Kimyoviy element bir xil xossalar bilan xarakterlanadigan atomlar turidir.
Dalton ta’limotida kamchiliklar borligi o’sha vaqtdayoq ma’lum bo’ldi.
Birinchidan, oddiy moddalarning molekulalari real mavjud bo’lishini inkor etdi.
Ikkinchidan, murakkab moddalarning tuzilishini talqin qilishda bir elementning bir
atomi ikkinchi elementning faqat bir atomi bilan birikadi, deb faraz qildi. U holda
suv NO, ammiak NH, etilen SN kabi formulalar bilan ifodalangan bo’lar edi.
Shuning uchun ba’zi elementlarning atom massalari ikki xil qiymatli bo’lib chiqdi.
Demak, atom bo’linishi mumkin deb faraz qilishga to’g’ri keladi, bu esa atom
bo’linmaydi degan fikrga ziddir.
Ko’rinib turibdiki, atom-molekulyar ta’limotning mohiyati chuqur ilmiy
asoslanganligi sababli atomistik ta’limotda yechilmagan masalalarni ham yoritib
berilganligini ko’rsatadi.
Stexiometrik qonunlar.Stexiometriya kimyoning reaksiyaga kirishayotgan
moddalar orasidagi massa va hajmiy nisbatlar ko’rib chiqiladigan bo’limidir.
«Stexiometriya» so’zi grekchadan tarjima qilinganda «tarkibiy qism» va
«o’lchayman» degan ma’nolarni anglatadi.
Stexiometriyaning asosini stexiometrik qonunlar: moddalar massasining
saqlanish qonuni, ekvivalentlar qonuni, karrali nisbatlar qonuni, hajmiy nisbatlar
qonuni va Avagadro qonuni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |