CMM-55 TURSIMETOVA MUNISA Reja: 1.Davlat byudjeti daromadlari. 2. Davlat byudjeti xarajatlari. Davlat byudjeti daromadlari. - Davlat byudjeti — davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun moʻljallangan pul daromadlari va harajatlari majmui. Davlat byudjeti davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh boʻgʻini hisoblanadi. Davlat byudjeti tarkiban umumdavlat (yoki markaziy) byudjeti (mamlakat miqyosidagi umumiy daromadlar va harajatlar yigʻindisi) vamahalliy (munitsipal) byudjet (hududiy tuzilmalar — oʻlka, viloyat, tuman va h.k. doirasidagi pul daromadlari va harajatlari)ga boʻlinadi. Ikki turdagi byudjetlar nisbati mamlakatning ichki sharoitiga bogʻliq boʻladi. Davlat jamiyatga ijtimoiy xizmatlar (milliy xavfeizlikni taʼminlash, jamoat tartibini saklash, atrof-muhitni himoya qilish, nochorlarga yordam berish, aholiga bepul ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va b.) koʻrsatadi va bularning barchasi harajat talab qiladi. Byudjet daromadlari soliqlar, solikdan tashqari yigʻimlar, davlat zayomlaridan tushgan pul, davlat mul-kini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan mablagʻlardan shakllanadi.
Davlat byudjeti xarajatlari. - Davlat budjeti xarajatlari tasdiqlangan budjetdan mablag‘ ajratish doirasida quyidagicha amalga oshiriladi:
- 1) budjet mablag‘lari oluvchilarning joriy xarajatlari shaklida;
- 2) joriy budjet transfertlari shaklida;
- 3) kapital xarajatlar shaklida:
- asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog‘liq ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga;
- chet elda davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk olishga;
- davlat ehtiyojlari uchun yerga bo‘lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olishga;
- davlat zaxiralarini vujudga keltirishga;
- 4) kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan budjet transfertlari shaklida;
- 5) rezident-yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan budjet ssudalari shaklida;
- 6) davlat maqsadli jamg‘armalariga beriladigan budjet dotatsiyalari va budjet ssudalari shaklida;
- 7) davlat qarzini qaytarish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha to‘lovlar shaklida;
- 8) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida.
2022 yilda Davlat byudjeti daromadi va xarajatlari qancha bo‘ladi? - 2022 yil uchun Davlat byudjeti daromadlari (byudjetlararo Transfertlar bilan birgalikda) jami 193 trln so‘m (YAIMga nisbatan 23 foiz) miqdorida prognoz qilinmoqda. Bu haqda Hisob palatasining “2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi va 2022 yil uchun byudjetnoma bo‘yicha bergan xulosasida aytib o‘tilgan.
Byudjetnomaga muvofiq, 2022 yil uchun Davlat byudjeti daromadlari davlat soliq idoralari bo‘yicha 145,7 trln so‘mni (YAIMga nisbatan 17,3 foiz), davlat bojxona idoralari bo‘yicha 39,8 trln so‘mni (4,8 foiz) va Moliya vazirligi tushumlari bo‘yicha 7,5 trln so‘mni (0,9 foiz) tashkil qilmoqda. - Byudjetnomaga muvofiq, 2022 yil uchun Davlat byudjeti daromadlari davlat soliq idoralari bo‘yicha 145,7 trln so‘mni (YAIMga nisbatan 17,3 foiz), davlat bojxona idoralari bo‘yicha 39,8 trln so‘mni (4,8 foiz) va Moliya vazirligi tushumlari bo‘yicha 7,5 trln so‘mni (0,9 foiz) tashkil qilmoqda.
- Shuningdek, byudjetnomada Davlat byudjeti xarajatlari 172 trln 680,5 mlrd so‘mga yetishi prognoz qilingan. Hisob palatasi ushbu xarajatlarni 1 trlnga qisqartirishni taklif qilgan. Shunda Davlat byudjeti xarajatlari 171 trln 680,5 mlrdni tashkil qiladi.
Qayd etilishicha, 2022 yil uchun davlat byudjeti daromadlarini prognozi byudjet daromadlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatuvchi narx va valyuta kurslarining o‘rtacha miqdorlari asosida hisob-kitob qilingan. - Qayd etilishicha, 2022 yil uchun davlat byudjeti daromadlarini prognozi byudjet daromadlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatuvchi narx va valyuta kurslarining o‘rtacha miqdorlari asosida hisob-kitob qilingan.
- Hisob palatasi xulosasiga ko‘ra, 2023 yil uchun Davlat byudjeti daromadlari (byudjetlararo Transfertlar bilan birgalikda) jami 210,7 trln so‘m, 2024 yilga esa 246,7 trln so‘m bo‘lishi prognoz qilinmoqda.
- Ma’lumot o‘chun, prognozga ko‘ra, 1 AQSH dollarining o‘rtacha yillik summasi – 11 321 so‘mga teng bo‘ladi.
E'TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |