Ma’muriy-huquqiy shartnoma nazariyasi
Ma’muriy cheklash choralari
Download 32.26 Kb.
|
Ma’muriy-huquqiy shartnoma nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Blits so’rov
Ma’muriy cheklash choralari g‘ayriqonuniy harakatni majburiy tartibda to‘xtatish va ularning zararli oqibatlarining oldini olish zarur bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi. Ular ham xilma-xil bo‘lib, ijro etuvchi organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan qo‘llaniladi.
Ularga quyidagilar kiradi: - qonunga xilof xatti-harakatlarni to‘xtatish talabi (masalan, ichki ishlar organlari xodimlari, fuqarolar va mansabdor shaxslardan ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etishni to‘xtatishni talab qilishga haqlidirlar); - huquqbuzarni ushlab keltirish; - qurol ishlatish (masalan, haydovchi odamlarning sog‘lig‘i va hayoti uchun haqiqiy xavf tug‘dirayotgan bo‘lsa, transport vositasini to‘xtatish uchun); - atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan kasalliklar bilan og‘rigan shaxslarni majburiy davolash; - texnik holati belgilangan talablarga javob bermaydigan transport vositalaridan foydalanishni taqiqlash; - korxona va tashkilotlar barcha uchun majburiy u yoki bu qoidalarni buzgan taqdirda ularning faoliyatini to‘xatish yoxud tugatish va hokazo. Ma’muriy-tiklovchi choralar ashyolarning avvalgi holatini tiklash, etkazilgan zarani qoplash maqsadida qo‘llaniladi. SHu bois ushbu choralarning turi va miqdori huquqbuzar etkazgan zarar xususiyatiga va miqdoriga bog‘liq. Ularga quyidagilar kiradi: - ruxsat so‘ramay qurilgan binolar va inshootlarni buzib tashlash; - beruxsat egallab olingan turar joydan ko‘chirib yuborish; - tashkilotlardan qonunga xilof tarzda egallagan narsalarni olib qo‘yish; - voyaga etmagan fprzandi etkazgan zarani uning ota-onasidan undirish va hokazo. Blits so’rov1.Boshqaruv huquqiy aktlari tushunchasi?2. Boshqaruv huquqiy aktlarining yuridik ahamiyati?3. Boshqaruv huquqiy aktlarining funksiyalari?4. Individul (yakka) huquqiy aktlar5. Aralash shakldagi huquqiy aktlar6.O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi bo’yicha normativ- huquqiy hujjatlar turlari.
Ma’muriy-huquqiy shartnomalar tushunchasi A.P.Korneyev va A.A.Abdurahmanov A.P.Alexin va Yu.M.Kozlov D.N.Baxrax T.S.Krasilnikov Download 32.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling