Mana shularni hisobga olib
Tovarning almashinuv qiymati bo’yicha mavjud nazariyalar
Download 125.89 Kb.
|
1-75
22.Tovarning almashinuv qiymati bo’yicha mavjud nazariyalar.
Tovarning almashuv qiymati – bu biror turdagi naflilikning boshqa turdagi naflilikka ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatidir. Masalan, bitta bolta 20 kg donga ayirbosh qilinadi. Ayirbosh qilinadigan tovarlarning bu miqdoriy nisbatida ularning almashuv qiymati ifodalanadi. Almashuv qiymati nimaga asoslanadi? Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari1 hisoblaydiki, tovarlar qiymatining umumiy asosi – bu mehnat, shu sababli ular ma`lum miqdorlarda bir-biriga tenglashtiriladi. Ularning fikricha tovarlarning tabiiy xususiyatlaridan birortasi – og`irligi, hajmi, shakli va shu kabilar umumiy asos bwla olmaydi, faqat mehnat sarflari shunday asos hisoblanadi. Almashishning zarur sharti ayirbosh-lanadigan tovarlarning turlicha nafliligi hisoblanadi, lekin har xil tovarlarning nafliligi sifat jihatidan turlicha bwlib, ular miqdoriy wlchamga ega emas. Miqdor jihatdan baravarlashtirish esa, hamma sifat jihatidan umumiy, yagona biron-bir narsa bwlishini taqozo etadi, bunday umumiy narsa ularni yaratish uchun sarflangan mehnatdir. Bu wrinda swz mehnatning muayyan, aniq turlari twg`risida bormaydi. Bu turlar bir-biridan sifat jihatdan farq qiladi, bu esa aniq iste`mol qiymatlarining xususiyatlarini keltirib chiqaradi. Tovarlar wlchovdosh bwlishining boisi shuki, bularning hammasi umuman inson mehnati mahsulidir, ya`ni inson kuchi, miyasi, mushagi, asablari va hokazolari sarfning mahsulidir. Demak, umuman inson mehnati mahsuli sifatida tovarlar bir xil va wlchovdoshdir. Tovarda mujassamlashgan ijtimoiy mehnat uning qiymatini tashqil qiladi. Bu qiymat tovar ayirboshlaganda kwrinadi, shuning uchun almashuv qiymati (ya`ni iste`mol qiymatlarini ayirboshlash nisbati) qiymat shakli bwlib, uning ichki mazmunini tashkil etadi. Bu holat L.M.Kulikov tomonidan qiymat va almashuv qiymatini tovarning alohida asosiy xususiyatlari sifatida ajratilib kwrsatilishida namoyon bwladi. «Qiymat – bu tovar ishlab chiqarish va uni sotish (kwpincha qisqacha qilib «ishlab chiqarish xarajatlari» deb ataydilar) qanchaga tushganligi ifodasidir. Tovarni ayirboshlaganda (sotilganda) ishlab chiqaruvchi (sotuvchi), tabiiyki, wz xarajatlarini qoplashni istaydi, biroq bozorda boshqacha nisbatlar tarkib topishi mumkin. Endi ularni boshqa kwrsatkich – almashuv qiymati ifodalaydi. Bu bir tovar boshqasiga ayirboshlanadigan miqdoriy nisbatdir».24 Tovarning wzi esa ikki tomon - naflilik va qiymatning uzviy birligidan iboratdir.Shu wrinda ta`kidlash lozimki, L.Kulikov tomonidan qiymatga berilgan yuqoridagi ta`rif ba`zi hollarda iqtisodchilar tomonidan ywl qwyiladigan yanglish fikrlardan ham holi emas. Ya`ni, qiymatning ishlab chiqarish xarajatlari bilan ayniylashtirilishini u tomonidan ywl qwyilgan xatolik deb hisoblaymiz Tovar qiymatining miqdori, ijtimoiy-zaruriy vaqt deb ataladigan ish vaqti bilan hisoblanadi. Ijtimoiy zaruriy ish vaqti muayyan ijtimoiy normal ishlab chiqarish sharoitida va muayyan jamiyatdagi mehnat malakasi va jadallashuvi darajasi wrtacha bwlgan sharoitda biron bir tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bwlgan ish vaqtidir. Tovar qiymatining miqdorini hisoblashda mehnatning oddiy va murakkab, malakali va malakasiz, aqliy yoki jismoniy turlari hisobga olinadi. Qiymatni hisoblashda nisbatan murakkab mehnat kwpaytirilgan yoki darajaga kwtarilgan oddiy mehnat sifatida hisobga olinadi, shu sababli oz miqdordagi murakkab mehnat kwp miqdordagi oddiy mehnatga tenglashtiriladi. Download 125.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling