Mana shularni hisobga olib
Download 125.89 Kb.
|
1-75
Moliya siyosati, byudjet siyosati — davlat umumiy iqtisodiy siyosatining muhim tarkibiy qismi; davlat faoliyatini taʼminlash, mamlakat farovonligini oshirish maqsadlarida moliya tizimini tashkil etish, moliyaviy resurslarni safarbar etish va ulardan foydalanish, davlat oldida turgan ichki va tashqi siyosat vazifalarini bajarish buyicha amalga oshiriladigan barcha davlat tadbirlarini uz ichiga oladi.
59. Sоliqlаrning iqtisоdiy mохiyati bu …. Sоliqlаr iqtisоdiy kаtеgоriya bolib tolоvchilаr vа byudjеt ortаsidа dаrоmаdlаr tаqsimlаnаyotgаnd а tоmоnlаrning iqtisоdiy mаnfаtlаrini eqtibоrgа оlinadi Sоliqlаrning оbqеktiv zаrurligi dаvlаtning bаjаrаdigаn funksiyalаrini mаblаg bilаn tаqsiminlаshdаn kеlib chiqаdi. Iqtisоdiyotni bоshqаrishdа dаvlаtning аrаlаshuvi qоnun yoli bilаn, yaqni sоliq оrqаli аmаlgа оshirilаdi. Sоliq dаvlаtning хizmаti uchun hаq sifаtidа mаjburiy tolоv bolib, ekvivаlеnt хаrаktеrigа egаki, u аynаn, bоzоr munоsаbаtlаrigа mоs tushаdi. Sоliqlаrning funksiyalаri ulаrning mоhiyatini аmаliyotdа hаrаkаt qilаyotgаnligini korsа- tаdi.SHundаy ekаn, funksiya dоimо yashаb, sоliq mоhiyatini korsаtib turishi zаrur. Bоzоr iqtisоdiyoti shаrоitidа dаvlаtning хizmаtlаri хаm sоtilishi mumkin. Lеkin bu хizmаtlаr hаqi judа kаttа bolgаnligi sаbаbli, sоtib оluvchilаrning mаblаgi аlохidа tolаshgа еtmаydi. Shu sаbаbli Оliy Mаjlis bu hаqni tolаshni mаjburiy, yaqni qоnun yoli bilаn sоliq dеb bеlgilаb bеrаdi. 60. Davlat byudjeti — davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun moʻljallangan pul daromadlari va harajatlari majmui. D.b. davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh boʻgʻini hisoblanadi. D.b. tarkiban umumdavlat (yoki markaziy) byudjet i (mamlakat miqyosidagi umumiy daromadlar va harajatlar yigʻindisi) vamahalliy (munitsipal) byudjet (hududiy tuzilmalar — oʻlka, viloyat, tuman va h.k. doirasidagi pul daromadlari va harajatlari)ga boʻlinadi. Ikki turdagi byudjetlar nisbati mamlakatning ichki sharoitiga bogʻliq boʻladi. Davlat jamiyatga ijtimoiy xizmatlar (milliy xavfeizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saklash, atrof-muhitni himoya qilish, nochorlarga yordam berish, aholiga bepul ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va b.) koʻrsatadi va bularning barchasi harajat talab qiladi. Byudjet daromadlari soliqlar, solikdan tashqari yigʻimlar, davlat zayomlaridan tushgan pul, davlat mul-kini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan mablagʻlardan shakllanadi. Byudjet daromadining aholi jon boshiga hisoblangan miqdori mamlakatning byudjet salohiyati (potensiali) deb yuritiladi va bu byudjet daromadining umumiy hajmiga hamda aholining soniga bogʻliq. Byudjet harajatlari uning daromadidan ortib ketsa, byudjet taqchilligi, yaʼni kamo-madi yuzaga keladi. Kamomad miqdori mamlakat yalpi millim mahsulotning 3—3,5% ga teng boʻlishi meʼyoriy hisoblanadi. Byudjet kamomadining gʻoyat oshib ketishi va uni daromad bilan taʼminlash mumkin boʻlmaganda byudjet harajatlari qisqartiriladi. Markaziy, mahalliy D.b.lari va D.b.dan tashqari fondlar (davlatning muayyan maqsadli fondlari, maxsus maqsadli soliqlar, zayomlar, byudjetdan subsidiyalar hisobiga yaratiladigan maxsus fondlar) yigʻindisi davlatning yigma byudjetini tashkil etadi. D.b., odatda, joriy yilda kelgusi yil uchun tuziladi. Iqtisodiy beqarorlik sharoitida u chorak yoki yarim yilga tuzilishi ham mumkin. D.b.ni huku-mat tuzadi va yuqori qonun chiqaruvchi organ (parlament) tomonidan tasdiqlanadi. D.b. muayyan mamlakatdagi ijtimoiyiqtisodiy munosabatlarni ham ifodalaydi. Jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va faoliyatiga qarab D.b. mohiyati, uning daromadlari va harajatlari xususiyati hamda tarkibi turlicha boʻladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda davlatning iqtisodiyot, i.ch., milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashga faol aralashuvi D.b. mavqeining oshishiga sabab boʻladi, milliy daromad davlat ixtiyorida yigʻiladi va uning byudjet orqali qayta taqsimlanadigan qismi koʻpayadi. Download 125.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling