Ma'naviyat va ma'rifat bilim olish hamda kasb-hunar egallash-ma'naviy yuksaklik belgisi


Download 31.89 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi31.89 Kb.
#1564537
1   2   3   4   5
Bog'liq
1493360504 68122

Oltin topmagin-u o'rgangin hunar, Hunaring oldida xasdir oltin-zar.
(Jomiy).
Quyoshliq istasang kasbi kamol et, Kamol gar kasb etarsan bemalol et.
(Navoiy).
Shuning uchun kishi hunar ziynati bilan bezanmog'i lo­zim. Hunarsiz kishi quraq savlatdir. Quraq savlat qotib turgan suratga o'xshaydi. Surat odamga o'xshasa-da, jonsiz bo'ladi, daraxt ham mevasiz bo'lsa, qadr topmaydi. Qalam garchi cho'p bo'lsa-da, ilm-u hunarni oshkor qilgani uchun azizdir. Oyna esa go'zallar yuzini ko'rsatgani tufayli qo'lda yuradi.
Bir rivoyat: aytishlaricha, Gushtasb Qustantaniya shah-riga kelib qolibdi. Uning yonida biror tiyin ham yo'q edi. Yeyishga biror narsa topolmay, och qoldi. Birovdan so'ray desa, izzat-nafsi yo'l qo'ymas edi. Xuddi shu tob-da uning yodiga yoshligi tushdi. U bolalik paytida maktab-ga borarkan, yo'l chetida joylashgan temirchi do'koni ol­dida biroz to'xtab, temirchilarning pichoq va bolta yasash-larini tomosha qilar va uning siridan birmuncha voqif bo'lib qolgan edi.
Gushtasb ko'p o'ylab o'tirmay, temirchilar oldiga bordi va ularga dedi:
- Ey, birodarlar, men ham temirchilik siridan ancha xabardorman, meni ham o'zlaringizga sherik qilib olsala-ringiz.
Temirchilar rozi bo'lishdi. Gushtasb bir necha muddat ishlab, pul yig'di. So'ng vataniga qaytib bordi. U martabaga erishgan paytida barcha yosh-u qarini kasb-hunar o'rganishga da'vat etdi. Bolalarga kunning avvalida o'qib, ikkinchi qismida hunar o'rganishga farmon berdi.
Demak, eng halol va yoqimli yeyish va kiyish hunar-lardan hosil bo'ladi. Hunar - yashirin xazina. Kuni kelib, kishi dunyo tasodiflari tufayli mol-mulkdan ajralsa ham, hunardan hech qachon ajralmaydi. Hunar doimiy hamroh, madadkordir.
O'zbek xalqining hunarmandchilik tarixi qadimiydir. Yerning ust va tuproq osti qismi ulkan bir muzey. Samar-qand, Buxoro, Xiva, Termiz, Toshkent, Farg'ona vodiysi va boshqa joylardagi har bir tarixiy obida milliy hunar-mandchihkning yuksak namunasidir.
Milodning boshlarida va IX-X asrlarda Turonda hu­narmandchilik jadal rivojlandi. Me'morlikda g'isht qadab naqsh solish yuksak darajada taraqqiy etdi. Binolarning ichki tomonlariga ganch, yog'och o'ymakorligini qo'llash yuksak rivoj topdi. Ayniqsa, maqbaralarning peshtoqlari, devor va ravoqlari ganch naqshlar bilan juda nafis bezatildi.
Temuriylar davriga kelib shaharsozlik yanada rivoj topdi. Tosh va g'isht yo'llar, keng ravon ko'chalar, bir-biridan mahobath binolar barpo etildi. Samarqandning Registon maydonidagi Ulug'bek, Sherdor va Tillakori madrasalari, Shohi Zinda va Go'ri Amir maqbaralari, Bibixonim masjidi, Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasi, Toshkentdagi Ko'kaldosh madrasasi, Shahrisabzdagi Oqsaroy va boshqalar bugungi kunda dunyoga mashhurdir. Temuriylar davrida xalq hunarmandchiligi juda rivoj topdi. Temurning amri bilan turli mamlakatlardan ustalar, me'morlar olib kelinib, ajoyib takrorlanmas binolar qurildi.
Odamning barkamol va badavlat bo'lishi uchun kasb-u hunardan qimmatroq mato yo'q va ulug'lik hamda saodat osmoni uchun esa qobiliyatdan yorqinroq yulduz yo'qdir. Hunar suvi bilan sug'orilmagan kishi hidsiz va rangsiz gulga monanddir. Bilim va haqiqat bog'ining bog'bonlari kasb-u hunarsiz kishilarni jamiyatning razil va pastkash kishilari deb hisoblaganlar. Kasb-u kamolsiz kishining muhabbati hech bir dildan joy topmaydi va hech kim kasb-u hunarsiz kishiga yordam qo'lini cho'zmaydi. Hayot mazmunini ilm va hunarda deb bilgan insonlar uchun saodat xazinasining kaliti doimo muyassardir.
XVIII-XIX asrlarda Buxoro, Qo'qon, Farg'ona va boshqa joylarda yetuk xalq ustalari yetishib chiqdi. Mis-karlik, naqqoshlik, ganchkorlik va boshqa san'at turlari rivojlandi. Hunarmandlar mahalla-mahalla bo'lib yashay boshladilar. Har bir mahallada ustalar o'rtasida raqobat paydo bo'ldi. Chunki kimning mahsuloti sifatli bo'lsa, xalq o'shaning ishlab chiqargan mahsulotini sotib olgan. Shu-ning uchun har bir usta sifatli mahsulot tayyorlagan.
Qadimda hunarmandlar o'z kasbining sir-asrorini yozib qoldirmaganlar. Uni faqat shogirdlar bilgan. Shogirdlar usta bo'lganlaridan so'ng, ular ham o'zlariga qarashli shogirdlarga o'rgatganlar. Shunday qilib hunarmandchilik an'ana tariqasida rivojlanib kelgan.
Hunarmandlar shogirdlikka o'z bolasini yoki qarindosh-urag'larning bolalaridan olganlar. Shogirdlikka bolalar 7-8 yoshdan olinib, 10-12 yil hunar o'rganganlar. Ustoz shogirdlari bilan kunduzi ishlagan. Kechquran esa ustoz rahbarhgida xat-savod chiqarilgan. Ustozlar har tomonlama yaxshi bihmga ega bo'lganlar. Ustoz shogirdga qattiqqo'l va talabchan bo'lgan. Kasb o'rgatish tekin olib borilgan.Hunar o'rganish uchun sabr-toqat va nozik did talab etilgan. Ustalar shogirdlar uchun maxsus odob talablarini ishlab chiqqanlar. Masalan, ular shogirddan pokizalikni, ish vaqtida chalg'imaslikni, egri va noma'qul ishlarga yaqin yo'lamas-likni, ustoz raxsatisiz biror ishga qo'l urmaslikni qat'iy talab qilganlar. Usta shogirdiga hunar sirini o'rgatishidan tash-qari, uy-yumush ishlarini bajarishga ham tayyorlab borgan.
Shogird hunarni puxta egallagandan so'ng unga oq fotiha berilgan. Marosimda ustozga shogird bosh-oyoq sarpo in'om etgan. Ustalarining kattasi, ustakalon usta nomini olayotgan shogirdning boshiga salla o'ragan. Chopon kiyg'izib, beliga qiyiqcha bog'lagan va unga arra hamda tesha qistirib qo'yilgan. Shundan so'ng shogirdni ustalar va do'stlari tabriklaganlar. Keyin katta usta dasturxondan yopgan non ohb shogirdga bergan va uni duo qilgan. Shundan so'ng usta mustaqil ish boshlagan.
Har bir davrda kasb-hunar juda ham ulug'langan. Xalq donishmandlaridan biri: «Ey farzand, agar oqil va dono bo'lay desang, hunarmand bo'lishni o'yla. Hunarmandchi-lik sababidan izzat va hurmatga erishasan, agar hunardan bebahra bo'lsang, quraq soyasiz daraxtga o'xshab qolasan. Ey farzand, aqlli, farosatli va ilm-u hunarli kishilar bilan do'st bo'l, hunarsiz kishida xosiyat bo'lmaydi. Mehnatdan, ilm-hunar o'rganishdan uzoqlashma»,- deydi.
Axloqshunos olim Majid Havofiy hunarmandchilik to'g'risida shunday deydi: «Kasb va hunarmandlarni e'zozla. Hunarmandchihkka raju qo'ygan xalqning hurmat va e'tibori oshadi». Juda ko'p ulug'lar hunarmand bo'lganlar, jumladan, payg'ambar hazrati Dovud alayhissalom - temirchi, Forobiy - bog'bon, Sakkokiy - pichoqchi, Zavqiy - mahsido'z bo'lgan. Xoja Bahouddin Naqshband miskarlik bilan tirikchilik qilgan. Rus olimi Mendeleyev - ajoyib chamadonchi bo'lgan.
Hozirgi davrda yer yuzida 500 mingdan ortiq kasb bo'lib, barchasi odamlar uchun xizmat qiladi. Yoshlar shu hunardan bir nechtasini o'rganib, el-yurt oldida o'z kasbining ustasi bo'lsa, ularning rizqi butun bo'ladi. Ota-bobolarimiz «bir yigitga yetmish hunar oz» deb bejiz aytmaganlar. Chunki hunarmandning el oldida obro'si baland, iqtisodi yaxshi. Usta Shirin Murodov, Mirvohid Usmonov, Mo'min Sultonov va boshqalarni xalqimiz ardoqlaydi.
Ularning shogirdlari bugun ulug' an'anani davom ettirmoqdalar. Buyuk Navoiy «Farhod va Shirin» dostoni-da: «Hunarni asrabon netgumdir, oxir. Olib tuproqqamu ketgumdir, oxir», - deb bejiz aytmagan.
Mustaqillikdan keyin yoshlarga kasb-hunar o'rgatish jiddiy masala sifatida kim tartibiga qo'yildi. Chunki sho'ro davrida bu ishga panja orasidan qaraldi, ras bo'lmagan xalqlarning mentaliteti hisobga olinmadi. Natijada, bola-larimiz hunarsiz qoldi. Bu nuqsonlarni yo'qotish, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da belgilangan vazifalarni ro'yobga chiqarish maqsadida 1998-yil 24-fevralda O'zbekiston Respubhkasi Vazirlar Mahkamasining «Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyati to'g'risida»gi Qarori qabul qilindi. Vazirlar Mahkamasining «O'zbekiston Respublikasida o'rta maxsus, kasb-hunar ta'hmini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Qaroriga muvofiq 1998-yilda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari tajriba tariqasida tashkil etildi.
Ana shu o'tgan davr mobaynida, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga muvofiq, 75 mingdan ortiq o'quvchiga mo'ljallangan 100 dan ortiq akademik litsey, 1 mln dan ortiq o'quvchiga mo'ljallangan 1000 dan ortiq kasb-hunar kolleji ishga tushirildi.
Umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi 9+3=12 tarzida yoki shu asosda faoliyatini yuritmoqda. Kasb-hunar kollejlarida fundamental umumta'lim tayyorgarligi bilan birgahkda, o'quvchilar tekinga 2-3 ta zamonaviy kasblarni egallab, umumkasbiy va maxsus sohalar bo'yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan qurollanmoqda. Har ikkala: akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini bitiravchilar uchun oliy o'quv yurtlariga kirish huquqi saqlanib qoladi.
Demak, xulosa qilib shuni aytish mumkinki, insoniylik-ning eng muhim shartlaridan biri, bu ma'naviy va ma'rifiy bilim olish hamda kasb-hunar egallash bo'lib, yoshlarni komil inson qilib tarbiyalash, voyaga yetkazishda muhim omillardan hisoblanadi. Zero, hozirgi vaqtda Prezidentimiz yoshlar ta'lim-tarbiyasiga katta ahamiyat berayotganligining boisi ham shunda ko'rinadi.
Umuman, ma'naviyat-ma'rifat va madaniyatning asosiy belgilaridan biri - savodxonlik ham ilm bo'lib, bular ma'naviy boyligimizning poydevori hisoblanadi. Hozirgi paytda O'zbekiston aholisining 99,06 foizi savodli.
Kishilarga bilim berish jarayonining kechish qonuni-yatlarini aniqlab beruvchi inson faoliyati turiga ma'naviyat ilmi (didaktika) deyiladi. Ma'naviyat ilmi aniqlagan qonuniyatlar asosida ta'lim-tarbiyani amalga oshirish uslublarini yaratuvchi ilm-fan turiga uslubiyat (metodika) deyiladi. Ma'rifat ilmi aniqlangan qonuniyatlar va shu qonuniyatlar asosida yaratilgan ta'lim hamda tarbiya berish usullarini ma'rifiy jarayonda qo'llash ma'rifat (pedagogika) fani tomonidan o'rgatiladi.
Bilim olish va uning afzalliklari haqida Sharqda qadim-qadimdan fikrlar bildirib kelingan. Har bir davrda bu fikr-lar yangi-yangi qarash va g'oyalar bilan boyitib kelinmoqda. Chunki, bilish falsafaning ham asosiy muammolaridan biri sanaladi. Zero, bilim olish va, o'z navbatida, kasb egallash shaxs ma'naviyatini yuksaltiradi, jamiyatdagi o'rnini topishga yordam beradi.
Prezidentimiz I. Karimov 1996-yilda ma'naviyat va ma'rifatni davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri, deb hisoblab, uni isloh qilishning muhim vazifalarini belgilab bergan edi. «Ta'lim to'g'risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyor-lash milliy dasturi» shu tariqa yuzaga keldi va bugungi kunda bu sohaga davlat jiddiy e'tibor berayotganligi bejiz emas. Chunki «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» kitobida aytilganidek: «Istiqlol davrida barpo etilgan, barcha shart-sharoitlarga ega bo'lgan akademik Utsey va kasb-hunar kollejlari, oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan, zamonaviy kasb-hunar va ilm-ma'rifat sirlarini o'rganayotgan, hozirdanoq ikki-uch tilda bemalol gaplasha oladigan ming-minglab o'quvchilar, katta hayotga kirib kelayotgan, o'z iste'dodi va salohiyatini yorqin namoyon etayotgan yosh kadrlarimiz misolida ana shunday orzu-intilishlarimiz bugunning o'zida o'z hosilini berayotganining guvohi bo'lmoqdamiz».


Download 31.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling