Mana bugun biz uchun malakaviy amaliyot boshlandi. Malakaviy amaliyot Universitetda yig’ilish bilan boshlandi. Yig’ilish Amaliy Matematika fakulteti dekani S


Download 1.79 Mb.
bet4/6
Sana29.03.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1307741
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
hisobat2

11.02.2023
Soat mana 8:00 men yana maktabdaman.Shanba kuni Muzaffar ustozning 2ta 10 sinf,6-sinf hamda 2ta 9sinflar dars bor ekan.Birinchi,ikkinchi soat ketma-ket va mos ravishda 10-E va10-G sinflarga ekan.Bu sinflarga bugun o’tilishi kerak bo’lgan mavzusi bir xil.Shuning uchun biz pedagogik salohiyatni, ko’nikmani oshirishga kelganligimiz sababli Birinchi soatdagi dars mashg’ulotni Muzaffar ustoz qanday qilib dars o’tishini kuzatib,Ikkinchi soatda biz amaliyotda qo’llab bilimlarni mustahkamladik.Keyingi uchinchi soat 6-B sinfga amaliy mashg’ulotini yana biz o’tdik.6-sinflarga dars mashg’uloti mavzusi Word dasturida Hujjatlarda jadvallar bilan ishlash ekan.Biz ularga dastlab qanday qilib Word dasturida jadval hosil qilishni har biriga alohida ko’rsatib chiqdik.

Ularga keyin yaratilgan jadval asosida o’zlari haqidagi ma’lumotlar bilan to’ldirishni aytdik.Ular bu vazifani osonlik bajarishdi.Bugun ularga bermoqchi bo’lgan tushunchlar shulardan iborat edi.4-chi va 5-chi soatlar ketma-ket va mos ravishda 9-D va 9-V sinflarga edi.Ularga ham dars mashg’ulotlari har doimgi kabi qiziqarli,bahs-munozaralarga boy hamda savol-javoblar ostida o’tdi.Shu bilan bugungi amaliyotimiz ham o’z nihoyasiga yetdi.
13.02.2023
Erta tong bilan maktabga har kungi kabi yo’l oldim.Bugun dars jadvalida atigi 2-soatgina darsimiz bor ekan. Birinchi soat 9-A sinfda Ikkinchi soat esa 9-B sinfga dars soatlari qo’yilgan ekan. Sinflar bir xil bo’lgani uchun mavzular bir xil.Odatdagidek birinchi soat Muzaffar ustoz ikkinchi soatni biz amaliyotchilar o’tishga kelishib oldik. Soat 8:30 bo’lishi bilan o’quvchilar informatika xonasiga yetib kelishdi,dars boshlandi.Ustoz darsni bahosi kam o’quvchilardan uyga vazifani so’rash bilan boshladi.Bu jarayonning ahamiyatli jihati shundaki men shaxsan o’quvchilarga qanday baholashni o’rgandim,ya’ni ularni shunday baholash kerakki bu fandan ular qiziqishi so’nib qolmasligi kerak,ikkinchi tomondan esa o’ziga yuqori baholab qo’ladigan ham qilib qo’ymaslik kerakligini mana shu kichik jarayonda o’rgandim.So’rashni tugatgandan so’ng yangi mavzuga o’tishni boshladi.Yangi mavzuning nomi Python dasturlash tilida satrlar bilan ishlash ekan.O’quvchilarga qanday qilib satrlar bilan ishlash bafurcha tushuntirdi.Pythonda o’quvchilarga qanaqa tipdagi o’zgaruvchilar bilan ishlash,string tipidagi o’zgaruvchilarning uzunligini aniqlash,string tipidagi o’zgaruvchilarning o’zaro munosabatlari haqida tushunchalar berildi.O’quvchilarga qiziqib o’zim ham alohida kompyuterda vazifalarni bajardim

Qiziqarli o’tgan dars bir zumda tugadi.Ikkinchi soat 9-B sinfga birinchi soatda o’rgangan bilimlarimizni o’quvchilarga o’rgatdik.Muzaffar ustoz bizlarga mana mavzuga doir qo’shimcha bilimlar o’rganib kelishimizni ta’yinladi,chunki ertaga bir qancha 9- sinflarga ham mana shu mavzu o’tilar ekan.Shundan keyin biz topshiriqni olib uyga qaytdik.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling