Ma’muriy-huquqiy shartnoma nazariyasi
Download 32.26 Kb.
|
Ma’muriy-huquqiy shartnoma nazariyasi
4. Ma’muriy majburlov
Ma’muriy majburlov ma’muriy hokimiyatni amalga oshirishdan iborat mahsus vakolatlar berilgan ijro etuvchi organlar (mansabdor shaxslar)ning odamlarni huquqiy ko‘rsatmalarni bajarishga majbur qilish, huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda esa – ularga ma’muriy majbur etish choralarini ko‘rish bo‘yicha tashkiliy va ruhiy ta’sir ko‘rsatishini bildiradi. Ma’muriy majburlov davlat majburlovining turlaridan biri bo‘lib, asosan davlat boshqaruvi sohasida huquqiy tartibni ta’minlash va muhofaza etishning oxirgi chorasi sifatida qo‘llaniladi, ya’ni jazolash va boshqa funksiyalarni bajaradi. Biroq, uning vazifalari shular bilan cheklanmaydi. Ayni paytda huquqni muhofaza qilish maqsadida ma’muriy majburlov choralari boshqacha vazifalarni ham bajaradi, ya’ni nafaqat jazolash sifatida, balki ularning oldini olish va ularni to‘xtatib qolish uchun ham qo‘llaniladi. Ma’muriy majburlovga suddan tashqaridagi tartib xos, ya’ni majburlov (ishni to‘xtatib qo‘yish, g‘ayriqonuniy tarzda olingan narsalarni olib qo‘yish va boshqa) choralar tegishli ijro etuvchi organlar (mansabdor shaxslar – ichki ishlar organlari, nazorat-tekshirish organlari, ma’muriy komissiyalar va boshqalar), ya’ni ushbu choralarni o‘z faoliyatida sudga murojaat etmay turib bevosita qo‘llaydigan organlarning vakolatlariga kiritilgan. Ma’muriy majburlov – ijro etuvchi organ (mansabdor shaxs)ning qonunga asoslangan va undan kelib chiqadigan hamda jamoat tartibini saqlashga, jamoat xavfsizligini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan faoliyatdir. Ma’muriy majburlov choralari xilma-xildir. Ma’muriy majburlov choralari O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida (MJK) ko‘rsatilmaydi, balki boshqa qonunlar va qonun osti hujjatlarida ko‘rsatiladi. Ularni maqsadiga ko‘ra, uch guruhga bo‘lish mumkin: ma’muriy oldini olish choralari; ma’muriy cheklash choralari; ma’muriy tiklash choralari Ma’muriy oldini olish choralari huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish. Bunday choralar xilma-xil bo‘lib, ular orasida eng ko‘p tarqalganlari quidagilardir: - kontrol va nazorat tekshiruvlari; - ashyolarni ko‘zdan kechirish va shaxsni ko‘rikdan o‘tkazish (bojxona, ichki ishlar xodimlari amalga oshiradilar); - insonning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirish; - ma’muriy nazorat; - karantin joriy qilish (epidemiya va epizootiyalar chog‘ida); -jamoat xavfsizligiga tahdid tug‘ilganda transport va piyodalar harakatini to‘xtatish; - shaxslarning tibbiy holatini va umumiy ovqatlanish korxonalarining sanitariya holatini guvohlantirish; - mulk rekvizitsiyasi (rekviziya-ma’lum muddatga majburiy olib qo‘yish); - davlat chegarasining muayyan qismini yopib qo‘yish va h.k. Bu va boshqa choralarni qo‘llash qonun hujjatlari bilan qat’iy tartibga solingan. Download 32.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling