Ma´naviy hayotdagi o´zgarishlar,madaniy taraqqiyot muammolari
Download 215.89 Kb.
|
2- TOPSHIRIQ
MAVZU: Ma´naviy hayotdagi o´zgarishlar,madaniy taraqqiyot muammolari Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ma`naviy – ilmiy hayotida, afkori ilm maydonida muhum voqealar ro`y berdi. O`tgan yillar mobaynida Yurtboshimiz bir guruh yetakchi tarixchilar va ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan uchrashdilar. Bu uchrashuvda Yurtboshimiz Sh. Mirziyoyev tarix fannning muammolari haqida mutaxassislar bilan fikr almashdilar, kuuynib gapirdilar. Mustaqil O`zbekiston tarixchi olimlar oldida turgan va tezda hal qilinishi kerak bo`lgan qator masalalarni ochiq – oydin ko`rsatdilar. Prezidentimiz ushbu masala bilan bog`liq bo`lgan aniq vazifalar haqida so`z uyritib, shunday deydilar: “Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham u qudratlidir.Tarixiy merosni asrab-avaylash, o’rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish vatanimiz siyosatining eng muhim ustivor yo’nalishlaridan biridir”. Davlat mustaqilligini qo`lga kiritgan O`zbekiston Respublikasi milliy davlatchiligini barpo qilish bilan bir qatorda xalqaro maydonda ham o`zining barqaror tashqi va ichki siyosati, buyuk va qadimiy tarixi, takrorlanmas ma`naviy merosi va milliy qadriyatlari bilan dovrug` tarata boshladi. Garchi mustabid Sho`rolar hukmronligi davrida O`zbekiston tarixi fani to`laqonli tadqiqotinini amalga oshirish imkoniyatlari cheklangan bo`lsada, o`zbek xalqi o`zining boy tarixiy merosini ko`z qorachig`idek asrab keldi. Bu haqda so`z yuritar ekan, O`zbekiston Respublikasi Prezdenti Shavkat Mirziyoyev o’zlarining 2018 yil 28 dekabrda, 2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalari toʻgʻrisidagi Parlamentga qilgan Murojaatnomasida quyidagi so`zlarni alohida takidlagan edi: « Oldimizga qoʻygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai boʻladigan milliy gʻoyani rivojlantirishimiz zarur. Xususan, milliy oʻzligimizni anglash, Vatanimizning qadimiy va boy tarixini oʻrganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlari faoliyatini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashimiz lozim. Oʻtmishga berilgan baho albatta xolisona, eng muhimi, turli mafkuraviy qarashlardan xoli boʻlishi zarur. Afsuski, yurtimiz tarixini oʻrganishda oʻtgan davrda arxeologik tadqiqotlar yetarli darajada olib borilmadi. Shuning uchun Fanlar akademiyasining Arxeologiya va Sanʼatshunoslik institutlari faoliyatini, oliy oʻquv yurtlari va muzeylardagi arxeologik izlanishlarni chet ellik hamkorlar bilan birga tashkil etish zarur. Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz-avliyolarimizning bebaho merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy gʻurur va iftixor tuygʻularini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratishimiz kerak. Shu maqsadda, Oʻzbekiston Milliy teleradio kompaniyasi tarkibida “Oʻzbekiston tarixi” kanalini tashkil etib, ilmiy jamoatchilik, ijodkor ziyolilarimiz bilan birgalikda uning dasturlarini puxta shakllantirish kerak. Mamlakatimiz muzeylarida saqlanayotgan tarixiy eksponatlarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish, har bir muzeyning katalogini yaratish lozim» E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT Download 215.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling