Ma'naviy tahdidlar va unga qarshi kurash yo'llari
Download 0.97 Mb.
|
1487252250 65600
Bugun yadro quroli ishlab chiqarish bo‘yicha 20ga yaqin davlatda harakatlar bo‘lapti. 120ga yaqin davlat esa axborot xurujlarini uyushtirish ustida ish olib bormoqda. Buning uchun hatto millionlab dollar mablag‘ sarflashdan ham tap tortishmayapti. Eng yomoni, yoshlarning 90 foizi asosiy axborot manbai sifatida internetga murojaat qilishadi. Ayni paytda tizimda o‘z joniga qasd qilishning oson yo‘llarini targ‘ib qiluvchi 9 mingdan ziyod saytlar mavjud. 49 foiz komputer o‘yinlari zo‘ravonlik va yovuzlikni targ‘ib qilayotir. 42 foiz bolalar va o‘smirlar onlayn orqali tarqatiladigan pornografiya ta'siriga butunlay qaram bo‘lib qolgan. Xalqaro ekspertlar dunyo miqyosida 38 foiz bola zo‘ravonlik ruhidagi saytlarni, 26 foiz bola millatchilik xarakteridagi veb-sahifalarni muntazam kuzatib borishini aniqlashgan.
Xo‘sh, bu kabi ijtimoiy xavfi yuqori bo‘lgan global muammolarga qarshi kurashish uchun nima qilish darkor? Milliy qonunchiligimizda yoshlarni nosog‘lom axborotlardan himoyalash mexanizmlari mavjud. Misol uchun, "Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida"gi qonunda yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan, zo‘ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni targ‘ib qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlar, "Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida"gi qonunda esa behayolik, shafqatsizlik va zo‘ravonlik haqida hikoya qiluvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli ta'sir ko‘rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etishlariga sabab bo‘luvchi adabiyotlarni tarqatish, filmlarni namoyish etishning taqiqlanishi belgilab qo‘yilgan.
Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling