Manaviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotirani o'rni va saboqlari
O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish va uning istiqbollari
Download 69.52 Kb.
|
1-topshiriq ma’naviy yetuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiran
O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish va uning istiqbollari
O’zbekistonda turizm sohasi nisbatan yangi bo’lsada, u rivojlanishda ko’pgina sohalardan oldinga chiqib oldi. Xalqaro turizmni rivojlantirish uchun bizning diyor juda katta salohiyatga ega. Yigirma yil avval O’zbekistonni hech kim istiqbolli turizm hududi sifatida bilmas edi. Mustaqillikka erishilgach davlat tomonidan turizm sohasida yangi tamoyillar ishlab chiqildi. 1992 yilning 27 iyulida O’zbekiston Respublikasining Prezidenti farmoni bilan “O’zbekturizm” milliy kompaniyasi tashkil topdi. “O’zbekturizm” ning asosiy vazifasi turizm sohasida davlat siyosatini amalga oshirish va turizmni rivojlantirishning milliy modelini yaratishdan iborat. Bundan tashqari, milliy kompaniya respublikadagi barcha turistik tashkilotlarning faoliyatlarini muvofiqlashtiradi, turizmning barcha yo’nalishlarining rivoshlanishini rag’batlantiradi, kadrlar masalasi bilan shug’ullanadi, moddiy-texnika bazasini shakllantirishga va soha infrastrukturasi rivojiga investitsiya oqimini jalb qiladi. Bugungi kunda O’zbekistonda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida keng ko’lamli islohatlar amalga oshirilmoqda va ushbu islohotlarning asosiy maqsadi mamlakat iqtisodiyotini yanada rivojlantirish va o’zbek xalqining turmush farovonligini oshirish ko’rsatkichidir. Turizm O’zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi va o’sishida muhim o’rin tutadi va keyingi yillarda Turizmning boshqa sohalari qatori mamlakatda ziyorat turizmini rivojlantirishga katta e’tibor berilmoqda. Hozirgi kunga kelib, dunyoda ibodat va ziyoratgohlarni o’rganishga qiziqish kuchaygan, chunki muqaddas joylar insonlar kundalik hayotining ajralmas qismi bo’lib kelmoqda. Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltiradigan istiqbolli tarmoqlardan biri bu Milliy Turizmdir, dedi O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, - O’zbekiston turizm sohasida katta salohiyatga ega davlatdir. Mamlakatimizda 7 ming 300 dan ortiq madaniy meros ob’ektlari mavjud va ularning aksariyati YuNESKO ro’yxatiga kiritilgan. Shu bilan birga, mamlakatimizning o’ziga xos tabiati, go’zal dam olish zonalari imkoniyatlaridan foydalangan holda yangi sayyohlik yo’nalishlarini ochish mumkin. Jahon brendlarining faol ishtiroki bilan ushbu sektorda biz turizm, ekologik ma’rifiy, etnografik, gastronomik, turizm va boshqa sohalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratishimiz kerak. Shu munosabat bilan biz davlat va xususiy sheriklik munosabatlarini qo’llash sohani rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochishini hisobga olishimiz kerak. Samarqand, Buxoro, Xorazim, Surxondaryo va Toshkentdagi muqaddas qadamjolarni va yodgorliklarni ziyorat qilishdan iborat bo’lgan “Kichik sayohat” dasturini ishlab chiqish va tezlashtirish zarur. Shuningdek, ichki turizm sohasida keng ko’lamli imkoniyatlarni to’liq ishga tushirish zarur. Download 69.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling