradi:
vazirliklar;
davlat qo‘mitalari;
departamentlar, agentliklar, shuningdek, respublika vazirliklari, davlat qo‘mitalari qoshidagi boshqa davlat boshqaruv organlari (umumlashtirilgan holda ular idoralar deb ataladi);
qo‘mita, bosh boshqarma, komissiya, agentlik va hukumat tarkibiga kirmaydigan boshqa respublika davlat boshqaruv organlari.
Ijro etuvchi hokimiyatning barcha markaziy organlari hukumatga qarashlidir. Hukumat vazirliklar, davlat qo‘mitalari, boshqa markaziy va mahalliy ijro organlarining hamkorligini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid keluvchi qarorlari va farmoyishlarini bekor qiladi yoki to‘xtatib qo‘yadi.
Vazirlar Mahkamasi hukumat tarkibiga kirmaydigan markaziy ijro etuvchi organlarining rahbarlarini lavozimiga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, shuningdek, vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislari, hukumat tarkibiga kirmaydigan markaziy ijro etuvchi organlar rahbarlarining taqdimnomasiga muvofiq, respublika idoralarining rahbarlarini va ularning o‘rinbosarlarini lavozimiga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va markaziy ijro etuvchi organlar faoliyatining huquqiy asosini, respublika qonunlari bilan bir qatorda, Prezident va hukumatning normativ-huquqiy hujjatlari, maxsus nizomlar tashkil qiladi.
Ularning har biri to‘g‘risidagi nizomni Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi. Hukumat, shuningdek, respublika idoralarining faoliyat sohasi, vakolatlari va javobgarligini belgilaydi.
Ijro etuvchi hokimiyatning markaziy organlari o‘z funksiyalari va vakolatlarining tabiatiga ko‘ra, muayyan xususiyatlarga ega.
Vazirlik – respublikaning markaziy ijro etuvchi organi bo‘lib, davlat boshqaruvining tegishli tarmoq(soha)siga rahbarlik qiladi, shuningndek, qonunda belgilangan doirada tarmoqlararo muvofiqlashtirishni amalga oshiradi.
Davlat qo‘mitasi – respublikaning markaziy ijro etuvchi organi bo‘lib, davlat boshqaruvining tegishli tarmoqlari (sohalarida) yagona davlat siyosatini o‘tkazadi va ushbu maqsada qonunga ko‘ra tarmoqlararo muvofiqlashtirishni amalga oshiradi.
Vazir yoki davlat qo‘mitasining raisi o‘z lavozimiga ko‘ra hukumat tarkibiga kiradi, davlat boshqaruvining tegishli tarmoqlari (sohasi)ning samarali ishlashini ta’minlaydi, o‘zlari rahbarlik qilayotgan tarmoq (sohasi)ning ahvoli va rivojlanishi, qonunlar hamda Prezident va hukumat hujjatlarining bajarilishi uchun javobgar bo‘ladi.
Vazir yoki davlat qo‘mitasining raisi huzurida maslahat beruvchi va kengashuvchi organ – vazirlik, davlat qo‘mitasininng hay’ati tashkil etiladi.
Vazirlik yoki davlat qo‘mitasi chiqaradigan qaror vazirning buyrug‘i bilan hamda davlat qo‘mitasining raisi imzolaydigan qaror bilan rasmiylashtiriladi.
Respublikaning hukumat tarkibiga kirmaydigan markaziy ijro etuvchi organi o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha tarmoqlararo muvofiqlashtirishni, shuningdek, boshqa maxsus ijro etish va ruxsat berish funksiyalarini amalga oshiradi.
Idora respublika vazirligi yoki davlat qo‘mitasining vakolatlari doirasida mustaqil ravishda maxsus ijro etuvchi hamda nazorat funksiyalarini amalga oshiradi, shuningdek, tarmoqlararo muvofiqlashtirish vazifasini yohud davlat boshqaruvi tarmoqchasi (sohasi)ga rahbarlik qiladi.

Download 32.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling