Ma‘naviy barkamollikning qirralari va asosiy mezonlari. Reja


Karimov asarlarida ma‘naviy barkamol insonni tarbiyalash goyalari va uning dolzarbligi


Download 53.73 Kb.
bet2/4
Sana17.06.2023
Hajmi53.73 Kb.
#1537099
1   2   3   4
Bog'liq
1.Ma‘naviy barkamollikning qirralari va asosiy mezonlari.Komila

Karimov asarlarida ma‘naviy barkamol insonni tarbiyalash goyalari va uning dolzarbligi.
Mamlakatimiz iqtisodiy soxada tez rivojlanayotgan xozirgi sharoitda ma‘naviy-axlokiy qadriyatlarning ahamiyati dolzarb bulib borayotganligini amaliy hayotning o’zi takazo qilmoqda. Chunki, hamma soxalarda ham taraqqiyot takdirini ma‘naviy jixatdan yetuk kishilar xal kiladi. Lekin, ma‘naviy-axlokiy yetuk barkamol shaxsni tarbiyalash juda muhim va eng murakkab vazifalardan biri xisoblanadi. Shu boisdan taraqqiyotimizning xozirgi boskichida ham ma‘naviy yetuk kishini shalkllantirishni jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyoti bilan boglab olib borish zarurligini ko’zda tutib, yurtboshimiz o’z asarlarida o’zbek Xalqining milliy va umuminsoniy qadriyatlar mushtarakligiga, ma‘naviy merosni mustaxkamlash va rivojlantirish, insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi bilan boglik xolda ma‘naviy barkamol shaxsni shakllantirish va tarbiyalab voyaga yetkazish vazifasini kuydi. Islom Karimov “Bu soxada ishlarimizning pirovard maqsadi-iymon, e’tiqodi butun irodasi bakuvvat erkin fukaro ma‘naviyatini shakllantirishdir. Ya‘ni, Mustaqil dunyokarashga ega, ajodolarimiz bebaxo merosi va zamonaviy tafakkurga tayanib yashaydigan barkamol shaxs-komil insonni tarbiyalashdan iborat”, - deb kayd kiladi. («Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz» nomli asarida).
Shaxs ma‘naviy ongini ustirmasdan jamiyat hayotida xar tomonlama rivojlanishga erishib bulmaydi. Shu boisdan inson shaxsi barkamol bulsa, u vijdonan mexnat kilsa, ijtimoiy-siyosiy faol bulsa, jamiyat tez rivojlanadi. Inson faqat sotsial muxit maxsuligina emas, balki ularni yaratuvchi hamdir.
I.Karimov o’z asarlari, nutklarida, eng avvalo komil insonni shakllantirishning asosiy manbalarini kursatib utadi. Ulardan a) buyuk ajdodlarimizning ibratli yo’li b) akl-idrok v) mustaxkam e‘tiod g) fidoiylik d) shijoatkorlik kabi fazilatlar komil insonni shakllantirishning asosiy manbalari ekanligini ta‘kidlaydi. Haqikatdan, buyuk ajdodlarimiz bosib utgan yul, umuminsoniyat ma‘naviyatiga kushgan ulushlari, ijtimoiy-tarixiy jarayonga, umuminsoniy axlok normalariga, ilmiy, badiiy, falsafiy, siyosiy tafakkur rivojiga kushgan xissalari, hayot murkkablikalari va kiyinchiliklarini matonat bilan yengib utishlari xozirgi avlodda bir tomondan iftixor tuygusini uygotsa, ikkinchi tomondan ularning munosib vorislari bulib kolishlariga undaydi, uchinchidan, o’zlikni anglashga, turtinchidan ularning aziz va mu‘tabar nomlarini asrab-avaylashga chorlaydi. Shuningdek, I.Karimov o’z asarlarida «Vatan» va «Millat» kabi mukaddas tushunchalarning komil insonni shakllantirishdagi ahamiyatini ta‘kidlab, «Vatanga sadokat» va «Millatga jon fidolik» inson ongli faoliyati (hayoti) ning mazmuniga aylanishi zarurligini ta‘kidlab utadi.
Demak, Prezidentimiz ma‘naviy barkamol insonni shakllantirishning strategik yo’li sifatida umuminsoniy axlok kategoriyalari, tamoyillari va normalaridan «Vatanparvarlik», «Adolat», «Or-nomus», «Vijdon», «Burch mas‘uliyatini xis qilish», «iymon va e’tiqod butunligi», «Mexnat qilishdan kochmaslik», «Xalqparvarlik», «Yaxshilik qilish», «Ma‘rifatli bo’lish» bozor munosabatlari talablaridan hisoblangan «Xalollikka asoslangan tashabbuskorlik», «Ishblarmonlik» va «Tadbirkorlik» kabi fazilatlarni ilgari suradi.
Xulosa qilib aytganda, Prezidentimiz xozirgi murakkab va dolgali davrda istiqlol yo’liga kirgan mamlakatimiz oldida turgan uta murakkab vazifalardan kelib chikib, ijtimoiy sergak, goyaviy-siyosiy jixatdan chinikkan, chukur bilimga ega bo’lgan, o’z xak-huquqlarini tanigan, ijtimoiy taraqqiyot qonuniyatlarini akl-idrok bilan xis eta oladigan, milliy gururli komil shaxslarni shakllantirish vazifalarini ilgari suradi.
I. Karimovning “O’z kelajagimizni o’z kulimiz bilan kurmokdamiz” nomli asaridagi “Huquqiy demokratik davlat, erkin fukarolik jamiyati kurayotgan ekanmiz, ma‘naviyatli va komil insonni tarbiyalashdagi dastur shundan kelib chikib, erkin fukaro-ongli yashaydigan, Mustaqil fikrga ega bo’lgan shaxs ma‘naviyatini kamol toptirish bizning bosh vazifamiz va milliy goyamiz bo’lishi zarur… Boshkacha aytganda ozod, o’z xak-huquqlarini yaxshi biladigan, bokimandalikning xar qanday kurinishlarini o’zi uchun or deb biladigan, o’z kuchi va akliga ishonib yashaydigan, ayni zamonda o’z shaxsiy manfaatlarini, Vatan manfaatlari bilan uygun xolda ko’radigan, iymonli-e’tiqodli komil insonlarni tarbiyalashdan iboratdir”, -degan fikrlaridan anglashiladiki, xozirgi Mustaqillik sharoitida xar bir kishini ma‘naviy va siyosiy jixatdan chiniktirish, uning xar tomonlama barkamol bo’lishiga erishish, ma‘naviyatli, madaniyatli qilish, mamlakatimizni ravnak toptirish, demokratiyani rivojlantirishning asosiy shartlaridan xisoblanadi. Buning uchun mexnat qilish faoliyatini rivojlantirish lozim bo’ladi. Insonning jismoniy va akliy mexnat jarayonidagi qobiliyati, iste‘dodi usib borishishiga erishish lozim bo’ladi.
“Vatan sajdagox kabi mukaddasdir” kitobida ham I. Karimov komil shaxs masalasidagi fikrini yanada kengaytirib, Sharq va islom falsafasidagi komil inson to’g’risidagi karashlarni kayd etadi: “Kadimgi ajdodlarimiz komil inson haqida butun bir axlokiy talablar majmuasini, zamonaviy tilda aytadigan bulsak, Sharqona axlok kodeksini ishlab chikkanlar. Kishi kalbida xaromdan xazar, nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon bo’lish kerak” degan fikrlarida haqikatdan ham, ulug mutafakkir bobolarimiz islom va tasavvuf ta‘limoti orkali insonning ma‘naviy komilligi odillik, okillik, poklik, fakirlik, sharm-xayo, farosatlilik, adolatlilik kabi axlokiy xususiyatlarni tarkib toptirish va tarbiyalashga intilganliklarini ko’zda tutadi. Jumladan, Forobiyning “Fozil shaxar odamlari karashlari”, Xusain Voiz Koshifiyning “Kim bilan dustlashish kerak”, Y. X. Xojibning “Kutadgu bilig”, A. Yassaviyning “Xikmatlar”, A. Avloniyning “Turkiy Guliston yoxud axlok” va xokazo yo’zlab asarlarida Sharqona komil inson fazilatlari va ta‘rif tavsifi yoritilgan.
I. Karimov o’zining xar tomonlama komil shaxsni tarbiyalash g’oyasini yanada rivojlantirib, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9-sessiyasidagi “O’zbekistonda demokratik o’zgarishlarni yanada chukurlashtirish va fukarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yunalishlari” mavzusidagi ma’ruzasida ham Mustaqillikni mustaxkamlash, mamlakatimizda jamiyatni demokratlashtirish hamda sifat jixatidan yangi boskichga kutarishda ma‘naviyat va ma‘rifat masalalarining aloxida o’rnini kursatib utdi.
“Barchamiz yaxshi bilamizki, fukarolik jamiyati asoslarini barpo etishning eng muhim tarkibiy kismi – deydi I. Karimov, -ma‘naviyat va ma‘rifat soxasida, shaxsni muntazam kamol toptirish borasida o’zluksiz ish olib borishdan iborat. Ma‘naviyat, axlok-odob, ma‘rifat kabi ulmas qadriyatlar turmogi kerak. Mana shu uch buyuk qadriyatni Xalqimiz asrlar davomida hamisha e‘zozlab kelgan” – deb uktiradi Prezident ma’ruzasida.
Shunday qilib, yurtboshimiz asarlaridagi jamiyat va millat ahamiyatiga molik bo’lgan ma‘naviy yetuk komil sog’lom shaxsni tarbiyalash haqidagi nazariy fikr-muloxazalar va xukmlar jamiyatimizning bu boradagi faoliyatida dolzarb ahamiyat kasb etadigan dasturi amal bulib kolaveradi



Download 53.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling