Ma’naviyatning jamiyat rivojidagi ahamiyati
Download 69.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqANANAVIY JAMIYAT VA UNING O\'ZIGA XOS XUSUSIYATI
ANANAVIY JAMIYAT VA UNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATI Ma’naviyatning jamiyat rivojidagi ahamiyati. Ma’naviyatni anglash. Ma’naviyat - insonning ulg‘ayish va kuch-qudrat manbaidir. Albatta, bu dunyoda halol va pok yashashni о‘zi uchun hayotiy e’tiqod, oliy maqsad deb biladi-gan odamlar kо‘pchilikni tashkil qiladi. Aynan ana shunday insonlar va ularning ezgu ishlari tufayli bu yorug‘ olamda ma’naviyat hamisha barqaror bо‘lib keladi. Lekin, bunday olijanob fazilatlardan bu-tunlay uzoq bо‘lib yashaydigan, hayetning ma’no-mazmunini о‘zicha talqin qiladigan shaxslar ham oz emas. Ming afsuski, ular о‘zini xuddiki dunyoning haqiqiy egasidek, bekamu kо‘st, bosh-qalarning havasini tortadigan umr kechirayotgandek, baxt qushi boshiga qungandek his qilishga urinadi. Tabiiyki, bunday holatlarni kо‘rib-kuzatib, о‘zi uchun ezgu niyatlarni yuksak maqsad qilib qо‘ygan insonlar qalbida qandaydir ikkilanish va shubha paydo bо‘lishi mumkin. Odamlarni о‘ylantirib qо‘yadigan bunday holatlar hayotda kо‘p uchraydi. Bunga qanday izo\ berish mumkin? Hammamizga ma’lumki, muqaddas kitoblarimiz va qadriyatlarimiz, buyuk mutafakkir aj-doxlarimiz merosi bizni doimo halol mehnat bilan yashashga, mardlik, saxovat va kamtarlik-ka chaqiradi, lekin, shu bilan birga, hayotda bu ka£ i da’vatlarga amal qilishga intiladigan odam kо‘pincha turli qiyinchiliklar, hatto azobu uqubatlarga duch kelishini kuzatish qiyin emas. Tan olish kerakki, yuksak ma’naviy tushunchalar big:an yashashga harakat qiladigan odamning bu-gun ham kо‘p mashaqqatlarni, og‘ir sinov va tо‘siq-yaar, muammolarni yengib о‘tishiga tо‘g‘ri keladi. Agarki e’tibor bersak, tilimizda halollik va -yupoklik haqidagi ibratli hikmatlar bilan birga, «Yо‘lini topibdimi, qandini ursin», «Umumini yeng-u, bog‘ini surishtirmang» degan maqollar ham borligidan kо‘z yumib bо‘lmaydi. Albatta, bunday maqol-matallar bejiz paydo bо‘lmagan, ular ham ma’lum bir haqiqatning ifo-sase-t. Binobarin, biz qayotning ma’no-mazmunini shunday tushunib, shu asosda yashashga intiladi-gan kishilar ham borligini inkor etolmaymiz. Lekin, mening nazarimda, bunday gaplar edamning boylrtk va mol-dunyoni qanday yо‘llar eilan topayotganiga loqayd va beparvo qaraydi-gan, manfaatparast shaxslar tomonidan tо‘qib chiqarilgandek tuyuladi. Ularning fikricha, in-son о‘z boyligini peshona teri tо‘kib, Olloh ber-gan aql-idrok va tafakkurini ishlatib topyap-timi yoki qing‘ir-qiyshiq, harom-xarish yо‘llar bilan orttiryaptimi — bu gо‘yoki hech kimni qiziq-tirmasligi kerak. Shu bois biz ma’naviyat haqida fikr yuritar ekanmiz, bu masalani atroflicha va chuqur tah-lil etishimiz, uning faqat о‘zimizga ma’qul, ijobiy tomonlari bilan cheklanib qolmasdan, ana shunday murakkab jihatlarini ham nazar-dan chetda qoldirmasligimiz lozim. Lо‘nda qilib aytganda, bu о‘rinda gap bir-biri-ga qarama-qarshi bо‘lgan, bir-birini inkor qila-digan ikki xil hayotiy qarash haqida bormoqsa. Birinchisi — о‘z nonini halol mehnat bilan topadigan, xolis va ezgu ishlar bilan el-yurtga naf yetkazadigan, tiriklik mazmunini teran anglab, nafaqat bugungi hayot lazzatlari, balki oxirat haqida, uning obod bо‘lishi haqida о‘ylab yashaydigan insonlarga xos hayotiy qarashlar. Ikkinchisi — bunga mutlaqo qarama-qarshi bо‘lgan yondashuv, ya’ni, hayotning ma’no-mazmu- ni haqida bosh qotirmasdan, bunday savollar bilan о‘zini qiynamasdan, faqat nafs qayg‘u- si va о‘tkinchi hoyu havasga, huzur-halovatga be- rilib, yengil-yelpi umr kechiradigan, о‘zining ota-ona va farzand, el-yurt oldidagi burchiga umuman befarq bо‘lib yashaydigan odamlarning fikr-qarashlari. Mana shunday ikki xil dunyoqarash asosida pa ado bо‘ladigan og‘ir savollar odamzot ongli yats ay boshlagan zamonlardan buyon uni о‘ylan-ti )ib, qiynab keladi. Hayot mohiyatini anglab yei shga о‘z umri, bilim va salohiyatini bag‘ishla an ne-ne buyuk zotlar, mutafakkir fayla-suolar, alloma va aziz-avliyolar — millati, tili va dinidan qat’i nazar — shu kabi mu-ra :kab muammolarga javob topish uchun izlan-ga} , bu mavzuda qancha-qancha asarlar yaratgan. Lekin bu savol bugungi kunda ham hanuz о‘tkir va solzarb bо‘lib qolayotganini inkor etib bо‘l-ma 1di. Barchamizga ma’lumki, Ollohning о‘zi inson zsg ini vujudga keltirar ekan, uni turli qiyofa-da, nafaqat yuz-kо‘zi, balsi fe’l-atvorini ham bi )-biriga о‘xshamaydigan qilib yaratgan. Yer yuzi-da qancha inson yashaydigan bо‘lsa, barmog‘ining izi ham, ichki dunyosi ham bir xil bо‘lgan ikkita odamni topish, uchratish qiyin. Tabiiyki, bu in yunlarning fikrlash va yashash tarzi ham bir-bi idan farqqiladi. Ta’bir joiz bо‘lsa, kimdir Rahmon izmida yursa, kimdir Shayton izmida yuradi. Shu haqiqatning о‘zi toki bu dunyoda hayot bor eks n, turfa xil odamlar va ularning ongu ta-fa skuridagi о‘zaro tafovut va ziddiyatlar saqla-ni ) qolaverishini kо‘rsatadi. Aynan ana shunday tu{ li dunyoqarashlar, bir-birini inkor etadigan oq sh va yо‘nalishlar mavjudligini tabiiy bir hol deb qabul qilishni hayot voqeligining о‘zi talab etadi. Shuni ta’kidlash kerakki, biz bu haqsa ga-pirganda, avvalo ongli yashaydigan, mantiqiy fikrlashga qodir bо‘lgan, о‘z qarashlarining ma’-nomazmunini har tomonlama asoslab, isbotlab bera oladigan odamlarni nazarda tutamiz. Masalaga shu nuqtai nazardan yondashganda, ana shunday bir-birini inkor etadigan dunyoqarash-larni inobatga oladigan bо‘lsak, bularning о‘zi tegishli xulosalarga olib kelishi muqarrar. YA’ni, о‘z peshona teri bilan halol turmush ke-chiradigan inson hayotidan mamnun va rozi bо‘lib, qalbi va yuragi osoyishta, vijdoni pok, ruhiy olami barqaror bо‘lib, elning hurmatini qo-zonib yashaydi. Ikkinchi tomondan, bu dunyoda yengil-yelpi, har xil nopok yо‘llarga berilib, insoniy burchini unutib, mol-dunyoga intilib yashagan odam, eng achinarlisi shuki, hayotining sо‘ngida armon va nadomatlarga botib о‘z umrini tugatadi. Dono xalqimiz, g‘araz va hasad bilan yashay- digan, о‘z shaxsiy manfaatiga о‘zgalar hisobidan erishishni ma’qul kо‘radigan, faqat о‘zini о‘y- laydigan kimsadan о‘zi asrasin, deydi. Bag‘ri- keng, halol-pok, vijdonli, mehr-oqibatli, el- yurtning g‘amu tashvishi bilan yashaydigan kishi- larni esa, aksincha, boshiga kо‘taradi va bunday odamlar jamiyat tomonidan qadr-qimmat, hur- mat-e’tibor topadi. Inson ma’naviy olamining yuksalishi bilan bog‘liq turli holatlar haqida kо‘p gapirish mum-kin. Lekin, muxtasar qilib aytganda, Ollohning о‘:i bizga buyurgan komil inson bо‘lish, halol-lik va adolat bilan hayot kechirish kabi olija-n)b fazilatlarning ma’no-mazmunini nafaqat chuqur anglash, balki ana shunday xususiyatlarga ega bо‘lish, ularga amal qilib yashash — odamzot-N1ng ma’naviy boyligini belgilab beradigan asosiy mezon, desak, hech qanday xato bо‘lmaydi. О‘ylaymanki, bunday xulosani insoniyat о‘z ong-li hayoti davomida doimo orzu qilib, intilib kelgan yuksak ma’naviy idealning falsafiy ifodasi, mantiqiy natijasi sifatida qabul qilish. Ma’naviyatning yana bir muhim xususiyati odamning ichki dunyosi va irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qilishida yorqin na-meyonbо‘ladi. Uzoqqa bormasdan, xalqimiz о‘z boshidan ke-chirgan mustamlaka davrini bir kо‘z oldimizga keltiraylik. Qariyb 150 yil davom etgan, tari-ximizning tom ma’nodagi qora kunlari bо‘lmish о‘sha zamonda bir paytlar о‘zining qudratli dav-latchiligi, buyuk farzandlari, yuksak ilmu mada-niyati, obod shahar va qishloklari bilan dunyoni Hsyratda qoldirgan el-yurtimiz qanday og‘ir ma-shaqqatlarga duchor bо‘lganini yaxshi bilamiz. Biz odatda ma’naviyat haqida, uning ma’no, nomazmuni, hayotimizdagi о‘rni va ahamiyati hamdsa kо‘p gapiramiz. Lekin negadir aksariyat hoshfda kо‘pchilik ma’naviyat о‘zi nima, degan sa zlga aniq va lо‘nda javob berishga qiynaladi. Unday bunday holatga о‘z shaxsiy tajribamda kо‘p bor guvoh bо‘lganman. Mas’ul rahbarlik lavozilariga nomzodlarni tanlashda о‘tkaziladigan jarayonida ularning professional mala yui, bilimi, tashkilotchiligi, hayotiy tajribasi insoniy fazilatlari bilan bir qatorda ma’n viy saviyasiga ham alohida e’tibor qarataman. V; kо‘p hollarda, ma’naviyat haqida beriladigan sa yul-larga har xil, ba’zan esa bir-biriga qarama-qarshi, qandaydir noaniq, sayoz javoblarni ham eshitishga tо‘g‘ri keladi. Albatta, «ma’naviyat» tushunchasining, falsafiy, adabiy yoki oddiy tilda ifodal shadigan kо‘plab ta’riflarini keltirish mum sin. Umuman, о‘zida juda chuqur va keng qamrovli ga’- no-mazmunni mujassam etgan bu tushunchaga har qaysi ma’rifatli inson о‘zining falsaviy yondashuvi, siyosiy qarashlari va e’tiqodi, ongu tafakkuridan kelib chiqqan holda turlicha ta’rif va tavsiflar berishi tabiiy. Shuning uchun ham bu masala bо‘yicha ilmiy adabiyotlarda, kun-dalik matbuotda bir-biridan farq qiladigan fikr-mulohazalarni uchratganda bundan taajjub-lanmasdan, ularni har qaysi muallifning о‘ziga xos dunyoqarashi, mushohada tarzi ifodasi sifa-tida qabul qilish о‘rinlidir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, keyingi yil-larda bu mavzuda olimlarimiz tomonidan tay-yorlangan ilmiy risolalar, о‘quv qо‘llanmalari, lug‘atlarda «ma’naviyat» tushunchasi va uning asosiy tamoyillariga о‘ziga xos ta’riflar be-rilayotganini kuzatish mumkin. Men bu boradagi fikrlarni inkor etmagan holda, «ma’naviyat» tu-shunchasining mazmuni faqat «ma’ni», «ma’no» degan sо‘zlar doirasida chegaralanib qolmaydi, deb о‘ylayman. Nega deganda, insonni inson qila-digan, uning ongi va ruhiyati bilan chambarchas bog‘langan bu tushuncha har qaysi odam, jamiyat, millat va xalq hayotida hech narsa bilan о‘lchab bо‘lmaydigan alohida о‘rin tutadi. Shu fikrni mantiqiy davom ettirib, ma’na- viyat — insonni ruhan poklanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir, desak, menimcha, ta riximiz va bugungi hayotimizda har tomonlama о‘z tasdig‘ini topib borayotgan haqiqatni yaqqol ifoda etgan bо‘lamiz. Mening nazarimda, «ma’naviyat» tushunchasi jamiyat hayotidagi g‘oyaviy, mafkuraviy, ma’ri-fiy, madaniy, diniy va axloqiy qarashlarni о‘zida tо‘la mujassam etadi. Shuning uchun ham bu mavzuda fikr yuritganda, mazkur qarashlarning barchasini umumlashtirib, keng ma’nodagi «ma’-naviyat» tushunchasi orqali ifoda etish mumkin. Ma’naviyatning negazi va ma’no-mazmunini belgilaydigan asosiy xususiyatlar, birinchi gal-da insonning ruhiy poklanishi va qalban ulg‘a-yishi haqida gapirar ekanmiz, bir masalaga alohida e’tibor berishimiz lozim. XULOSA Xulosa qilib biz odatda ma’naviyat haqida, uning ma’no, nomazmuni, hayotimizdagi о‘rni va ahamiyati hamdsa kо‘p gapiramiz. Lekin negadir aksariyat hoshfda kо‘pchilik ma’naviyat о‘zi nima, degan sa zlga aniq va lо‘nda javob berishga qiynaladi. Unday bunday holatga о‘z shaxsiy tajribamda kо‘p bor guvoh bо‘lganman. Mas’ul rahbarlik lavozilariga nomzodlarni tanlashda о‘tkaziladigan jarayonida ularning professional mala yui, bilimi, tashkilotchiligi, hayotiy tajribasi insoniy fazilatlari bilan bir qatorda ma’n viy saviyasiga ham alohida e’tibor qarataman. V; kо‘p hollarda, ma’naviyat haqida beriladigan sa yul-larga har xil, ba’zan esa bir-biriga qarama-qarshi, qandaydir noaniq, sayoz javoblarni ham eshitishga tо‘g‘ri keladi. Inson ma’naviy olamining yuksalishi bilan bog‘liq turli holatlar haqida kо‘p gapirish mum-kin. Lekin, muxtasar qilib aytganda, Ollohning о‘:i bizga buyurgan komil inson bо‘lish, halol-lik va adolat bilan hayot kechirish kabi olija-n)b fazilatlarning ma’no-mazmunini nafaqat chuqur anglash, balki ana shunday xususiyatlarga ega bо‘lish, ularga amal qilib yashash — odamzot-N1ng ma’naviy boyligini belgilab beradigan asosiy mezon, desak, hech qanday xato bо‘lmaydi. О‘ylaymanki, bunday xulosani insoniyat о‘z ong-li hayoti davomida doimo orzu qilib, intilib kelgan yuksak ma’naviy idealning falsafiy ifodasi, mantiqiy natijasi sifatida qabul qilish. Download 69.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling