Taqdimotlarni yaratish texnologiyalari. Power Point dasturi


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
Sana11.10.2020
Hajmi1.15 Mb.
#133394
Bog'liq
power point


Taqdimotlarni yaratish texnologiyalari.  

Power Point dasturi 

Reja: 

1. Taqdimot haqida tushuncha 

2. MS Power Point dasturi 

3. MS Power Point dasturida taqdimotlar yaratish  

Kundalik hayotimizda biz ko’pchilik hodisalar bilan tanishamiz va bular 

inson ongida turlicha aks etishi bilan farqlanadi. Butun borliq atrofimizni 

o’rab  turgan  olamning  ongimizdagi  aksi  bu  axborot  sanaladi.  Inson 

hamisha ko’rganlarini eslab qolishga va yoddan chiqarmaslikka harakat 

qiladi.  Buning  uchun  esa  turli  xil  yo’llarni  o’ylab  topdi  va  rivojlantirdi. 

Hozirgi elektron hisoblash texnikalari rivojlangan davrda buning yo’li juda 

osonlashib  qolgan.  Elektron  qurilmalar  va  shu  maqsadga  yo’naltirilgan 

vositalar bunda katta yordam beradi. Aynan shunday maqsaddagi ishlar 

uchun  ham  Microsoft  Office  kompaniyasi  Power  Point  dasturini  ishlab 

chiqargan.  

 

 



Prezentatsiya - bu slaydlar va maxsus effektlar to’plami bo’lib, ularni 

ekranda  ko’rsatish,  tarqatiladigan  material,  ma’ruza  rejasi  va  konspekt 

shaklida bitta faylda saqlanadi, Prezentatsiya (taqdimot) - yaratilayotgan 

slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun beriladigan fayl nomi. Slayd 

- bu prezentatsiyani alohida kadri bo’lib, matnni, sarlavhalarini grafik va 

diagrammalarni o’z ichiga oladi. Slayd - ma`lum bir o’lchamga ega bo`lgan 

muloqot varaqlari hisoblanadi. Unda biror maqsad bilan yaratilayotgan 

namoyish  elеmеntlari  joylanadi.  Ma’ruza  konspekti  -  Power  Pointda 

prezentatsiya  ustida  ishlash  jarayonida  yaratilgan  ma’ruza  konspekti. 

Chop  etish  vaqtida  ma’ruza  konspektining  har  bir  betida  slayd  va 



tekstning  mazmunini  tushuntiruvchi  kichiklashtirilgan  tasvir  chiqarilgan 

bo’ladi. Prezentatsiya strukturasi (tuzilishi) - faqatgina slayd sarlavhasini, 

shuningdek,  grafik  tasvirsiz  asosiy  matnni  va  maxsus  shakllantirishni 

ichiga olgan hujjat. 

Microsoft  Power  Point (to'liq  nomi  — Microsoft  Office  Power 

Point, inglizcha: power  pointpower  point —  ishonarli  hisobot)  — 

taqdimotlar  yaratish  va  ularni  tomosha  qilishga  mo'ljallangan  dastur 

bo'lib, Microsoft  Officening  bir  qismi  hisoblanadi  va Microsoft 

Windows, macOS tizimlarida ishlash imkoniyatiga ega. Bu dastur 1987 – 

yilda  yaratilgan  bo’lsa  ham,  shu  kungacha  hech  qanday  ahamiyatini 

yoqotmagan  va  hali  hamon  yetakchi  o’rinlarni  egallab  kelmoqda. 

PowerPointda 

yaratilgan 

taqdimotlar proyektor yordamida 

katta 

ekranlarda  yoki  katta  o'lchamli  televizion  ekranlarda  ko'rishga 



mo'ljallangan. 

Microsoft  Power  Point  —  univеrsal,  imkoniyatlari  kеng  bo`lgan, 

ko`rgazmali  grafika  amaliy  dasturlari  sirasiga  kiradi  va  matn,  rasm, 

chizma, grafiklar, animasiya effеktlari, ovoz, vidеorolik va boshqalardan 

tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini bеradi. 

MICROSOFT POWER POINT dan foydalanayotgan har bir foydalanuvchi 

yoki u yangi ish boshlovchi bo’lsa, yoki tajribali bo’lishidan qat`iy nazar, 

ushbu  dasturga  kiritilgan  yangi  usullarni  yuqori  darajada  baholaydi. 

Kompyuter  texnologiyasining rivojlanib borishi  taqdimot masalasini  hal 

etish  ham  oson,  ham  tez  va  asosiysi,  sarf-harajatni  juda  ham  kam 

bo’lishini  ta'minlaydi.  Shunday  dasturlar  yaratildiki,  saydlar  tayyorlash 

uchun matn, grafik muharrirlari, elektron jadval, multimedia dasturlari va 

Internet xususiyatlarini bog’lagan holda, quyidagi imkoniyatlarni beradi: 

1) matn, rasm chizma va jadvallarni slayd sahifasida belgilangan tartibda 

joylashtirish; 2) matn, rasm chizma va jadvallarni slayd sahifasida ixtiyoriy 

tartibda joylashtirish; 3) taqdimotdagi bir slayd bezagini qolgan barcha 

slaydlarga  avtomatik  o’tkazish;  4)  taqdimotdagi  har  bir  slaydni  alohida 

ko’rinishda bezash; 5) taqdimotda multimediali slaydlar yaratish. Dastur 

tomonidan matn, rasm, grafik va jadvallarni slayd sahifasida belgilangan 

tartibda joylashtirish. 



Taqdimot qilish tеxnologiyasining samaradorligi ko`p jihatdan taqdim 

etuvchi shaxsga, uning umumiy madaniyati, nutq madaniyati va h.k.larga 

bog`liq ekanligini ham unutmaslik lozim. 

Tarixi 

Power Point yaratish fikri Berkli oliygohi talabasi Bob Gaskinsda paydo 

bo'ladi. 1984-yil Gaskins Forethought firmasiga qo'shildi va Dennis Ostin 

ismli  dasturchini  ishga  yollaydi.  Bob  va  Dennis  harakatlarini 

birlashtirishadi   va  Presenter  dasturini  yaratishadi.  Dennis  dasturning 

original  versiyasini   Tom  Rudkin  bilan  yaratadi.  Keyinchalik  Bob  dastur 

nomini Power Point deb o'zgartirishga qaror qiladi. 

 

1987-yil   Power  Point  1.0   Apple  Macintosh tizimi  uchun  namoyish 



etiladi.  U  oq-qora  formatda  ishlagan.  Keyinchalik  Macintoshning  rangli 

ko'rinishlari paydo bo'lgan va dasturning ham rangli versiyasi yaratilgan. 

PowerPointning  ilk  versiyalarida  dastur  tarkibiga  ko'k  jildli  kitob 

shaklidagi  yo'riqnoma  kiritilgan,  ammo  bu  biroz  qimmatga  tushishi 

munosabati  bilan  Forethought  elektron  yo'riqnomaga  o'tishga  qaror 

qiladi. 


1987-yil Forethought va Power Point Microsoft tomonidan $ 14 mln.ga 

sotib  olinadi.  1990-yil Microsoft  Office paketi  to'plamidagi  Windows 

uchun versiyasi  namoyish qilindi.  2002-yildan boshlab Office  XP Power 

Pointning paydo bo'lishi bilan u Office paketidan alohida ham tarqatilishi 

mumkin edi. 

 

 


Versiyalari 

Yil 

Versiya 

Nom 

Izoh 

1990 

2.0 


PowerPoint 2.0 

Windows 3.0 uchun 

MS Office 1.x 

tarkibida 



1992 

3.0 


PowerPoint 3.0 

Windows 3.1 uchun 

MS Office 3.0 

tarkibida 



1993 

4.0 


PowerPoint 4.0 

MS Office 4.x 

tarkibida 

1995 

7.0 


PowerPoint Windows 

95 uchun 

Office 95 tarkibida 

1997 

8.0 


PowerPoint 97 

Office 97 tarkibida 



1999 

9.0 


PowerPoint 2000 

Office 2000 tarkibida 



2001 

10 


PowerPoint 2002 

Office XP tarkibida 



2003 

11 


PowerPoint 2003 

Office 2003 tarkibida 



2007 

12 


PowerPoint 2007 

Office 2007 tarkibida 



2010 

14 


PowerPoint 2010 

Office 2010 tarkibida 



2013 

15 


PowerPoint 2013 

Office 2013 tarkibida 



2016 

16 


PowerPoint 2016 

Office 2016 tarkibida 



2018 

17 


PowerPoint 2019 

Office 2019 tarkibida 

Taqdimotlar quyidagi (prefiks yordamida) ko'rinishlarda saqlanishi 

mumkin: 


➢  .ppt(pptx) — PowerPoint taqdimoti 

➢  .pps — faqatgina PowerPoint taqdimoti 

➢  .pot — PowerPoint modeli 

PowerPoint 2007 o'zining macOS uchun ishlangan versiyasida (2008) 

Office Open XML formatini taqdim etdi. Shundan so'ng taqdimotlar 

.pptx, .ppsx, .potx ko'rinishiga ega bo'ldi. Taqdimotga audio fayl qo'shish 

uchun MPEG LAYER 3 18HB 11025 Hz stereo formatini ishlatish zarur. 

 

 



MS Power Point dasturida taqdimotlar yaratish 

Power Point dasturiga kirish:  

 

 

 



 

Dastur ishga tushirilgach, eskiz va shablonlardan iborat bo’lgan oyna 

hosil bo’ladi: 

 

 



 

Hosil bo’lgan oynaning pastki qismida foydalanuvchi shu kungacha 

foydalangan hujjatlar to’plami aks etadi. Oynaning tepa qismida esa 

Power  Point  dasturining   foydalanuvchiga  takil  etayotgan  hujjat   yara

tiladigan  dizaynlar  eskizlari  namoyon  bo’lgan.  Bulardan  foydalanuvchi  

o’ziga  maqul  bo’lgan  dizaynni  tanlaydi  va    natijada  Power  Point  dast

urining     quydagi   ishchi  sohasi  namoyon  bo’ladi. 

 

 



Oynaning eng yuqori qismida dasturning nomi, joriy oyna raqami va 

oynani tartibga solib turish elementlari joylashadi 



 

Power Point taqdimotlar muxarririning menyusi oynani yuqori qismida 

joylashgan bo’lib u 10 bo’limdan iborat: Fayl, Pravka, Vid, Vstavka, 

Format, Servis, Tablitsa va Okno. Bu bo’limlar yordamida biz taqdimot, 

slayd va ularda joylashgan xar xil matn, rasm hamda boshqa istalgan 

obyektlar ustidan har xil amallarni bajarishimiz mumkin. Endi bu 

bo’limlar bilan yaqinroq tanishaylik: 

 

 



 

Asosiy menyu (Главная) yordamida foydalanuvchilar slayd qo’shishlari, 

yozuvlarga ishlov berishlari, abzats va matn ko’rinishlari bilan ishlashlari 

mumkin: 


  

 

Prezentatsiya avvalo, sarlavhali slayddan boshlanadi. Bunda taqdimot 



yaratuvchining ism-sharifi, tanlagan mavzusi va shu kabilar yoziladi. 

Masalan: 

 


 

Asosiy menyudagi uskunalarning har biri bilan tanishib chiqamiz: 

 

 

Qo’shish (Вставка) menyusidan prezentatsiyamiz uchun kerakli bo’lgan 



jadval, rasm, turli xil shakllar, formula, diagramma, ssilkalar va 

multimediyalar joylashtirish imkoniyatiga egamiz: 

 

 

Masalan:



 

Jadval yaratish  

1. Uskunalar panelidan Dobavit tablisu (Jadval kiritish) tugmasini 

bosamiz.  



2. Qatorlar va ustunlar sonini kiritamiz.  

Murakkab jadvallarni yaratish: 

 1. Uskunalar panelidan Tablisi i granisi (Jadvallar va chegaralar) 

tugmasini bosamiz.  

2. So'ngra Narisovat tablisu (Jadval chizish) tugmasi bosiladi.  

3. Sichqonning ko'rsatkichi qalam shakliga o’tadi:  

4. Jadval chizish uchun sichqonning chap tugmasini bosgan holda 

qalamni istalgan tomonga harakatlantiriladi. Shu yo'l bilan har xil turdagi 

jadvallarni chizish mumkin.  

5. Jadvalning ortiqcha joylarini o'chirish uchun Lastik (o’chirg’ich) dan 

foydalanamiz. 

 

 



 

Konstruktor rejimida esa slaydlarning dizayniga e’tibor qaratamiz: 

 

Kompyuter internetga bog’langan bo’lsa, dizaynlardan foydalanish 



imkoniyati kengayadi: 

 

 

Переходы bo’limidan har bir slayd uchun animatsiyalar tanlashimiz va 



ularning boshlanish va tugash vaqtlarini sozlashimiz mumkin: 

 

 



Bu funksiyadan foydalanish taqdimotimizni qiziqarliroq bo’lishiga xizmat 

qiladi. Hozirgi kunda bu o’tishlarning turlari ko’payib bormoqda 

 

 


Animatsiya menyusida slaydga joylashtirilgan ma’lumotlarga: jadval, 

rasm, shakllar, formula, diagramma va matnlarga animatsiyalar 

tanlashimiz mumkin. Namoyish vaqtida prezentatsiyaga bo’lgan diqqatni 

saqlab qolish uchun har bir obyektga har xil animatsiyalarni tanlashimiz 

maqsadga muvofiq hisoblanadi. 

 

Animatsiyalar 3 xil bo’ladi: 



1. Kirish (obyektning kirib keladi) 

2. Belgilash (slayd davomida e’tiborni o’ziga tortadi) 

3. Chiqish (obyekt chiqib ketadi) 

 

Slayddagi obyektlarning ketma-ketligini tartiblash uchun «Область 



анимации» parametri tanlanadi va oynaning o’ng tarafida quyidagi 

maydon hosil bo’ladi 

 

 


«Слайд-шоу» - prezentatsiyamizni tekshirish va qanday namoyish 

bo’lishini ko’rishda yordam beradi. Bu jarayonda biz ishimizning natijasini 

ko’ra olamiz. Bu menyu quyidagi funksiyalarni o’z ichiga oladi: 

 

 



Bu qatorda taqdimotni video tarzida yozib olish, onlayn translyatsiya 

qilish imkoniyatlari ham mavjud. 

Taqdimot yaratib bo’lingach uni saqlab qo’yish maqsadga muvoviq 

bo’lib, bu jarayon menyular qatoridagi «Файл» bo’limidan amalga 

oshiriladi. Bu bo’lim tanlangach boshqa oyna hosil bo’ladi. Bu yerdan 

«Сохранить» tugmasi bosiladi va quyidagi oyna hosil bo’ladi: 

 

Bu oynaning o’ng tarafidan prezentatsiyani joylashtirish kerak bo’lgan 



papka tanlanadi va taqdimot uchun nom tanlanadi: 

 

So’ngra «Сохранить» tugmasi bosiladi va taqdimot tanlangan papkaga 

saqlanadi. 

 

Power Point ekranining pastki chap burchagida ish rejimi va uning 



turlarini boshqaruvchi tugmachalar (piktogrammalar) guruhi joylashgan. 

Power Point dasturidagi bu tugmalarning vazifalari quyidagicha: 

 

Tugmacha 



Rejim 

Vazifasi 

 

 

Slaydlar 



Bu rejim tanlanganda ekranda faqat 

bitta slayd tasvirlanadi. Slaydlar rejimi 

har bir slaydni ketma ketlik bilan 

jihozlab, unga kerakli matnlarni 

kiritishda juda qulay 

 

 



 

 

Slaydlarni saralash 



Slaydlarni saralash rejimida hamma 

slaydlar ekranda kichiklashtirilgan 

holatda ko’rinadi. Bu rejim 

slaydlarning o’rnini almashtirish 

uslubini o’rnatishda va namoyish 

vaqtini belgilashda qo’llaniladi. 

Bundan tashqari bu rejimda 

slaydlarning o’rnini almashtirish va 

slaydlarni kerakli joyga ko’chirish 

imkoniyati mavjud. 

 

O’qish 


Varaq belgilari rejimi ma’ruza uchun 

kerak bo’lgan belgilarni tayyorlashda 



va ko’rib chiqishda qo’llaniladi. 23 

Ko’rgazma yaratilayotganda har bir 

varaqani boshqariluvchi matnlar bilan 

to’ldirish mumkin. 

 

Namoyish 



Namoyish etish rejimi ko’rgazmaning 

oxirgi ko’rinishini qurish uchun 

mo’ljallangan. Bu rejimda slaydlar 

ekranga ketma ket chiqariladi. 

Namoyish etish tartibi ko’zlanayotgan 

maqsadga qarab o’rnatiladi. Yuqorida 

qayd etilganlarning barchasi 

namoyishdan avval tayyorlab 

qo’yiladi. 

 

Power Pointga mansub yordamchi tugmalar: 



- taqdimotga yangi bo’sh slayd qo’shish (

) Ushbu tugma 

tanlangandan keyin ekranda oyna orqali yangi slayd turini tanlashni bizga 

taklif etadi;  

- taqdimot slaydlarini shakllantirishda Power Point ning tashqi ko’rinishini 

(rangli jihozlanishini) o’zgartirish yordamchisini (

) ishga tushirish;  

- taqdimotni struktura rejimida ko’rsatganda slaydlar sarlavhalari va 

barcha asosiy matnlarni ko’rsatish yoki ko’rsatmasligini ta’minlaydi;  

- taqdimotni struktura rejimida ko’rsatganda slaydlar sarlavhalari va 

barcha matnlarning jihozlanishini (tashqi ko’rinishini) ko’rsatish yoki 

ko’rsatmasligini ta’minlaydi;  

- tanlangan matn obyektning harflarini soyali (s tenyu) tashqi ko’rinishiga 

o’tkazish;  

- tanlangan matn obyektning harflarini bir qadamga kattalashtirish; - 

tanlangan matn obyektning harflarini bir qadamga kamaytirish;  

- slayd obyektlarining paydo bo’lishini aniqlaydigan animatsiya 

effektlarini sozlash muloqot oynasini ekranga chiqarish;  

- slayd obyektlarining ung tomondan kattalashib, avtomobil ovozi bilan 

paydo bo’lishi animatsiya effekti;  



- slayd obyektlarining chap tomondan kattalashib, hushtak ovozi bilan 

paydo bo’lishi animatsiya effekti;  

- slayd obyektlarining o’rtadan kattalashib fotokamera ovozi bilan paydo 

bo’lishi animatsiya effekti;  

- slayd obyektlarining o’rtadan, yorug’lantirib paydo bo’lishi animatsiya 

effekti;  

- slayd obyektlarining o’ng burchakdan harfma harf paydo bo’lishi 

animatsiya effekti;  

- slayd obyektlarining harfma harf, yozuv mashinasi ovozi bilan paydo 

bo’lishi animatsiya effekti; 

 - slayd obyektlarining o’ng tomondan qarama qarshi paydo bo’lishi 

animatsiya effekti;   

- slayd obyektlarining yuqoridan so’zma so’z paydo bo’lishi animatsiya 

effekti. 

Prеzеntatsiyalarni turli ko’rinishlarda namoyish etish mumkin. Bu 

ko’rinishlar mеnyuning «Вид» qismidan tanlanadi.  

• «Слайды» – Prеzеntatsiyani slaydlar ko’rinishida ko’rsatish;  

• «Структура» – bu band tanlanganda prеzеntatsiya nеchta slayddan 

iborat bo’lsa ular ro’yxati nomlari va ularga tavsiflari bilan ko’rinadi;  

• «Сортировщик слайдов» - bu band tanlanganda esa prеzеntatsiya 

nеchta slayddan iborat bo’lsa, ularning hammasi kichik ko’rinishda 

tartiblanib, nomеrlab joylashtiriladi. Bu ko’rinish slaydlar joylarini 

almashtirish, ularni joylashtirishda qulay;  

• «Страницы заметок» - bu band tanlanganda prеzеntatsiyaning bir 

slaydi ekranning yarmiga va shu slayd uchun ma’lumot kiritish uchun joy 

bеriladi. Prеzеntatsiya haqidagi ma’lumotlarni eslash uchun qulay 

ko’rinish;  

• «Показ слайдов» – Slaydlarni birin kеtin, animatsiyalari bilan 

ko’rsatilish tartiblarini inobatga olib to’liq ekranda namoyish etadi. 

Prеzеntatsiya tayyor bo’lganda uni namoyish qilish uchun qo’llaniladi. 



Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling