Mamzu. Informatika xonasida Informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkillashtirish


Bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish


Download 20.81 Kb.
bet3/4
Sana23.01.2023
Hajmi20.81 Kb.
#1111445
1   2   3   4
Bog'liq
6 -MA\'RUZA

Bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish

Bilimlarni mustahkam o‘zlashtirish jarayoni juda murakkabdir. Shu sababli o‘qituvchilarga qisqa tezis shaklidagi tavsiyalar berish bilan cheklanamiz.


5. Zamonaviy o‘qitishda tafakkur xotiraga nisbatan yuqoridir.
6. O’quvchilar ongli ravishda o‘zlashtirgan bilimlarigina eslab qolishlari kerak.
7. Yangi bilimlarni o‘rganishga kirishishdan oldin, o‘quvchilarning ijobiy xarakatlar bilan ta’minlash lozim.
8. O’tganlarni takrorlash va mustahkamlashni shunday tashkil qilish kerakki, bunda o‘quvchilarning faqatgina xotirasini faollashtiribgina qolmasdan, balki ularning tafakkurini va his tuy²ularini ham faollashtirish lozim.


Nazariyaning amaliyot bilan bog‘lanishi

Amaliyot o‘quvchilarning informatikani bilishlarida asosiy manba bo‘lib hizmat qilishi kerak. Ushbu holat hozirgi jamiyatda har bir kishining hayotida EHMlarni amaliyotda qo‘llashlaridan kelib chiqadi. Shuning bilan birga, nazariya ham amaliyot bilan yaqin aloqada bo‘lib, o‘z o‘rnini topishi lozim. Chunki faqatgina amaliy ko‘nikmalarning uzi nazariy jihatdan yoritilmasdan, informatika bilimlar tizimini tashkil eta olmaydi.


O’quvchilar dunyoqarashini rivojlantirish, tafakkurini shakllantirish informatika o‘qitishda amaliyot va nazariyani to‘g‘ri uy²unlashtirish, informatika tarixi bo‘yicha ma’lumotlarni qiziqarli kiritishni, nazariya va amaliyot birligini ta’minlash orqaligina amalga oshirilishi mumkin.


Faollik

Informatika bo‘yicha katta hajmli, murakkab va har hil materiallar o‘quvchilar tomonidan ongli ravishda o‘zlashtirilishi mumkin, ³achonki ular o‘zlari xam faollik ko‘rsatsalar. Shuni yodda tutish lozimki, o‘qituvchi tomonidan berilayotgan o‘quv axboroti o‘quvchining haqiqiy bilimiga aylanadi, agarda u hech bo‘lmaganda o‘quvchilar tomonidan qabul qilinsa, ularga tushunarli bo‘lsa va o‘quvchilar berilayotgan axborotni foydali deb baholasalar. O’qituvchi bilimlarni tanbeh holda bermasligi, balki o‘quvchilarning faol, yaxlit ish jarayonida bilimlar tizimini shakllantirishga erishish lozim. ¤quvchilarning faol, mustaqil ishlari mavjud bo‘lgandagina, biz tashabbuskor kishilarni tarbiyalay olamiz. Bunga erishish uchun o‘qituvchi o‘quvchilar bilan ishlashning faol (interaktiv, progressiv) shakl va usullaridan foydalanishi lozim.





Download 20.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling