Ma’naviy barkamol inson tarbiyasi
Download 65.5 Kb.
|
1 2
Bog'liq1361975540 41651
Ma’naviy-ma’rifiy strategik islohotlar va uning barkamol inson tarbiyasidagi roli Reja 1. Barkamol inson ta`rifi va tarbiyasi. 2. Bilim-kishi ma`naviyati birlamchi asosi. 3. Vatanparvarlik, insonparvarlik, o`z millatiga sadoqat tushunchalari. 4. Yuksak ma`naviyatli kishilar-kelajagimiz poydevori. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy maqsadi-kishilar dunyoqarashini o`zgartirish, ularni ma`naviy barkamol inson qilib tarbiyalashdir. Mafkuramizning asosiy g`oyalaridan biri-Komil inson tarbiyasi ham milliy, ham umumbashariy mohiyatga ega bo`lgan, odamzotga xos eng yaxshi fazilatlarga ega bo`lgan inson tarbiyasidir. Odamzot paydo bo`lib, ko`p mingyillik taraqqiyot jarayonida o`zini o`rab olgan tabiat, turli xodisalar, voqealar, hayotiy tajribalarni kuzatgan, ularning sabablari va qonuniyatlari to`g`risida mushohada qilgan, turli tasavvur va tushunchalar hosil qilib kelgan. Ma`naviyat insonning butun umri davomida uning kuchiga-kuch qo`shadigan, idrok va aql-zakovatini kengaytiradigan va mustahkamlaydigan vositadir. Ma`naviyat va ma`naviyat boyliklar, qadryatlar, davlatning, xalqning, millatning, jamiyatning, ayrim shaxslarning bebaho xazinasi va taraqqiyot manbaidir. Mustaqillik tufayli o`zbek xalqining ko`p asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy va diniy merosini o`rganish, undan xalqning umumiy va bebaðo mulki sifatida foydalanishga keng yo`l ochildi. “Ma`naviyat-insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yo`q joyda xech qachon baxt-saodat bo`lmaydi”,- deb takidlaydi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov. Mustaqillik davri milliy istiqlol ma`naviyatini tiklash va rivojlantirish, milliy til va madaniyatni taraqqiy ettirish, milliy o`z-o`zini anglash, milliy his-tuyg`ular, g`ururni, vatanparvarlikni o`stirish va mustahkamlash bilan bog`liqdir. Mustaqil O`zbekistonning taraqqiyoti jamiyat a`zolarining, har bir shaxs va ayniqsa, yoshlarning ma`naviy kamoloti, istiqlol g`oyalarining kishilar ongiga, kundalik hayotiga chuqurroq singishiga bog`liqdir. Mustaqil taraqqiyot yo`lida milliy ong va milliy o`z-o`zini anglash ma`naviy kamolotning asosiy negizidir. Kelajagi buyuk O`zbekistonni barpo etishda faol qatnashayotgan har bir fuqaro o`z mamlakati, xalqi, millatining ajralmas bo`lagi ekanligini anglashi-milliy ma`naviyat va ongning tarkibiy qismidir. Chunki har bir millatning o`z ma`naviyatini aniqlashi, bilishi va o`z aql-farosatining, ongining tarkibiy qismiga aylantirishi millatni mustahkamlaydi, uning o`ziga bo`lgan e`tiqod va qadr hissini boyitadi. Ma`navitimizning O`zbekistonning porloq keljagiga dadil ishonch bilan yuksalib borayotganligini, xalqimizda yuksak insonparvarlik qadryatlari tiklanayotganligi va takomillashayotganligini ifodalovchi o`ziga xos dunyoqarashdir. Ma`naviyat sohasida mustaqil O`zbekiston oldida muhim vazifalar turibdi. Ulardan asosiysi ma`naviyatimizni boyitish va mustahkamlashdir. Ma`naviyat istibdod yillarida har jihatdan kamsitildi. Oqibatda, masalan, o`zbek xalqi tasavvur falsafasini va uning mashhur namoyondalarini o`rganishdan maxrum edi. Õuquq sohasida esa Markaziy Osiyo sivilizatsiyasining huquqshunoslik borasidagi buyuk xizmatlari inobatga olinmadi, axloqiy qarashlar va ijtimoiy falsafaga tegishli chuqur mazmunli asarlar bir tomonlama yoritildi. Bularsiz mustaqil O`zbekistonning ma`naviyati kemtik, to`laqonli emasdir. Ma`naviyatimizning bor kuchi, mazmunining chuqurligi va rang-barangligi, uning ko`hna tarixining qa`riga singib ketganligini, hozirgi salohiyati cheksiz ekanligini to`la ravishda ko`rsatmoq uchun “Avesto” va zardushtiylik ta`limotidan, axloq va musavvirlik san`atidan boshlab, Farobiy, Navoiy, Bobur, Furqat, Behbudiy va Fitrat orqali to hozirgi kunlarga, uning butun bir zanjirini, tevaragidagi novdalarini qamrab turadigan yaxlit silsilani yaratmog`imiz zarur. Bu borada ishlar kun sayin, yil sayin kengayib va tezlashib bormoqda. Ilg`or millat va rivojlangan davlat bo`lishning zaruriy shartlaridan biri-boy, ilg`or ma`naviyatga ega bo`lishdir. Faqat moddiy jihatdan boy hamda ilg`or bo`lish jamiyat norasoligining muhim ko`rsatkichidir. Shu sababli Prezident I.A.Karimov ma`naviyat va ma`rifatni ko`tarish, targ`ib qilish, boyitish, aholining keng doirasiga yoyib, har bir fuqaroning yuksak ma`naviy darajasini ta`min etishni eng dolzarb masalalaridan biri, deb qayta-qayta uqtirmoqda. Buning uchun ma`naviyat va ma`rifat, sohasida eng jiddiy tadqiqotlar olib borishi, O`zbeksiton xalqi ham o`zbek millatining ma`naviyati nima, uning tarixi nima va qachon boshlangan, ma`naviyatning qaysi sohalari hozirgi davrda va nima uchun katta ahamiyatga ega, ma`naviyati qanday qilib boyimoqda va xalqaro miqyosda qanday o`rin tutadi, uning xalqaro miqyosda salmog`ini orttirmoq uchun har birimiz nima qilmog`imiz kerak,-ana shu savollarga jamiyatshunos olimlarimiz hozirgi o`tish davrining talablarini ko`zda tutib javob berishlari umummilliy dolzarb vazifalarimizdan biridir. Vatanimiz mustaqillikka erishgandan so`ng sog`lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga e`tibor kuchaydi. Komillik-mukammallik deganidir. Komil inson XXI asrda qanday zamonaviy sifatlarga ega bo`lishi kerak? Zamonaviy inson ta`lim-tarbiya, iqtisodiy, siyosiy, falsafiy, diniy g`oyalar majmui asosida kishilarning ong-bilimini, madaniyatini o`stirishga qaratilgan faoliyat bilan shug`ullanmog`i lozim. O`zbekistonda maorif sohasidagi ishlar o`z tarxiga ega. 1917 - yilga qadar islom hukmron mafkura bo`lib kelgan davrda, maorif muassasalari asosan uch turdagi diniy maktablar: ibtidoiy maktablar, madrasa va korxonalar shaklida mavjud edi. Yaqin vaqtlarga qadar ilmiy adabiyotlarimizda inqilobdan oldingi Markaziy Osiyodagi maktablar tahliliga ko`p yondashib kelingandi. Vaxolonki, bu maktablar mintaqa mavjud bo`lgan davlatlardagi ijtimoiy jarayonlarni boshqarish va tartibga solish muassasalarining tarkibiy qismi bo`lib kelgandi. Inqilobdan keyingi dastlabki yillarda maorif qurilishi va islohoti borasida ish olib borilar ekan, o`zbek maktabi qonuniy ravishda ona tilida o`qitish huquqiga ega bo`ldi va har jihatdan o`sa boshladi. Lekin bu maktablar mohiyatan ruslarga xizmat qildi. Mustaqillikka erishganimizdan so`ng ilm-ma`rifatga katta e`tibor berilayotir. Õlaq ta`limi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirliklari keng miqyosda faoliyat ko`rsatib turibdilar. Yangi tipdagi litsey, gimnaziyalarda ko`plab o`zbek bolalari bilim olyaptilar. Kadrlar tayyorlash milliy dasturimizning birinchi bosqichi 1997-2000- yillarida viloyatimizda 33 ta litsey va 28 ta kollej qurildi. Respublika Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-maydagi “O`zbekiston Respubjlikasida umumiy o`rta ta`limni tashkil etish to`g`risida”gi 203-sonli qarorini ta`minlash maqsadida viloyatda dastur va darsliklarni sinovdan o`tkazish maqsadida bitta respublika, 22 ta viloyat tajriba-sinov maydonlari tashkil etildi. Birgina 1999-2000-o`quv yili natijalarini ko`zdan kechiradigan bo`lsak, ushbu yilda yangi turdagi ta`lim muassasalari bitiruvchilarining 88 foizi oliy o`quv yurtlariga kirganlar. Bu ko`rsatkich bo`yicha viloyatimiz Toshkent shahridan keyingi ikkinchi o`rinni egallagan. 2001-yilda 2005-yilda 1.Ta`lim tizimida- 36272 nafar 38769 nafar o`qituvchi va murabbiylar viloyatimiz ta`lim-tarbiya maskanlarida xizmat qilmoqdalar. 2. Shundan oliy toifali- muallimlar- 3766 nafar, 4859 nafar 3. Birinchi toifalilar- 10915 nafar, 11433 nafar 4. Ikkinchi toifalilar- 10364 nafar, 10349 nafar 5. Mutaxassislar- 11227 nafar, 12128 nafar 6. Ayollar- 25885 nafar, 28847 nafar 7. Mustaqillik yillarida davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar- 140 nafar, (“El - yurt hurmati” - 7 ta , “ Do`stlik”- 17 ta , “Mehnat shuhrati” - 12 ta , “Sog`lom avlod uchun “ - 1 - darajali - 17 ta , 2 - darajali - 16 ta , “Shuhrat” - 68 ta ) . 8. “Õalq ta`limi a`lochisi” nishoniga sazovor bo`lganlar- 600 dan ziyod, 1230 nafar 9. “Õalq ta`limi fidoiysi” nishoniga sazovor bo`lganlar- 3650 nafar. 10. Jahonning rivojlangan mamlakatlarida malaka oshirib qaytgan muallimlar ayni paytda - (2001) 16 nafar, (2005) 20 nafar 11. AQSHning AKSALS tashkiloti tanlovlaridan o`tib AQSHda tahsil olib qaytgan o`qituvchilar- (2001)21 nafar, (2005) 12. Hozirda AQSHda tahsil olayotgan o`qituvchilar-3 nafar. 13. Mustaqillik yillarda qurilgan maktablar-41 nafar. 14. Õomiylar yordami bilan qurilgan maktablar-4 ta. Viloyatimiz miqyosdagi ushbu ko`rsatkichlar ham barkamol avlod tarbiyalash ishlariga katta e`tibor qaratilayotganligi namunasidir. Muallimlarimiz, murabbiylarimiz erishgan natijalar, o`quvchilar bilim darajasini o`sishi, mamlakat miqyosida “Andijoncha ta`lim” degan iboraning paydo bo`lishi, eng avvalo, xalq ta`limi xojimlarini bilimli, iqtidorli, qobiliyatli o`quvchilarni tarbiyalayotganligimizni ko`rsatadi. O`quvchilarimizning bilimlari 1999-yil 16-avgustda qabul qilingan “Umumiy o`rta ta`limning davlat standartlari” talablari darajasida egallanmoqda. Viloyatimiz o`quvchilari respublika hamda Osiyo davlatlari, jahon olimpiadalariga qatnashib, faxrli o`rinlarni egallashga harakat qilishmoqda. 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Ta`lim to`g`risida”gi qonun uzluksiz ta`limni joriy etdi. O`rta maxsus kasb-hunar kollejini yoki oliy ta`limni tugallab mutaxassislikni egallagan shaxs fan-texnikani o`z faoliyatida qo`llay oladigan bo`ldi. XXI asrda yashovchi har bir inson dunyoviy bilimlardan puxta egallagan bo`lishi shart. Chunki shiddatli zamon kishilardan turli ehtiyojlarni talab qiladi. Prezidentimiz I.A.Karimov: “Aql-zakovatli, yuksak ma`naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakgina, oldimizga qo`ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot qaror topadi”-, deganlar. To`g`ri, kishi ma`naviyatining birlamchi asosini bilim tashkil qiladi, ammo ilm-ma`rifat sharq xalqlari tarbiya tizimi va usluboning o`ziga xos xususiyatlari, sharqona fazilatlar bilan ahloq va umumbashariy g`oyalar ruhida kamol topgan sog`lom avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazish va kelgusida uni umumxalq ezgu harakatiga aylantirish asosiy vazifamizdir. Insonning milliy-ma`naviy ruhini mustahkamlash va imon-e`tiqodi butun, irodasi baquvvat erkin fuqaro ma`naviyatini shakllantirish barcha ta`lim muassasalarida faol olib borilmoqda. Har qaysi fuqaroning o`z fikrini erkin ifoda etishi va uni himoya qila olishi jamiyatimiz negizi bo`la oladi. Demak, yuqoridagilarni umumiylashtirib, quyidagicha xulosa chiqarish mumkin: -ma`naviy barkamol inson-ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq atvori bilan o`zgalarga ibrat bo`la oladigan bilimli, ma`rifatli, kishi; -bilimli kishida qalbi poklik, sahiylik, samimiylik, xayrixohlik, halollik, e`tiqodlilik, mehr-shafqat, vijdonlilik, rostgo`ylik, adolatparvarlik, ota-onaga hurmat, oilaga sadoqatlilik fazilatlari bo`ladi. Barkamol inson ma`naviyatining muhim mezoni vatanparvarlik, insonparvarlik va o`z millatiga sadoqatligidir. Vatanparvarlik-insonning o`z yurti manfaatlarini himoya qilish yo`lidagi fidoiyligi, Vatanning har qarich tuprog`i, har bir giyohini ko`z qorachig`iday asrash, uning uchun, zarur bo`lganda, jonini ham fido etishdir. Õo`sh, Vatan nima? Vatan (arabcha “vatan”-ona yurt)-kishilarning yashab turgan, ularning avlod va ajdodlari tug`ilib o`sgan joyi, xududi, ijtimoiy muhiti, mamlakati. Vatan tushunchasi keng ma`noda va tor ma`noda ham qo`llaniladi. Bir xalq vakillari jamul-jam yashab turgan, ularning ajdodlari azal-azaldan istiqomat qilgan xudud nazarda tutilsa, bu keng ma`nodagi tushunchadir. Kishi tug`ilib o`sgan uy, mahalla, qishloq nazarda tutilsa, bu tor ma`nodagi tushunchadir. O`zbeklarda falonchi vatanli bo`ldi, deyilganda o`sha odam uy-joyli, boshpanali bo`ldi, degan ma`noni anglatiladi. Hazrat Alisher Navoiy Vatan tushunchasini ona yurt, o`rin, tug`ilib o`sgan joy, maskan, manzil ma`nolarida ishlatganlar. Shuningdek, Vatan kalimasi badiiy adabiyotga ko`chma ma`noda ko`ngil mulkining maskani tarzida ham qo`llaniladi. Vatan tushunchasi mustaqillik sharoitida alohida ahamiyat kasb etdi. Ma`lumki, istibdod yillarida hukmron mafkura kishilarimizning ongida Vatan tushunchasini buzib, uning o`rniga mavhum, keng va umumiy Vatan tushunchasini singdirmoqchi bo`ldi, ya`ni masalan, o`zbek uchun go`yo Rossiya ham O`zbekiston bilan bir qatorda barobar Vatan edi. “O`zbekiston-Vatanim manim” yoki “o`zbegim” deyish millatchilik, milliy cheklangan deb baholanar edi va bunday so`zlarning muallifi faol ijodiy ishdan chetlatilardi. Õolbuki, Vatan muayyan aniq tushuncha. Vatan tushunchasi xalqimizning talaygina qismida yetarli darajada aniq emasligini birinchi sababi-o`tmishdagi hukmron mafkura ta`siri bo`lsa, ikkinchi sababi, temuriylar zamonidan so`ng, to XX asrning birinchi choragida O`zbekiston degan geografik va siyosiy tushunchaning amalda yo`qligi, xonliklar, amirliklarga bo`linib yotgan xududlarning ustiga-ustak chorizmning mustamlakasiga aylanashi edi. Mustaqillik ana shu ikki salbiy omilni bekor qilib, xalqimizda xaqiqiy Vatan xissini, tushunchasini mustahkamladi. Demak, Vatan tabarruk maskan, buyuk meros, aziz xotira, muqaddas zamin, har bir inson uchun g`urur, iftixor, baxt-saodat, tinchlik-osoyishtalik manbai ekanligi tushiniladi. Vatanparvarlik esa-insonning o`z yurti manfaatlarini himoya qilish yo`lidagi fidoiyligi, Vatanning har qarich tuprog`i, har bir giyohini ko`z qorachig`iday asrashi, uning uchun, zarur bo`lganda, jonini ham fido etishdir. Shiroq o`z Vatanini yovlar zulmidan ozod qildi. Otabek chor askarlariga qarshi mardona jangda halok bo`ldi. To`marisning tengsiz shijoati vatanparvarlikning yorqin ko`rinishidir. Shuning uchun ham ularning nomi xalq qalbida abadiy yashaydi. Bugungi O`zbekistonning eng buyuk vatanparvari Prezident Islom Karimovdir. Yurtboshimiz mamlakatimizni mustaqillikka boshlab, uning dunyo hamjamiyatidan munosib o`rin egallashida mislsiz xizmatlar qilmoqda. Eng og`ir vaziyatlarda ham “Biz tanlagan yo`limizdan qatmaymiz!” deb xalqni olg`a boshladi. Sport sohasida yurtimizni dunyoga tanitayotgan vatanparvarlar talaygina. Bokschi Muhammadqodir Abdullayev, Artur Grigoryan, tennischi Iroda To`laganova, shaxmatchi Rustam Qosimjonov va boshqalar Vatanimiz dovrug`ini butun dunyoga yoyayotganlar, Vatanimiz iftixorlari bor. San`at sohasida ham yuksak natijalarga erishib, Yu.Usmonova, F.Zokirov va boshqalar o`zbek san`atini jahon bo`ylab namoyish qilmoqdalar. Ularning bunday shonu shuhrati, erishayotgan yutuq va jasoratlari yoshlarga o`rnak bo`lmoqda. Aslida, bizda, O`zbekistonda inson yuksak qadrlanadi. Mamlakamizda demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyat qurish-insonlar baxt-saodati uchundir. Istiqlol mafkurasi xalqimizning tabiati, irodasi, orzu-intilishlari ifodalaydigan quyidagi milliy xususiyatlarni zamon talablari asosida yanada boyitishni nazarda tutadi: -xalqimiz hayotida qadim-qadimdan jamoa bo`lib yashash ruhining ustunligi; -jamoa timsoli bo`lgan oila, mahalla el-yurt tushunchalarining muqaddasligi; -ota-ona, mahalla-ko`y, umuman jamoatga yuksak hurmat-e`tibor; -millatning o`lmas ruhi bo`lgan ona tiliga muhabbat; -kattaga-hurmat va kichikka-izzat; -mehr-muhabbat, go`zallik va nafosat, hayot abadiyligining ramzi-ayol zotiga ehtirom; -sabr-bardosh va mehnatsevarlik; -halollik, mehr-oqibat va va hokazo. Istiqlol mafkurasi quyidagi umumbashariy qadryatlarni e`tirof etadi va ulardan oziqlanadi: -qonun ustuvorligi; -inson haq-huquqlari va hurfikrlililk; -boshqa millat vakillariga hurmat va ular bilan bahamjihat yashash; -diniy bag`rikenglik; -dunyoviy bilimlarga intilish, ma`rifatparvarlik; -o`zga xalqlarning ilg`or tajribalari va madaniyatini o`rganish va hokazo. Inson hamisha yaxshilikka muhtoj. Yaxshi kunlar orzusi bilan ona-yurti va farzandlarining istiqbolini kutib yashaydi. Milliy mafkura xalqning maqsad-muddaolarini ifodalaydi. Tarix sinovlaridan o`tishda uning ruhini ko`tarib, suyanch va tayanch bo`ladi. Shu millat, shu jamiyat duch keladigan ko`plab hayotiy va ma`naviy muammolarga javob izlaydi. Ana shunday muammolardan biri ona-yurtga sadoqat masalasidir. O`zbekistonday davlatda yashashning o`zi katta baxt ekanligi hissini uyg`otish va u bilan faxrlanish, uning ramzlari-Bayroq, Gimn va madhiyani qadrlash, ardoqlashni o`rganish. Demokratik tamoyillarga asoslangan qonunlarni hurmat qilish, bularning barchasi Vatanimizga, xalqimizga, o`z millatimizga bo`lgan sadoqatimizni bildiradi. Inson faqat moddiy boyliklar va ne`matlar uchun emas, avvalo, Alloh ato etgan alq-zakovati, imon-e`tiqodi va yuksak ma`naviyati bilan kelajakka ishonch-Vatanining taraqqiyot yo`lini o`ylaydi. Bugungi kunda jamiyatimizda ro`y berayotgan o`zgarishlar farovon hayot qurish uchun xizmat qilmoqda. Istiqlol mafkurasi odamlarning hayotga, yerga, mehnatga bo`lgan munosabatini tubdan o`zgartirmoqda. Õalqni buyuk kelajak, ulug`vor maqsadlar sari birlashtirish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da`vat qilish milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir. Mamlakatning iqtisodiyotini rivojlantirish ko`p jihatdan-ishbilarmon, tadbirkorlarga bog`liq. Oliy ta`limda tahsil olayotgan, AKSALS orqali yoki shunga o`xshash uyushmalar orqali chet ellarda ta`lim olayotgan yoshlar mamlakat rivojlanishining poydevoridir. “Ta`lim to`g`risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida”gi qonunlari ana shunday kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi. Maktablarda esa har tomonlama tarbiyalangan, madaniyatli shaxslar qilib tarbiyalashga to`la imkoniyatlar bor. Download 65.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling