Ma'naviy tahdidlar va unga qarshi kurash yo'llari
Download 0.97 Mb.
|
1487252250 65600
Yurtimizda internetdan foydalanuvchilar sonining 8 milliondan oshganini hisobga olsak, mazkur xalqaro axborot tarmog‘ini milliy ma'lumotlar bilan to‘ldirish ham eng dolzarb zaruriyatdir. Ta'kidlash joizki, bu borada bir qator yutuqlarga erishilmoqda. Jumladan, 2002 yilda "Uz" domenida atigi 587ta sayt faoliyat yuritgan bo‘lsa, endi ularning soni 14 mingdan oshib ketdi. Shundan 160dan ortig‘i OAV sifatida ro‘yxatga olingan. Axborot-kutubxona markazlarining fondi ham 21401 nusxadagi adabiyotga ko‘payib, 4 million 952 ming 132 nusxani tashkil etmoqda.
Bugun yurtdoshlarimiz ongiga, bir qarashda arzimas bo‘lib tuyuladigan kichkina xabar ham globallashuv shiddatidan kuch olib, ko‘zga ko‘rinmaydigan, lekin zararini hech narsa bilan qoplab bo‘lmaydigan darajada ulkan ziyon yetkazishi mumkin. Bunday tahdidlarga qarshi har tomonlama chuqur o‘ylangan, ilmiy asosda puxta tashkil etilgan, uzluksiz olib boriladigan ma'naviy tarbiya bilan javob berish lozim. Toki yoshlarimiz milliyligini saqlab qolgan holda, dunyoni chuqur anglaydigan, davr shiddati bilan baqamti qadam tashlaydigan insonlar bo‘lib yetishsin. Ana shunda axloq-odob tushunchalarini rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g‘oyalar yurtdoshlarimizga o‘z ta'sirini o‘tkaza olmaydi.
Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling