1-mavzu:
Oddiy va murakkab moddalar. Kimyoning asosiy qonunlari va texnikada
qo’llanilishi va ahamiyati.
Molekula – moddaning kimyoviy xossalarini o’zida saqlab qoladigan va mustaqil
ravishda mavjud bo’la oladigan juda kichik zarrachidir.
Atom – kimyoviy elementning oddiy va murakkab moddalar tarkibiga kiradigan
eng kichik zarrachadir.
Kimyoviy element – o’zida muayan xossalarni mujassamlashtiradigan atomlar
guruhi.
Oddiy moddalar elementning erkin holda mavjud bo’lish shaklidir.
Yoki bular bitta elementning atomlaridan hosil bo’lgan moddalardir.
Murakkab moddalar, boshqacha aytganda
kimyoviy birikmalar – bular turli xil
elementlarning atomlaridan hosil bo’lgan moddalardir.