GLOSSARIY
AVESTO - zardushtiylik dinini muqaddas kitobi.
AQIDAPARASTLIK - dindorlar uchun bajarishi majburiy bo‘lgan urf-odatlar. Ularning ayrimlari ko‘r-ko‘rona, tushunmasdan e’tiqod va amal qilishni o‘zida aks ettiradi.
«AL-QOIDA» - XX asr ohirlarida shakllangan, hozirgi davrda insoniyat taraqqiyotiga
havf solayotgan, xalqaro terroristik tashkilot nomi.
«AL-GIXVANIN MUSLIMIN»- 1928 yil Misrda tashkil topgan «Musulmon birodarlar» nomi bilan ataladigan, keng tarqalgan diniy ekstremistik xalqaro tashkilot.
BUDDAVIYLIK - (Budda-sankr. «Nurlangan, oliy haqiqatga erishgan» ma’nosida) jahon dini.
AMIRUL-A’ZAM - ekstremistik tashkilot bo‘lgan «hizbut-tahrir» ning dunyo bo‘yicha eng yuqori rahbari, eng katta hokimining nomlanishi.
AKROMIYLIK - 1996 yilda Andijonda Akrom Yo‘ldoshev boshchiligida tashkil topgan diniy ekstremistik tashkilot nomi.
VAHIY- xudo (yaratuvchi iloh) bilan insonlarni Payg‘ambar orqali muloqat yo‘li – farishta Jabroil olib kelgan habar.
VAHHOBIYLIK - XVIII asrda Arabiston yarim orolida vujudga kelgan islomdagi fundamentalistik radikal oqim.
VIJDON ERKINLIGI - jamiyat konstitutsiyasi va qonunlarida berilgan diniy e’tiqod erkinligi.
DA’VAT - (arab «chaqirish») islom diniga targ‘ib qilish.
DINIY JAMOA - diniy tashkilotning boshlang‘ich shakli.
DINIY IDORA - diniy tashkilot markazi.
DINIY TASHKILOT - diniy jamoalarning eng yuqori rasmiy uyushmasi.
DUO - xudoga iltijo qilib, o‘zi yoki boshqalarga Ollohdan yaxshilik, ezgulik tilash va qilgan gunohlari uchun kechirim so‘rash.
DINIY BAG‘RIKENGLIK - Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalaridan biri bo‘lib, turli diniy e’tiqodga ega bo‘lgan kishilarning bir vatanda kelajak maqsadi uchun ezgu orzu-umidlar yo‘lida birlashib, hamjihat bo‘lib yashashni anglatadi.
JOHILIYA - (arab. johillik, bilmaslik) Arabiston yarim orolining islom dinidan oldingi davri shunday atalgan. Bu davrda insonlar ma’naviy-ahloqiy buzilish davri bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |