Managed code and unmanaged code


Download 1.19 Mb.
Sana30.10.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1734921
Bog'liq
001. managed & unmanaged code


Managed code and unmanaged code
(Boshqariladigan va boshqarilmaydigan kodlar)
Bu ikki farqni avval boshqariladigan kod haqida gaplashishdan boshlasak. Boshqariladigan kodlar faqat yuqori darajadagi tillar, ya'ni C#, F# va VB tillarida yoziladi va bu tillarda yozilgan kodlar .NET runtime ya'ni COMMON LANGUAGE RUNTIME (CLR) tomonidan boshqariladi. CLR to'g'ridan to'g'ri C# yoki F# kabi tillarda yozilgan kodlarni boshqarmaydi. Aksincha ushbu tillarda yozilgan kod kompilatorlar tominidan Intermediate Language (IL) ga tarjima qilinadi. Tarjima qilingan kodlar .dll va .exe fayllarga joylashtiriladi. Aynan shu IL kodlar CLR tomonidan ishga tushiriladi va avtomatik xotira boshqaruvi (garbage collector), tiplarni tekshirish (type checking), istisnolar bilan ishlash (exception handling), xavfsizlik tekshiruvi (security checks) kabi xizmatlarni taqdim etadi. Bu orqali siz kodlarni oson va tez yozib yuqori darajadagi xavfsizlik va boshqarishga erishishingiz mumkin.

Endi esa boshqarilmaydigan kodlar haqida gaplashsak, bunday kodlar asosan C/C++ kabi quyi darajadagi dasturlash tillarida yoziladi. Bu kabi dasturlash tillarida yozilgan kodlar to'g'ridan to'g'ri operatsion tizim va kompyuter qurilmalari bilan o'zaro tasir qiladi. Ushbu kodlar CLR taqdim qilgan xizmatlarni ishlatmaydi.
Bir narsani adashtirib yubormasligimiz lozimki, C/C++ kabi tillarni ham kompilatsiya qilinadi va ushbu kompilatsiya qilingan kodlar .exe fayllarga joylanadi. Masalan siz kompyuteringizda .NET doirasida yozilmagan, lekin xuddi .net dagidek .exe dasturlarni ko'rgan bo'lishingiz kerak. Masalan: chrome.exe. Lekin bu kabi dasturlar CLR tomonidan boshqarilmaydi va xotira boshqaruvi, xavfsizlik tekshiruvidagi masuliyatni dasturchilar bo'yniga qoladi.
Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling