Tarkibning doimiylik qonuni. A.Lavuaze 1781 yilda karbonat angidrid
gazini 10 xil usul bilan hosil qildi va gaz tarkibida uglerod bilan kislorod massalari
orasidagi nisbat 3:8 ekanligini aniqladi. Bunga asoslanib A.Lavuaze har qanday
kimyoviy toza moddani tashkil etuvchi elementlarning massalari o’zgarmas
nisbatda bo’ladi, degan xulosa chiqardi. Bu xulosa tarkibning doimiylik qonunidir.
20 yil davomida bu qonunning to’g’riligini barcha olimlar e’tirof etdilar. Lekin
1803 yilda fransuz olimi Bertole qaytar reaksiyalarga oid tadqiqotlar asosida,
kimyoviy reaksiya vaqtida hosil bo’ladigan birikmalarning miqdoriy tarkibi
moddalarning massa nisbatlariga bog’liq bo’ladi, degan xulosa chiqardi. Bu
xulosaga dalil sifatida bir qancha analizlarning natijalarini keltirdi.
J.L.Prust Bertolening yuqoridagi xulosasiga qarshi chiqdi. Kimyoviy toza
moddalarni puxta analiz qildi va toza birikmalarning miqdoriy tarkibi bir xil
bo’lishini o’zining juda ko’p analizlari bilan isbotladi. 1809 yilda kimyoning
asosiy qonunlaridan biri tarkibning doimiylik qonuni quyidagicha ta’riflandi:
Do'stlaringiz bilan baham: |