8-mavzu. Milliy o’zlikni anglash, milliy g’urur va millatga sadoqat – yuksak ma’naviy burch
Milliy o’z-o’zini anglash. Millat va davlat rivoji. Millat hayotida tilning roli. Milliy o’yg’onish mafkurasi. Uchunchi Renessans. Milliy iftixor. Milliy qadr-qimmat. Milliy mahdudlik va xudbinlik.
9-mavzu. Iymon, mehr-shafqat, poklik va halollik – shaxsning oliyjanob fazilatlari
Iymon. E’tiqod. Diyonat. Mehr-shafqatlilik. Poklik va halollik.
10-mavzu. Ota-onaga izzat-hurmat, oilaga sadoqat va g’amxo’rlik – shaxs ma’naviyatining yuksak ifodasi
Farzandlarning ota-onaga hurmati. Oila va jamiyat. Nikoh va er-xotin tengligi. Bola tarbiyasi. Oilaviy burch.
III. Amaliy mashg’ulotlar bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg’ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
Ma'naviyat tushunchasining mazmun-mohiyatini va uning jamiyat hayotidagi belgilarini o'rganish.
Ma'naviyatni yuksaltirishga qaratilgan hujjatlar va asarlarni o'rganish.
Ijtimoiy kayfiyat, ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy fikrni o'rganish.
Jamiyatdagi ma'naviy faoliyat, munosabatlar va manfaatlarni o'rganish.
Yurtimizning ma'naviy qadriyatlarini o'rganish.
Yurtimiz mustaqilligi, taraqqiyparvarlik va milliy g'oyaning jamiyatdagi ahamiyatini o'rganish.
Milliy ma’naviyat omillarini o'rganish.
Umuminsoniy ma'naviyat omillarini o'rganish.
Ma'naviyatning siyosat va iqtisod bilan bog'liqligini o'rganish.
Ma'naviyatning huquq, mafkura va din bilan bog'liqligini o'rganish.
Ma'naviy barkamol insonning shakllanishini o'rganish.
Vatanparvarlik va insonparvarlik qadriyatlarini o'rganish.
Milliy o’zlikni anglash, milliy g’urur va millatga sadoqat qadriyatlarini o'rganish.
Iymon, mehr-shafqat, poklik va halollik qadriyatlarini o'rganish.
Ota-onaga izzat-hurmat, oilaga sadoqat va g’amxo’rlik qadriyatlarini o'rganish.
Amaliy mashg‘ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir professor-o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi zarur. Mashg‘ulotlar faol va interaktiv usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |