Ma’naviy tarbiyaning tarixiy nazariy asoslari fanining predmeti, maqsadi va vazifalari Jobasi


Ma’naviy tarbiyaning tarixiy nazariy asoslarifanining ahamiyati va vazifalari


Download 29.8 Kb.
bet3/3
Sana31.01.2024
Hajmi29.8 Kb.
#1818602
1   2   3
Bog'liq
1-lek

Ma’naviy tarbiyaning tarixiy nazariy asoslarifanining ahamiyati va vazifalari


Jamiyatimizdagi hozirgi yangilanish jarayonida Ma’naviy tarbiyaning o‘z o‘rni bor. Uning oldida yangi demokratik va huquqiy davlat barpo etishga kirishgan mamlakatimiz fuqarolarining, ayniqsa, yoshlarning axloqiy darajasiga mas’ullik va har tomonlama kamol topgan zamon kishisi tarbiyasini nazariy asoslashdek ulkan vazifalar turibdi. Ularni faqat qadimiy va har doim zamonaviy bo‘lib kelgan Ma’naviy tarbiyaga yangicha yondashuvlar asosidagina amalga oshirsa bo‘ladi.
YAngicha yondashuvlardan biri- Ma’naviy tarbiyaga milliy g‘oya va mustaqillik mafkurasiga e’tiborni kuchaytirish bilan bog‘liq. CHunki zamonaviy komil inson an’anaviy axloqiy qadriyatlar bilan yo‘g‘rilgan yangicha mafkuramizni o‘zida mujassam etgan, milliy g‘oyani o‘z ruhiy olamiga singdirgan etuk shaxs bo‘lmog‘i lozim. Uning qalbida axloq mafkuraviylikni va mafkura axloqiylikni uyg‘unlashtirgan ma’naviy hodisalarga aylanmog‘i kerak. CHunki mafkura bir yoqlama, mahdud, o‘ta siyosiylashtirilgan g‘oyalar tizimi emas, u ham xuddi Ma’naviy tarbiya kabi, Ma’naviy tarbiya bilan yonma-yon turib, insonni yuksak ma’naviy parvozlarga da’vat etuvchi botiniy kuchdir. Birinchi Prezident Islom Karimov buni teran mantiqiylik bilan shunday ifodalaydi: «U (milliy mafkura-A.SH.) insonga faqat moddiy boyliklar va moddiy ne’matlar uchun emas, avvalo, Alloh taolo ato etgan aql-zakovat, iymon-e’tiqod tufayli yuksak ma’naviyatga erishish uchun intilib yashash lozimligini anglatadigan, bu murakkab va tahlikali dunyoda uning taraqqiyot yo‘lini yoritadigan mayoqdir»2.
Zero, milliy g‘oya bilan umumbashariy qadriyatlar muvozanatini barqaror saqlashni yashash sharti deb bilgan mustaqillik mafkurasi Ma’naviy tarbiyani to‘ldiruvchi va boyituvchi hodisa sifatida o‘zining bosh maqsadini axloqiy vazifalarga hamohang tarzda amalga oshiradi. SHu bois Birinchi Prezident Islom Karimov: «Xalqni buyuk kelajak va ulug‘vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qat’i nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun doimo mas’uliyat sezib yashashiga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analarimizga munosib bo‘lishiga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da’vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoyilikni hayot mezoniga aylantirish - milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir», - deganida mutlaqo haqdir.3
Ma’lumki, mamlakatimiz mustaqillikka erishgani tufayli xalqimiz faqat yangi mustamlakachilik zanjiridangina ozod bo‘lib qolmadi, balki ijtimoiy tuzum o‘zgarishini boshdan kechirdi va kechirimoqda. Salkam bir asrlik totalitar tuzum xalqni «temir qo‘lqoplar» yordamida ushlab turdi: «yuqori»ning gapi-gap, shaxsning fikri mutlaqo inobatga olinmasdi, erkinlikning har qanday ko‘rinishi davlatga qarshi jinoyat sifatida baholanar, chizib qo‘yilgan chiziqdan chiqish mumkin emas edi. Jamiyat siniflarga bo‘lib tashlanib, uning a’zolari yagona kommunistik mafkura asosida tarbiyalanardi. Nimani gapirish yoki gapirmaslik, nimani o‘qish yoki o‘qimaslik nimani yozish yoki yozmaslik v.h. siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy-ma’naviy xatti-harakatlarning hammasi avvaldan belgilab qo‘yilar, fuqarolardan jonli robtlar tarzida yashash talab qilinar, aks holda har qanday shaxs qamoqqa yoki ruhiy kasalxonaga tashlanar yoki fuqarolikdan mahrum qilinib, bir umr muhojirlikka, hatto o‘limga mahrum etilar edi. Ana shunday «temir» siquv va qo‘rquv ostida yashagan xalqning birdan ozodlikka chiqishi, daf’atan hamma o‘zini erkin his qilishi silliq kechishi mumkin emasligi, hattoki ma’lum darajada xavfli ekani tabiiy. Endi o‘tish davrining jamiyat uchun eng xatarli davri boshlanadi: o‘nlab turli-tuman harakatlar, oqimlar, partiyalar vujudga keladi, ularning aksariyati berilgan erikinlikdan siyosiy firibgarliklar vositasida hokimiyatni qo‘lga olish uchun foydalanadi; turli ekstrimistik, diniy-fundamentalistik guruhlar paydo bo‘lib, o‘z qora niyatlarni, xudbinona maqsadlarini amalga oshirishda «erkinlik», «haqiqat», «adolat», «tenglik», «musulmonchilik» shiori ostida harakat qiladilar. Bu-bir tomondan. Ikkinchi tomondan esa, yulg‘ichlik, firibgarlik, kazzoblik, poraxo‘rlik keskin oshadi. Ana shunday ijtimoiy-siyosiy muhitda davlatning tashviqot-targ‘ibot tashkilotlari va adliya-huquq idoralari tomonidan olib boriladigan ishlar ko‘zlangan darajadagi maqsadga erisha olmaydi, ular tashqi omil sifatida aholining barcha qatlamlarini qamrab ololmaydi, davr ular bilan yonma-yon ichki omil mavjud bo‘lishini ham taqazo qiladi.
Bu ichki omil ma’naviyat, birinchi navbatda, uning o‘zagi bo‘lmish Ma’naviy tarbiya. Odamlar qalbi va ongini egallashda Ma’naviy tarbiyaga teng keladigan omil yo‘q. SHu sababdan ham respublikamiz rahbariyati mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq Ma’naviy tarbiyaga katta ahamiyat berib keladi. Zero Ma’naviy tarbiyaning yuksak ahamiyatini anglab etgan jamiyatgina o‘z buguni va kelajagi yo‘lini to‘g‘ri belgilay oladi.

1 Юсупов Э. Инсон камолотининг маънавий асослари. Т., Университет, 1998, 38-б

2 Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар. Т., Ўзбекистон, 2000, 6-б.

3 Ўша манба, 7-б.

Download 29.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling