Mana bugun biz uchun malakaviy amaliyot boshlandi. Malakaviy amaliyot Universitetda yig’ilish bilan boshlandi. Yig’ilish Amaliy Matematika fakulteti dekani S
Download 1.79 Mb.
|
hisobat2
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Jizzax Filiali Amaliy Matematika fakulteti 10-21 guruh talabasi Mustafoyeva Dildora Malakaviy Amaliyot Hisoboti 6.02.2023 Mana bugun biz uchun malakaviy amaliyot boshlandi. Malakaviy amaliyot Universitetda yig’ilish bilan boshlandi.Yig’ilish Amaliy Matematika fakulteti dekani S.Aliboyev kompyuter ilmlari va dasturlashtirish kafedrasi mudiri M.Quvondiqov va amaliyot rahbarimiz X.Umarov hamda bir qancha mutasaddilar tomonidan o’tkazildi. Yig’ilish davomida so’zga chiqqan S.Aliboyev yosh amaliyotchilarga ya’ni bizga amaliyot davomida qilinadigan ishlar xususida qisqacha tushunchalar berdi va so’zining oxirida bizlarga amaliyotda davrida omad tiladi. Yig’ilish tugagandan so’ng amaliyot rahbarimiz bilan birgalikda amaliyot o’tash joyiga ya’ni Jizzax shahar 22-ixtisoslashgan maktabga bordik. Bizni maktabda Direktor O’rinbosari kutib oldi.Maktabda ham amaliyot davra suhbati bilan boshlandi. U kishi bizlarga maktab haqida qisqacha ma’lumot berib o`tdilar. Maktab matematika, xorijiy tillar(ingliz tili) hamda tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan ekan. Maktabda 151 ta ishchi xodim shulardan 131 nafari pedagogik xodimlar tashkil etadi. 131nafar o’qituvchidan 9 nafar informatika fan o’qituvchisi bor ekan, shulardan 6 nafari asosiy qolgan 3 nafar o’qituvchi esa o’rindosh sifatida ish faoliyatini olib borar ekan. Maktabda jami 73 ta sinf mavjud,shu 73 sinfda qariyb 3000 ga yaqin o’quvchilar tahsil oladi. Dars jarayonlari 1 smenada olib boriladi. Shu bilan bizning birinchi kuniga mo’ljallangan amaliyotimiz o’z nihoyasiga yetdi. 7.02.2023 Men amaliyot o’tash joyiga o’z vaqtida yetib bordim.Maktabda o’zimizga biriktirilgan o’qituvchi O’ralov Muzaffar ustoz bilan uchrashib tanishib oldim.Ustoz birinchi navbatda meni informatika xonasi va informatika xonasidagi kompyuterlar bilan tanishtirdi. Informatika xonasi 20 ta so’nggi rusumdagi kompyuterlar bilan ta’minlangan. Men birinchi navbatda kompyuterning texnik sozligini ko’rib chiqdim,u yerdagi barcha kompyuterlar texnik jihatdan soz ekan. Men maktabda barcha o’zimga kerakli ma’lumotlarni olib boldim, endi navbat bevosita dars mashg’ulotni o’rganish qoldi. Birinchi soat ustozning darsi 9-A-sinf ekan. Men bevosita dars mashg’ulotlarini sinf xonada amaliy jihatdan kuzatib, o’rganishni boshladim. Dars jarayonlaridan lavhalar. Maktablarning 9-sinflari Python dasturlash tilida ishlar ekan. Bugungi 9-A sinflarga o’tiladigan mavzu Pythonda mantiqiy amallarni bajarish ekan. Dars jaroyonlarida qanday qilib yig’indini hisoblash, ayirmani hisoblash, ko’paytma va bo’lish amallarini hisoblash o’rgatildi. O’quvchilar bilan birgalikda Python dasturlash tilini o’zim ham o’rganib boshladim. Dars davomida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi. Dars mashg’ulotlari qizg’in, bahs-munozaralarga boy o’tdi. Shu ahvolda darsimiz bir zumda tugab qoldi. Ikkinchi soat ham 9 sinfning boshqa sinfi ya’ni 9-E-sinfda ekan. Bu sinfga ham mavzu yuqoridagi kabi Pythonda mantiqiy amallarni hisoblash ekan. Bu sinfda ham men o`zimga kerakli bo’lgan tushuncha va xulosalar oldim. Yana 2 soat 9-sinflarning boshqa sinflariga dars mashg’ulotlari qo’yilgan ekan, shu bilan menga biriktirilgan o’qituvchining dars soatlari tugadi. Navbatdagi amaliyot kuni men uchun qiziq o’tdi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling