Manasova Izumgul Syerdanovna Qosimov Xayriddin Olimovich ovqatlanishning gigienik asoslari


Download 3.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/79
Sana16.11.2023
Hajmi3.56 Mb.
#1781318
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79
Bog'liq
OVQATLANISHNING GIGIENIK ASOSLARI oquv qollanma

 
 
 



I bob. OVQATLANISHNING SALOMATLIK OMILI EKANLIGI 
 
 
1. Ovqatlanish muammosining ijtimoy-gigienik roli, uning O‘z R uchun o‘ziga xosligi. 
Ovqatlanish salomatlik holatini belgilovchi muhim omillardan biri bo‘lib, u har bir shaxsning va 
umuman olganda butun aholining salomatlik ko‘rsatkichi hisoblanadi. Har qanday tirik organizmda doimiy 
tarzda assimilyasiya va dissimilyasiya jarayonlari kuzatiladi va agar organizmda oziq kimyoviy moddalarning 
ovqat orqali iste’mol qilinmasligi hamda oksidlanish - qaytarilish jarayonlari kuzatilmasa assimilyasiya 
jarayoni izdan chiqadi. Natijada organizmni energiya bilan ta’minlash va organizmda ro’y beradigan barcha 
hayotiy jarayonlarni ta’minlovchi asosiy oziq moddalar - oqsillar, yog‘lar, karbonsuvlar, vitaminlar va mineral 
tuzlarga bo‘lgan tanqislik yuzaga keladi. Shuning uchun inson organizmi muntazam tarzda sifatli ovqatlanib 
turishi zarur. Insonning yashash umri davomida (o‘rtacha 70 yillik umr mobaynida. odam o‘rta hisobda 2,5 
tonna oqsil, 3 tonna yog‘ mahsulotlari, 10 tonna karbonsuv va 250 kg osh tuzini iste’mol qiladi. Odam 
organizmiga oziq moddalarning tushib turishi uning hayotiy faoliyatini ta’minlabgina qolmay, balki sezilarli 
darajada odamning salomatligini ham belgilab beradi. Ma’lumki, aholining salomatlik ko‘rsatkichlari ularning 
ovqatlanish tarzi bilan chambarchas bog‘liqdir. Ovqatlanish sifatiga ayniqsa bolalar va o‘smirlarning jismoniy 
rivojlanish ko‘rsatkichlari, mehnatga layoqatli aholining mehnat qobiliyati, tashqi muhitning salbiy 
taassurotlariga qarshi ko‘rashish qobiliyati, aholining umumiy kasalllanish darajasi, o‘rtacha umr ko‘rish 
davomiyligiga bevosita bog‘liqdir. Noto‘g‘ri ovqatlanish natijasida ko‘pgina kasalliklarning kechishi og‘irroq 
shaklda o‘tadi, ularning surunkali shaklga o‘tishi tezlashadi, sog‘ayish muddati uzayib ketadi. 
Aholini ovqatlanish muammosi faqat gigienik muammo bo‘lib qolmay, balki ko‘proq darajada ijtimoiy 
muammodir, chunki aholini ovqatlanish sifati har bir davlatning rivojlanganlik darajasi, oziq-ovqatlar uchun 
ajratiladigan mablag‘ miqdori bilan belgilanadi. Ovqatlanish muammosi har bir davlatning iqtisodiy holati va 
boshqa davlatlar bilan qiladigan iqtisodiy munosabatlari, har bir davlatning ijtimoiy siyosati, mehnat resurslari 
va mehnat qiluvchi potensialiga bog‘liqdir. 
Aholini ovqatlantirish muammosi juda ko‘p davlatlarda aholi soniga bog‘liq tarzda tashkil qilinadi. 
Aholining soni bo‘yicha ovqatlanish muammolarini hal etuvchi Xalqaro konferensiyada (Qohira, 1994 yil) 
ta’kidlanganidek, aholini boshqarib bo‘lmaydigan darajada o‘sib borishi aholi o‘rtasida ijtimoiy tanglik, 
ijtimoiy munosabatlarning taranglashuviga, shu jumladan aholi o‘rtasida ovqatlanish muammosi bilan bog‘liq 
bo‘lgan munosabatlarning keskinlashuviga sababchi bo‘lishi mumkin. 
Sobiq Ittifoq hududidagi aholining ijtimoiy tarkibi va ular o‘rtasidagi siyosiy munosabatlarning 
keskinlashuvi Ittifoqning parchalanib ketishi vaqtidan boshlangan bo‘lib, aholining kundalik turmushidagi 
turli ko‘rinishlarda va ayniqsa, ovqatlanish sifatidagi o‘zgarishlarda ko‘proq darajada o‘z aksini topdi. 
Oziq - ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, iqtisodiy aloqalarning uzilishi, yangi iqtisodiy 
munosabatlarning shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lgan va shak - shubhasiz yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan 
iqtisodiy tanglik Birlashgan Hamdo‘stlik Davlatlaridagi juda ko‘p aholining turmush darajasini 
yomonlashishiga olib keldi, buning natijasida 1993 yilning o‘zidayoq tadqiqotchilarning olgan ma’lumotlariga 
ko‘ra oqilona ovqatlanmaslik natijasida aholining salomatlik ko‘rsatkichlari va yoshlar o‘rtasidagi jismoniy 
rivojlanish ko‘rsatkichlarida negativ o‘zgarishlar yuzaga kelganligi haqidagi ma’lumotlar berila boshlandi. 
Masalan, Rossiyaning ayrim hududlarida iste’qomat qiluvchi aholini ovqatlanish holatini tekshirib
V.Spirichev (1993-y) ommaviy avitaminozning keskin oshganligini ma’lum qildi, shu bilan birga 
gipovitaminoz holati aholining hamma kategoriyasi o‘rtasida birdek ko‘tarilganligi va yilning barcha 
fasllarida kuzatilishini, hamda ayniqsa, poligipovitaminoz holatining o‘ziga xos shakllarini yuzaga 
kelganligini aytadi. 
Bizning Respublikada aholining ovqatlanish muammolari o‘ziga xos xususiyatlariga egadir. Aholining 
ovqatlanishiga doir masalalar bo‘yicha bilimdonlik darajasi juda past holatda, oqilona va to‘g‘ri ovqatlanishga 
doir elementlarni ko‘pchilik bilgan taqdirda ham unga e’tibor qaratmaydi. Aholining ko‘pchilik qismi sifatli 
ovqat mahsulotlari bilan to‘liq ta’minlanish imkoniyatiga ega emas, bunday imkoniyatga ega bo‘lgan aholi 
ham to‘g‘ri ovqatlanish talablarini to‘liq bajarmaydi. Bugungi kunga kelib ovqat mahsulotlarining sifat 
ko‘rsatkichlarini gigienik nazorati sezilarli darajada pasaygan. (Boykulov A.A., 2003). Yana shuni aytish 
lozimki, hozirgi kunda chekka qishloqlarda yashovchi aholining ovqatlanish holatini ham ko‘ngildagidek deb 
bo‘lmaydi, buning sababi ovqat assortimentlarining kamligi, ovqatlanish sifatining pastligidir.
Yuqorida aytib o‘tilgan kamchiliklar hisobiga esa, O‘zbekiston Respublikasida yashovchi aholi o‘rtasida, 
ayniqsa, ayollar o‘rtasida (90 foizdan ortiq holatlarda. temir tanqisligi anemiyasi, aholining 60-73 % da yod 


10 
tanqislik holatlari, qishloq sharoitida yashovchi bolalarning deyarli 35% da gipotrofiya va raxit kasalliklari
hamda juda ko‘p holatlarda sil kasalliklarini o‘sib borayotganligi achinarli holdir. 
Ushbu muammolarni yechishda, albatta, Respublikamizdagi mavjud iqtisodiy krezislarni hal etish bilan 
ahvol yaxshilanib qoladi,- deb aytolmaymiz. Buning uchun aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib 
borishimiz lozim, ya’ni to‘g‘ri ovqatlanish, vaqtida ovqatlanish, sifatli ovqatlanishga e’tibor berish bilan bir 
qatorda, o‘zimizda hamda chet davlatlarda chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlar sifatini mutasaddi 
tashkilotlar tomonidan to‘liq va sifatli tekshirilishini, oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qilinadigan 
bozorlarda, rastalardagi tozalikka va gigienik tartiblarga rioya qilinishini qattiq nazorat qilishimiz lozim. Shu 
bilan bir qatorda gigienik normativlar ishlab chiqilayotgan vaqtda Respublikamizning iqlimini, milliy 
an’analarini ham hisobga olish talab etiladi. Respublikada 2006 yildan amalga oshirila boshlangan 
«O‘zbekiston aholisi o‘rtasida 2010 yilga qadar oqilona va to‘g‘ri ovqatlanish amalga oshirish» rejasi 
quyidagi asosiy uchta yo‘nalishni o‘z ichiga olgan: 
-Aholining salomatlik holatiga qarab ovqatlanishni to‘g‘ri tashkillashtirish; 
-Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatliligini ta’minlash; 
-Aholini xavfsiz bo‘lgan mahsulotlar bilan ta’minlashni uzviyligini saqlash. 

Download 3.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling