Manaviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotirani o'rni va saboqlari
Islom Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti
Download 69.52 Kb.
|
1-topshiriq ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiran
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taraqqiyotning “O‘zbek modeli” va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
Islom Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti.
Mustaqil O‘zbekiston davlatining asoschisi, buyuk davlat va siyosat arbobi mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov Vatanimizni mustabid tuzum qaramligidan ozod qilib, halokat yoqasiga kelib qolgan yurtimizni qayta tikladi. Buyuk yo‘lboshchimiz g‘oyat qaltis va tahlikali bir vaziyatda og‘ir qiyinchiliklar va sinovlarga qaramay, tarixan qisqa davrda O‘zbekistonni jadal va barqaror sur’atlar bilan rivojlanayotgan zamonaviy demokratik davlatga aylantirdi. Islom Abdug‘aniyevich Karimov o‘zining serqirra siyosiy faoliyati, oliyjanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning ko‘p asrlik tarixida o‘chmas iz qoldirdi. U nafaqat O‘zbekiston, balki jahon miqyosida katta hurmat va e’tiborga sazovor bo‘lgan ulkan shaxs va arbob sifatida tanildi. Islom Abdug‘aniyevich Karimov 1989-yilning iyunidan O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi etib saylandi. O‘sha paytda respublikamiz fuqarolar urushi, qon to‘kish, millatlar va konfessiyalararo mojarolar yoqasida turgan edi. Ana shunday o‘ta og‘ir davrda u o‘zining voqealarni oldindan ko‘ra bilish qobiliyati, kuchli irodasi va qat’iyati bilan xalqimiz va mamlakatimizni shunday achinarli qismatdan saqlab qoldi. Aynan o‘sha davrda xalqimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov timsolida mard, bukilmas iroda egasi va sodir bo‘layotgan favqulodda murakkab hodisalarning mohiyatini davlat manfaatlari nuqtai nazaridan ko‘ra oladigan, o‘z Vatani va xalqi, har bir yurtdoshining taqdiri uchun alohida mas’uliyatni his eta oladigan haqiqiy rahbarga ega bo‘ldi. 1991-yil 29-dekabrda muqobillik asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti etib saylandi. Islom Abdug‘aniyevich Karimov 25-yil davomida mustaqil O‘zbekistonni boshqarib, ochiq fuqarolik jamiyati va bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurishning chuqur o‘ylangan strategiyasini ishlab chiqqan va uni amalga oshirgan buyuk davlat arbobi sifatida mamlakatimizda va xalqaro maydonda yuksak obro‘-e’tibor qozondi. O’zbelistonni mustaqilligini saqlash va uni mustahkamlash prezident Islom Karimovning eng oliy maqsadi edi. Bu yo’lda ko’plab ishlar olib bordilar va O’zbekiston dunyoda eng jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan iqtisodiyotga ega bo‘lgan beshta davlat qatoridan joy oldi. 2016-yil 2- sentabr kuni Vatanimiz, butun o‘zbek xalqi o‘ta og‘ir judolikka uchradi. Buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov og‘ir kasallikdan so‘ng vafot etdi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, o‘zbek xalqining buyuk farzandi Islom Abdug‘aniyevich Karimovning so‘nmas xotirasi barcha minnatdor yurtdoshlarimizning, butun xalqimizning qalbida abadiy saqlanib qoladi. Taraqqiyotning “O‘zbek modeli” va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Ma’lumki, O’zbekiston o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan so’ng sobiq sho’ro tuzumining umrini o’tab bo’lgan ma’muriy-buyruqbozlik, rejali-taqsimot tizimidan voz kechilib, butun dunyoda ―o’zbek modeli degan nom bilan haqli ravishda e’tirof etilayotgan o’ziga xos taraqqiyot yo’li Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi va bugungi kunda o’zini to’la oqlamoqda. Mazkur model iqtisodiyotni mafkuradan holiligi, uning siyosatdan ustunligi, qonun ustuvorligi, davlatning bosh islohotchi bo’lishi, islohotlarning bosqichma-bosqich amalga oshirishi, kuchli ijtimoiy siyosat olib borish kabi muhim tamoyillarni o’z ichiga oladi. Yurtimiz istiqloli bizning oldimizda ulkan imkoniyatlar ochdi va xalqimiz uchun munosib hayot barpo etish, dunyo hamjamiyatidan munosib o’rin egallashdek yuksak maqsadlar yo’lida mustahkam poydevor bo’lib xizmat qilmoqda. O’tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ulkan ishlar tufayli yurtimizning barcha hudud va mintaqalari tubdan o’zgarib, obod bo’lib borayotgani, O’zbekiston o’zining barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlari, izchillik bilan hayotga joriy etilayotgan keng qamrovli ijtimoiy dasturlari bilan jahon miqyosida yuksak e’tibor va e’tirofga sazovor bo’layotgani hammamizga, avvalambor, shu zaminda unib-o’sib kelayotgan yoshlarga xursandchilik va ertangi kunga ishonch bag’ishlamoqda. Ana shunday o’zgarishlar tufayli yurtdoshlarimizning dunyoqarashi, ma’naviy olami yuksalib, hayotga, mehnatga munosabati o’zgarib bormoqda. Mamlakatimiz mustaqil taraqqiyot yo’lida o’z oldiga qo’ygan marralarga yetishish, ya’ni rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, xalqimizning hayot sifati va darajasini yuksaltirish va yurtimizning jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallashida avvalo juda tez o’zgarib borayotgan bugungi zamon bilan hamnafas bo’lib, yo’limizda paydo bo’lishi mumkin bo’lgan turli muammo va tahdidlarni bartaraf etish haqida doimo o’ylab yashash zaruratini hayotning o’zi talab qilmoqda. Shu muqaddas zaminda yashab o’tgan qancha-qancha ajdodlarimizning asriy orzusi bo’lgan mustaqillik bundan yigirma ikki yil muqaddam Prezidentimiz Islom Karimov boshchiligida olib borilgan mardona kurashlar natijasida ro’yobga chiqdi. Tarixan juda qisqa, biroq mazmunan asrlarga teng bu yillar davomida xalqimiz milliy taraqqiyot yo’lidan izchil va qat’iyat bilan borib, barcha sinov va mashaqqatlarni yengib o’tib, olamshumul yutuq va marralarga erishdi. Hayotning o’zi biz tanlagan yo’l juda to’g’ri ekanini ko’rsatdi. Buni bugun jahon ahli e’tirof etmoqda. Bu yo’l taraqqiyotning o’zbek modeli sifatida keng o’rganilmoqda. Bu o’z navbatida xalqimizning irodasi, kuch-qudrati va bunyodkorona mehnati samarasiga, davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan siyosatga berilgan munosib bahodir. Download 69.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling