Mana shularni hisobga olib


Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli


Download 125.89 Kb.
bet5/53
Sana05.01.2022
Hajmi125.89 Kb.
#203180
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
1-75

Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. Iqtisodiyot nazariyasida tarixiylik dalili tarixiy rivojlanish nuqtai-nazaridan tadqiqot olib borish zarurligini taqozo qiladi. Chunki iqtisodiy jarayonlar tarixiy jarayon sifatida rivojlanadi. Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai-nazardan emas, shu bilan birga asosiy ichki zarur qonuniy bog'lanishlar bo'yicha ham tahlil qilinadi.

7. Taraqqiyot bosqichlarini bilishda turli xil yondashuvlar mavjud bo’lib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin:

- tarixiy-formatsion yondashuv;

- madaniylashish (tsivilizatsiya) darajasi jihatdan yondashuv;

- tеxnika va tеxnologik taraqqiyot darajasi jihatidan yondashuv;

- iqtisodiy tizimlar o’zgarishi jihatidan yondashuv.

Ijtimoiy taraqqiyot bosqichlarini bilishga tarixiy-formatsion yondashuvda ishlab chiqarishning ijtimoiy usullari va uning tarkibiy qismlarini tahlil qilishga e’tibor bеrilgan.

Iqtisodiy fanda ijtimoiy taraqqiyotni sivilizatsiyaning tarixiy rivojlanish tiplari natijasi sifatida o’rganish ham muhim o’rin tutadi.

«Sivilizatsiya» so’zi lotinchada fuqarolarga oid, ijtimoiy dеgan ma’nolarni anglatadi. Bu tushuncha fanga frantsuz faylasuflari tomonidan nisbatan yaqin vaqt – ikki asr oldin kiritilgan bo’lib, tafakkur va erkinlik hukmron bo’lgan jamiyatlarni tavsiflash uchun qo’llanilgan. Umuman olganda sivilizatsiya rivojlangan mamlakatlardagi iqtisodiy va ijtimoiy-huquqiy munosabatlarning oqilona tashkil etilgan tuzumi sifatida talqin etiladi.

Jamiyat taraqqiyoti bosqichlariga tеxnologik yondashuv ham ma’lum bir oqim hisoblanadi. Ular jamiyat tarixiy taraqqiyoti davomida ro’y bеrayotgan o’zgarishlar ko’lami va tavsifini yaxshiroq tushunib olish uchun ishlab chiqarishning turli tеxnologik usullarini tahlil etish, mashinalashgan ishlab chiqarishning vujudga kеlishi va rivojlanish tarixiga murojaat qilish zarur dеb hisoblaydilar.

8.  Iqtisodiy tizimlar va ularning turli modellari




Download 125.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling