Ma'naviyat va ma'rifat bilim olish hamda kasb-hunar egallash-ma'naviy yuksaklik belgisi


Download 31.89 Kb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi31.89 Kb.
#1564537
1   2   3   4   5
Bog'liq
1493360504 68122

Ma'lumot so'zi ikki xil ma'noda ishlatilib, ikkalasi ham ma'rifatga tegishlidir. 1. Xabar, axborot - o'qish jarayoni-da amalga oshuvchi vosita. Bilimli kishining unga ega bo'lmagan odamga ma'lum qilish orqali bildirishi, yetka-zishidir. Ma'lum qilish til va ko'rgazmalar yordamida uni boshqalarga bildirishdir.
2. Bilim darajasi. Ko'rish, bilish, ya'ni borhqdagi obyektiv mavjud qonuniyatlarni his qilish natijasida olingan bilimlar yig'indisi - past ma'lumotli, o'rta va yuqori ma'lumotli va hokazo.
Ta'lim - ma'lumotni ma'lum bir tartibda berish va uni olish jarayoni sifatida qaraladi. Bu jarayon bir qator ma'rifiy usul va uslublar orqali amalga oshiriladi. Ta'lim turlari ko'p: axloq-odob ta'limi; tabiiy bilimlar bo'yicha ta'lim; texnika ta'limi; kasb ta'limi; akademik ta'lim va boshqalar.
Tarbiya - keng qamrovli tushuncha bo'lib, uning uch xil talqini mavjud. 1. Bolani boqib, voyaga yetkazish. 2. Par-varish, qarov. Tarbiyalab o'stirish. 3. Kishi olgan bilim-larini amaliyotda qo'llay olishga o'rganishi. Masalan, odob va axloqqa o'rganishni axloqiy tarbiya, kasb-hunarga o'rganishni kasb tarbiyasi, shariat qoidalariga o'rgatishni shariat tarbiyasi va hokazo deyish mumkin. Tarbiya ta'limsiz amalga oshmaydi. Ta'lim berishdan maqsad uning ketidan tarbiya berishdir, ya'ni ta'lim orqali egallangan bilimlarni amaliyotda qo'llay olishni o'rgatish. Ta'lim va tarbiya tu-shunchalari o'zaro uzviy bog'liqdir.
«Ma'lumki, - deyiladi «Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch» asarida, - ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo'lmish ilm-u ma'rifat, ta'lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan». Chuqur bilim olgan va yaxshi tarbiya ko'rgan komil in-sonni, kelajagimiz egasini voyaga yetkazish uchun «Ta'lim to'g'risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilingandan so'ng respublikamiz butun ta'lim tizimini tubdan isloh qihshning aniq strategik yo'nalishlariga ega bo'ldi. 1997-yil 6-oktabrda O'zbekiston Prezidentining «Ta'lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qihsh, barkamol avlodni voyaga yetkazish to'g'risida»gi Far-moni bilan bu masala davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi qilib belgilandi.
Mazkur hujjatlarda Dasturni uch bosqichda amalga oshi-rish ko'zda tutildi. Birinchi, o'tish davridagi bosqich 1997-2001-yillarga, ya'ni 4-yil davomida joriy etish mo'ljallandi. Bu bosqichda ta'lim faoliyatidagi ilg'or tajribalarni saqlab qolgan holda uning rivojlanishi uchun huquqiy, ilmiy-me-todik, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratildi. Bilim olishga, erkin tafakkur qilishga imkoniyat vujudga keldi.
Ikkinchi bosqich 2001-2005-yillarga mo'ljallangan belgilovchi bosqich bo'lib, bunda dastur g'oyalari va qoi-dalari Milliy dasturni keng miqyosda to'liq amalga oshi-rish, mehnat bozorini hisobga olib, ijtimoiy-iqtisodiy sha-roit nuqtai nazaridan zarariy o'zgarishlar bilan to'ldiriladi. Dunyo standartlari asosida bilim olish va erkin fikrlash rag'batlantirib boriladi.
Bu bosqich, yurtimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitni hisobga olib, 2009-yilgacha o'zgartirildi. 2009-yilga borib barcha 9-sinf bitiruvchilari akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bilan qamrab olinadi.
Uchinchi bosqich, 2009 va undan keying! yillarga mo'ljallangan. Bu bosqichda ushbu sohada erishilgan tajri-balar tahlil etilib va umumlashtirilib, xulosalanadi hamda tajribalar asosida takomillashtirilib, kadrlar tayyorlash ti-zimi ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar negizida uyg'un-lashtiriladi. Har bir inson uchun bilim sohasida juda keng imkoniyatlar yaratiladi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta'lim tizimlarini, uning mazmunini boshqarish va rivojlantirishni ta'minlashni tubdan isloh qilish yo'llari ko'rsatiladi. Umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi 4+5+3 tarkibida, boshqacha aytganda, 9+3 = 12 yil qilib belgilab berildi. Bu narsa fuqarolarning to'laqonli bilim olishi va biron kasbni egallashi uchun yetarlidir.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning asosiy tarkibiy qismlari: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta'lim, fan va ishlab chiqarish asosida amalga oshirilishi ko'rsatib berildi. Bu narsa buyuk davlat qurishning negizini tashkil qiladi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning hayotga tatbiq etilishi pirovard natijada bilimdon, erkin hamda har to-monlama kamol topgan mas'uliyatli shaxsni shakllantirishni ta'min etadi. «Milliy dasturni amalga oshirish, hayotga tatbiq etish, - degan edi Prezidentimiz, - hech bir mubolag'asiz, strategik maqsadlarimiz - farovon, qudratli, demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati barpo etishning asosi bo'lmog'i zarar».
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini to'laqonli amalga oshirish uchun mamlakatimiz Prezidenti tomonidan «Umid», «Iste'dod», «Ustoz» jamg'armalarini tashkil etish to'g'risida farmonlar chiqarildi. Yoshlar «Kamolot» ijtimoiy harakati tashkil etildi.
Natijada, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da belgilan-gan vazifalarning amalga oshirilishi barkamol shaxsni -insonni va shu tariqa ongli jamiyatning shakllanishiga, ya'ni yangicha ongga, tafakkurga ega bo'lgan shaxslarning ko<-payishiga va bu, o'z navbatida, ijobiy ma'nodagi «portlash effekti»ning sodir bo'lishiga olib keladi. Islom Karimov so'zi bilan aytganda: «Ta'limning yangi modeli jamiyatimizning potensial kuchlarini ro'yobga chiqarishda juda katta ahamiyat kasb etadi. Har qaysi insonda muayyan darajada intellektual salohiyat mavjud. Agar shu ichki quwatning to'liq yuzaga chiqishi uchun zarar bo'lgan barcha shart-sharoit yaratilsa, tafakkur har xil qotib qolgan eski tushuncha va aqidalardan xalos bo'ladi. Va har qaysi inson Alloh taolo ato etgan noyob qobiliyat va iste'dodini, awalo, o'zi uchun, oilasining, millati va xalqining, davlatining farovonligi, baxt-saodati, manfaati uchun to'liq baxshida etsa, bunday jamiyat shu qadar kuchli taraqqiyotga erishadiki, uning sur'at va samarasini hatto tasawur qilish ham oson emas. Oldimizda turgan buyuk maqsadlarga erishishda jamiyatimizning har bir a'zosi qo'shadigan hissa shu hisobdan beqiyos bo'lishi muqarrar. Men «portlash effekti» deganda aynan shunday holatni nazarda tutmoqdaman». Demak, har bir mamlakatda ma'rifatli shaxsning, xalq-ning, jamiyatning ma'naviyatini shakllantirish, kishilarning ong va tafakkurini rivojlantirish - ularning borliqqa, ha-yotga bo'lgan munosabatini ijobiy tomonga yo'naltirish vositasidir. Jamiyat rivojlanib borar ekan, hayot davom etar ekan, ilm-ma'rifatga bo'lgan ehtiyoj kuchayib boradi. Shu sababli «Kuch - bilim va tafakkurda» tamoyili kelgusida ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab oladi.
Ma'rifat jaholatning, xurofotning kushandasi ekanligi ya-qin tarixdan ma'lum. Shu sababli Prezident Islom Karimov ta'kidlaganidek: «Jaholatga ma'rifat bilan qarshi kurashmoq kerak». Bihmh, dono, ilmiga amal qilgan insonlar johillik, befarqlik, yalqovlik kabi illatlardan xalos bo'ladi, tinmay mehnat qiladi, yaratadi va kishilar o'rtasida hurmat-e'tibor qozonadi.
Sharq xalqlari qadimdan texnika taraqqiyotida katta yutuqlarga erishgan. Lekin XVII-XIX asrlarda G'arbning texnika taraqqiyoti olg'a ketganligi munosabati bilan «Sharq xalqlari, jumladan, o'zbeklar texnika taraqqiyoti yutuqlarini egallashga moyil emasligi xususida farazlar» paydo bo'ldi. Sho'ro davrida esa bu narsa ataylab kuchaytirildi.
O'zbekistonda faqat yig'uv zavodlari barpo etilib, detal-larni yasash markazda amalga oshirildi. Lekin kimyo, astronomiya, mexanika, me'morchilik, hatto kemasozlik-ning poydevori Sharqda qo'yilgani ma'lum. O'zbek olim-lari ham keying! yuz yillikda jahonshumul kashfiyotlar qil-dilar. O'zbek yigiti fazoga uchdi. Yuzlab uchuvchilar, tank-chilar urash yillarida jasorat ko'rsatdilar. Mustaqillikdan keyin O'zbekistonda avtomobilsozlik, to'qimachilik va boshqa sohalarda yangi yo'nalishlar paydo bo'ldi. O'zbeklar o'zlarining texnikani yarata olishlarini isbot qildilar.
Respubhkamizda g'alla, neft, samolyotsozlik, qishloq xo'jaligi mashinasozligi, qurilish industriyasi, yo'lsozlikni rivojlantirishning istiqbolh rejalari mavjud. Qishloq infra-tuzilmasini tubdan o'zgartirish, maishiy xizmat, axborot tar - moqlarini jahon andozalariga tenglashtirish uchun juda ko'p ishlar qilinishi lozim. Zero, inson uchun eng muhim narsalardan biri hunar egallamoq. Har qanday nar-saning mohiyatini anglash, jahondagi voqealarning yaxshi-yomon tomonini bilib olish, odamlarning qadr-u qimmatini to'g'ri tushunish, oilaning farovon yashashini to'g'ri tashkil qilish, qisqasi, har tomonlama mukammal inson bo'lish uchun ilm va hunar o'rganish zaruriy ehtiyojdir.
Har kimning zari bo'lmasa-da, ammo hunari bo'lsa, dunyoda hech bir qiyinchilik chekmaydi. Donolar deydi:

Download 31.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling