Ma’naviyat, uning jamiyat taraqiyotida va barkamol avlod inson tarbiyasida tutgan o‘rni
Download 340.52 Kb.
|
Ma’naviyat, uning jamiyat va inson kamolotidagi o‘rni.
- Bu sahifa navigatsiya:
- "SHaxs madaniyati"
"Madaniyat" tushunchasini turlicha sharhlaydilar. Biz uni sodda qilib, "ma’naviyatning moddiy voqelikdagi izlaridir"degan bo‘lur edik. Albatta, boshqacha ta’riflar ham bor. Ulardan biriga ko‘ra asli tabiatdan farqli o‘laroq, inson faoliyatining barcha mahsulini "madaniyat" (aniqrog‘i, kultura) deyiladi. Ammo masalaning bir nozik jihati bor. Afsuski, inson voqelikni doim ham ijobiy tarafga o‘zgartiradi, deb bo‘lmaydi. Ajoyib qasrlarni bunyod etgan, vohalarni obod etgan ham inson, shaharlarni to‘pga tutib kulini ko‘kka sovurgan, o‘rmonlarga o‘t qo‘ygan ham odam bolasi (zero hayvonning qo‘lidan bu ishlar kelmaydi). Dunyoni hayratga solgan kashfiyotlar, ko‘ngillarni zabt etuvchi g‘azallar, dostonlar inson aql-zakovati, iste’dodi mahsuli, ammo kitoblarni gulxan qilib yoqtirgan, ona tuproqni zaharlab, zilol suvni og‘uga aylantirganlar ham johil sarbozu savodsiz dehqon emas, o‘zini tabiat-u jamiyat ustidan hukm-farmo bilgan ulamo-yu kubarolardir.
SHu sababli madaniyatni insonning faqat yaratuvchilik faoliyati natijalariga nisbat bersak durust, buzg‘unchiligiga emas. YAratuvchilik esa alq-idrok, iste’dod va mahorat, bilim va tajriba, riyozat va mehr bilan amalga oshadi, jaholat va qahr, xudbinlik va g‘aflat bilan emas. Qisqasi, ma’naviyat madaniyatni yaratadi, ma’naviyat imkon, madaniyat ushbu imkondan tug‘ilgan mavjudlik. Ma’naviyat o‘tmish, bugun va kelajakni qamrab oladi. Madaniyat esa o‘tmish va bugunga taalluqli. Ma’naviyat kelajakni belgilaydi, madaniyat bugungi ahvolni ko‘rsatadi. "SHaxs madaniyati" degan tushuncha mavjud. Agar muayyan millatga taalluqli shaxslar ma’naviyati oxir natijada millat ma’naviyatining tarkibini hosil qilsa, milliy madaniyatning yaratuvchilari bo‘lsa, bundan farqli o‘laroq, shaxs madaniyati ko‘proq millat madaniyati, aniqrog‘i, milliy madaniyatning hosilasi sifatida namoyon bo‘ladi. Albatta, har bir millat madaniyatining tarkibi murakkab. Aslida inson tafakkuri va qobiliyatining barcha samaralari "Madaniyatshu noslik" mavzularidir. Faqat ulardan ko‘pchiligi alohida fan tarmog‘i bo‘lib, ajrab chiqib ketgan. Masalan, "Ilmshunoslik", "San’atshunoslik", "Musiqashunoslik" va h.k. Biz ularning har biriga alohida to‘xtab ulgurishimiz qiyin. Faqat yana ikki fanni eslab o‘tmasak bo‘lmas. Ularning biri san’at haqidagi faniarning umumiy nazariy asosini tashkil etrnchi falsafiy fan "Nafosatshunoslik" (Estetika)dir. Bu fanning asosiy mavzusi badiiy tafakkur qonuniyatlarini, go‘zallikning mohiyatini o‘rganish. Maiumki, go‘zallik uyg‘unlikdan tug‘iladi. Demak, ma’naviyat va go‘zallik ta’riflarida umumiy jihatlar mavjud bo‘lishi tabiiy. Ular orasidagi jiddiy farq shundaki, estetika uyg‘unlikning hayotda va san’at asarlarida uchraydigan muayyan shakllarini o‘rgansa, "Ma’naviyat asoslari" umuman inson ruhidagi Borliq haqiqati bilan uyg‘unlikni o‘rganadi. Bu ikki fanning ham tutashadigan joylari ko‘p, ammo ularning mavzulari va yondoshuv uslublari, bari-bir, boshqa boshqa. YAna bir "Ma’naviyat asoslarf’ga yondosh fan-"Tarbiyashunoslik" (Pedagogika). Insonning ta’lim-tarbiyasiga oid dolzarb nazariy uslubiy muammolarni tadqiq etuvchi bu fan bugungi kunda turli tarmoqlarga bo‘linib ketgan. Ammo "Umumiy pedagogika" bilan ma’naviyat tarbiyasiga oid ko‘plab tutash masalalar mavjudki, ularni o‘rganish uchun ikki fan vakillari yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ysalar, yaxshi natijalarga erishish mumkin bo‘lardi. Xulosa qilib aytganda, "Ma’naviyat asoslari" endi-endi tetapoya qila boslilagan yangi fan bo‘lishiga qaramay, uning rejalari — ulkan, niyatlari — ulug‘. Uning mustahkam oyoqqa turib olishi, ko‘p jihatdan, ilgaridan mavjud bo‘lib kelgan unga yondosh va tutash turli fan egalarining holisligi va xayrixohligiga ham bog‘liq. Ma’naviyat insonning Borliq haqiqati bilan nisbatiga asos e’tiborini qaratadi. Ma’naviyat insonni fanodan baqoga eltuvchi yagona yo‘ldir. Asli falsafa ham, barcha o‘zga fanlar ham Borliq haqiqatini izlaydi, ammo "Milliy ma’naviyat asoslari" fani o‘z izlanishlarini, birinchidan, milliy ma’naviyatimizning teran tomirlari bilan, ajdodlarimiz bizga qoldirgan bebaho ma’naviy meros bilan bog‘laydi, ya’ni muayyan insonlar qo‘lga kiritgan tarixiy tajribaga tayanadi, uning asosida xulosalar qiladi. Ikkinchidan, faqat mantiqiy, ilmiy tafakkurga tayanib qolmay, o‘zga tafakkur yo‘nalishlarga ham keng e’tibor qaratadi. Ma’naviy tarbiyaning vositalari faqat aql va bilimgina emas, balki ibrat, iroda, mehr hamdir. Milliy ma’naviyatimizda shular barchasi mujassam ifodasini topgan. Undan tashqari milliy ma’naviyatimizni boyitishda kalom ilmi, fiqh, tasavvuf tariqatlari va irfoni, mumtoz adabiyot kabi o‘ziga xos yo‘nalishlarning ham ulkan hissasi borki, Evropa ilmi ularni asrlar mobaynida SHarqdan o‘zlashtirib keladi. Xullas, Xoliqi olam ikki dunyoni inson uchun yaratdi, maqsad inson edi, unga butun maxluqlardan o‘zgacha fazilatlar baxsh etdi. Inson ko‘nglini ma’rifat xazinasl qilib, bu sehrli tilsim ichiga o‘zini yashirdi. Inson ko‘ngli maxfiy xazina sifatida Alloh haqiqati sirrini o‘zida pinhon etgan bo‘lib, uni yashringan ham, asraguvchi ham o‘zidir. Ma’naviyat ana shu ko‘ngil tilsimiga yashiringan Alloh haqiqatining zuhuridir. Download 340.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling