Ma‘naviy barkamollikning qirralari va asosiy mezonlari. Reja


Ma‘naviy barkamol inson tushunchasi va uning mohiyati, Sharqona ta‘rifi


Download 53.73 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi53.73 Kb.
#1537099
1   2   3   4
Bog'liq
1.Ma‘naviy barkamollikning qirralari va asosiy mezonlari.Komila

Ma‘naviy barkamol inson tushunchasi va uning mohiyati, Sharqona ta‘rifi.
Ma‘lumki, yurtboshimiz o’zining «O’zbekistonning syosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istikbolining asosiy tamoyillari» nomli asarida «Biz sog’lom avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishimiz kerak» sog’lom kishi deganda faqat jismoniy soglikni emas, balki Sharqona axlok-odob va umumbashariy goyalar ruxida kamol topgan insonni tushunamiz, deb kayd kiladi. Shu asosda Sharqona kamol topgan inson mohiyatini kurib chikamiz.
Xar bir tarixiy davrda ma‘anaviy barkamol insonni shakllantirish uchun jamiyat hayotini harakatga keltiruvchi, ijtimoiy taraqqiyotning mazmun va mohiyatini ifodalovchi turli xil goyalar, nazariyalar va karashlardan foydalanilgan. Agar Xalqimiz tarixi va utmishiga nazar tashlasak, bir tomondan xar bir davr uchun ibrat olsa arziydigan ideal inson (barkamol inson) timsoli ilgari surilganligini, ikkinchidan, xar bir davr uchun muhim ahamiyat kasb etgan ma‘naviy barkamol inson to’g’risida tushuncha va tasavvurlar, goyalar va nazariyalar ilgari surilganligini kuramiz. Tumaris, Shirok, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Maxmud Torobiy, Amir Temur, Nomoz, Dukchi eshon shuningdek, dostonlardagi Alp Rustam, Alpomish, Gurugli va boshkalar Xalqimiz tomonidan e‘zozlangan barkamol kaxramonlarning timsoli hisoblangan.
Komil inson tushunchasini birinchi marta Shayx Kabir nomi bilan mashhur bo’lgan Mux‘yiddin Ibnal Arabiy (1165-1240) muomalaga kiritgan. Uning fikricha, komil insonning yerdagi timsoli Muhammad Paygambardir. Ul zot vujudida akliy, ruxiy kamolot, dunyoviy va iloxiy ilmlar mujassam deb xisoblagan.
Albatta, komil inson tushunchasi Ibnal Arabiygacha ham aynan «Komil inson» deb atalgan bulmasa-da, mavjud bo’lgan. Masalan, Abu Nasr Forobiy o’zining «Akl ma‘nolari haqida», «Fozil shaxar kishilari», «Baxt-saodatga erishuv haqida» nomli asarlarida komillik to’g’risida fikr yuritgan. Masalan, u o’zining «Akl ma‘nolari haqida» risolasida, akli raso, akliy fazilatga burkangan insonni komil inson, deb ta‘riflaydi. «Aklli kishilar insoniy fazilatli, utkir muloxazali, foydali ishlarga berilgan, zarur narsalarni kashf va ixtiro etishga zur iste‘dodi bo’lgan, yomon ishlardan o’zini chetga olib yuradigan kishilardir», deb yozadi. Shuningdek, Forobiy fozil shaxar axolisi to’g’risida tuxtalganda shaxsning ma‘naviy kamolotini adolatli jamiyat kurishning asosiy sharti deb xisoblaydi.
Sharq mutafakkirlari komil inson to’g’risida fikr yuritar ekanlar, birinchi navbatda azaliy axlok normalariga, ikkinchidan esa, asosiy diniy e’tiqod – islomning axlokiy nazariyasiga suyanganlar.
Sharq mutafakkirlari aklli mavjudot hisoblangan insonning kilmishlari, xatti-harakatlari, o’zaro munosabatlarini taxlil kilar ekanlar, ezgulik va yovo’zlikning bir vujuddan qanday qilib joy olganligini, bir vujudning orzu-xavas va xasad bilan yugrilganligini aniqlashga, inson tanasi akl-zakovotga ega bula turib nima sababga kura xayvoniy xirsu-xavas domiga tushib kolishini aniqlashga intilganlar.
Inson xatti-harakatlarini taxlil qilishda islom dinining mu‘tabar manbasi Kur‘oni Karimda berilgan karashlarga suyanilgan. Natijada inson vujudining iloxiy – ruxiy va xayvoniy biologik nafs kuvvatlaridan tashkil topganligini xisobga olganlar. Kur‘oni Karimda kursatilganidek, insonning botiniy vujudi, ya‘ni tanasi bir-biriga zid bo’lgan suv va olov, tuprok va xavoning birikuvidan, ya‘ni loydan yaratilgan. Sungra unga iloxiy nur – ruxiy kuvvat, ya‘ni akl-idrok (ma‘naviylik) singdirilgan. Insonning botiniy jismida kuprok biologik kuvvatlar ustunlik kiladi. Bu kuvvat akl-farosat bilan, ya‘ni iloxiy rux bilan jilovlanadi. Inson o’zidagi iloxiy kuvvatni tarbiyalab, mukammallashtirib borishi zurur, degan xulosaga kelinadi. Chunki u akl-idrok egasi.
Islom olamining buyuk mutafakkiri, islom falsafiy tafakkuriga ulkan xissa kushgan ulug siymo Abu Hamid Gazzoliy o’zining «Kimyoi saodat» asarida: «Inson farishta va xayvon urtasidagi maxlukdir. Xayvon rivojlanmaydi, chunki uning kamolot kuvvati yo’q. Farishta ham rivojlanmaydi, chunki uning o’zi pok iloxiy nurdan iborat. Faqat insondagina rivojlanish, ruxiy kamolot xislati mavjud», - deb yozadi.
Inb Sino fikricha, inson tanasini tashkil etuvchi turt elementning ikkitasi – olov va xavo yengil bulsa, suv va tuprok ogir elementlardir. Shu bois ular urtasida kurash ketadi. Mana shu ziddiyat insondagi xayvoniylik xislatlarini junbushga keltiradi. Lekin xudo ato etgan iloxiy nur-akl va idrok uni sovutadi, jilovlaydi, deb xisoblaydi. Uningcha joxil odamlarda xayvoniy kuvvat – nafs ustunlik kiladi. Bu kuvvatni jilovlash uchun akl-idrokni faollashtirish, ya‘ni bilim kuvvatini ishga solish zarur. Sababi o’z nafsini jilovlash uchun inson turli bilimlardan xabardor bo’lishi, ya‘ni komillik pogonalaridan kutarilishi zarur. Bunga erishgan ma‘naviy barkamol insondagi rux go’zallashib, iloxiy ishk sari yakinlashaveradi.
Demak, Sharq mutafakkirlarining fikricha, insonni tarbiyalash, ya‘ni uning moddiy-xayvoniy nafs-xirslariga barham berish, iloxiy-raxmoniy sifatlarini takomillashtirish orkali insonni komillashtirish mumkin. Umuman, komil inson va uning insoniy fazilatlarini shakllantirish buyuk ajdodlarimiz dikkat markazida turgan. Ular kuprok insonning ruxiyatiga, akl-idrok orkali o’z-o’zini boshkarish imkoniyatlariga e‘tibor berganlar. Natijada rux va kalb sofligiga erishishning turli tuman yullari (tarikatlari) vujudga kelgan. Tasavvuf ta‘limoti ana shunday yullardan biri bo’lgan. Tassavufda komil insonni shakllantirish, uni insoniy fazilatlar bilan bezash va poklash markaziy urinni egallaydi. Tasavvufda kalb go’zalligi, akl-idrok tarbiyasi, ruxiy kamolotga erishish, shaytoniy kuvvat hisoblangan nafsni tiyish tajriba ilmi orkali amalga oshirilgan. Nafs – shayton yo’li, tubanlikka tortadigan kuch, u xirsu xavas darakchisi, ta‘magirlik, manmanlik, jaxolat, faxshni keltirib chikaradigan kuvvat. Shuning uchun insonning birinchi vazifasi o’z nafsini jilovlab olishdir, deb xisoblanadi.
Sharqda ilm olish, ma‘rifatga intilish ham ma‘naviy barkamollikka erishishning yullaridan biri sifatida kabul kilangan. Ilm olish, ma‘rifatli bo’lish orkali, inson o’zidagi xayvoniy kuvvat-nafs ta‘siri natijasida vujudga keluvchi joxillikning oldini oladi. Bilimsizlik nodonlikning asosiy belgisi xisoblanadi. Bilimsizlik jaxolatga olib boradi. Jaxli – jadallik insonni xarob kiluvchi kudratli kuchdir. Bilim esa jaxolatga qarshi eng kudratli kuroldir. Shu bois Sharqning buyuk allomalaridan biri – Tustariy: «Ma‘rafat jaxl-nodonlikka qarshi jangdir» deb bejiz ta‘kidlamagan edi.
Buyuk vatandoshimiz Shayx Aziziddin Nasafiy (XIII asrda yashagan) o’zining «Komil inson», «Zubdat ul-xakoyik» (Haqikatlar kaymogi) asarlarida komil insonni olami sagiyr (kichik olam), ya‘ni olami kabiyr (katta olam) ning (ruxiy va oddiy olam birlashib katta olamni tashkil etadi) aksi deb xisoblaydi. Demak, Nasafiy insondagi botiniy olam moddiy olamning aksi bulsa, zoxiriy (insondagi ruxiyat va akl-idrok) olamdagi iloxiy – ruxiy olam o’z aksini topadi, deb xisoblaydi. Aziziddin Nasafiy komil insonga ta‘rif berib: «Bilgilki, komil inson deb shariat va tarikat va haqikatda yetuk odamga aytadilar va agar bu iborani tushunmasang, boshka ibora bilan aytayin: bilgilki, komil inson shunday insondirki, unda kuyidagi turt narsa kamolotga yetgan bulsin: xayrli so’z, xayrli ish, xayrli xulk va ma‘rifat». Nasafiy ham Sharqning boshka buyuk allomalari singari komil insonning komilligi uning ilm-tajribaga egaligidir, deb xisoblaydi: «Xar bir kishining makomi uning ilmi va amaliga munosibdir. Insonning vazifasi – o’zluksiz ma‘rifatga intilish va ruxini nur bilan tuldirish va ilm topib, musaffolik sari intilishdir…. Ammo qobiliyati bula turib, o’zini takvo va jixod riyozatiga solmagan va ma‘rifat nuriga erishmagan, ilmu-safo topmagan rux do’zaxdadir» deb ta‘kidlaydi.
Umuman olganda, Sharq allomalarining aksariyat kismi o’z davri manfaatlari va talablaridan kelib chikkan xolda komil insonga ta‘rif berishga, uning sifatlarini sanab utishga harakat kilganlar. Buyuk daxo Alisher Navoiy ham o’zigacha yashagan ulug allomalar singari komil inson masalasini talkin etish, uning sifatlarini hamma asarlarida kursatib berishga intiladi. O’zining kuplab dostonlarida komillkni kishilarga, el-ulusga, Xalqka kilinadigan yaxshilikda, insoniylik, saxiylik va adolatparvarlik, mexnatsevarlik va yaratuvchilikda deb xisoblaydi.
Agar XIX asrning oxiri va XX asrning dastlabki un yilliklarida faoliyat kursatgan mu‘tabar siymolar, ya‘ni jadidchilik harakati namoyondalari faoliyatiga nazar tashlasak, ular ham millatni ma‘rifatli qilishga, ma‘rifat tarkatish orkali insonning o’zligini anglatishga, milliy ong va milliy tafakko’rni shakllantirishga intilganliklarini kuramiz. Ular ma‘rifat tarkatish orkali o’zbek Xalqining siyosiy, falsafiy, badiiy va ilmiy tafakkurini rivojlantirsh orkali Xalqni Mustaqillik kurashiga otlantirishni maqsad qilib kuyadilar. Demak, Sharq mutafakkirlarining aksariyat kupchiligi insonning ma‘naviy komillikka erishishning, nodonlikka va joholatdan kutulishining birdan bir yo’li sifatida ma‘rifatga aloxida e‘tibor berib, nafsini jilovlashga undaydilar. Odillik, okillik, poklik, fakirlik, sharm-xayo, adolat kabi insoniy xislatlarni rivojlantirish lozim, deb xisoblashadilar.
Xulosa qilib aytganda istiqlol va jamiyat hayotning barcha soxalarini isloh qilish ma‘naviy barkamol insonni shakllantirish muammosini xal qilish bilan bog’liqdir. Chunki Prezidentimiz ta‘kidlaginlaridek «Taraqqiyot takdirini ma‘naviy jixatdan yetuk odamlar xal kiladi».


Xulosa.
Xulosa qilib, I.Karimov asarlaridagi nazariy koida va fikr muloxazalarga suyanib hamda Sharq falsafiy, axlokiy, islom diniy- ma‘naviy qadriyatlaridan kelib chikib, komil insoning asosiy kirralari insonparvarlik, vatanparvarlik, mexnatsevar, bilimdon, zukko, kamtarlik, aklu- donolik, tadbirkor, xalol va tugrilik, adolatlilik, katta va kichiklarga xurmat, ota-onani e‘zozlash, bokimandalikdan xoli milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uygunlashtirish, milliy gururli va iftixorli bo’lish, ibo- xayoli, or- nomusli bo’lish, Mustaqillik tafakkuriga ega, ya‘ni Mustaqil davlatimiz va o’zbek Xalqiga sadokatli bo’lish, vijdon erkinligiga xurmat bilan karash, iymon-e’tiqodli bo’lish, jismonan sog’lom, ruhan pok xususiyatlarga ega bo’lish kabilardan iborat ekan.



Download 53.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling