Ma’naviyatshunoslik


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1624868
  1   2
Bog'liq
Asliddin Ma\'naviyat

PowerPoint <a href="/theme-highlights-and-key-ideas-in-presentation-developing-pres-v2.html">Presentation</a>

Mavzu: 
“Ma’naviyatshunoslik” fanining ob’ekti, 
predmeti va ma’naviyatning jamiyat hayotidagi o‘rni
Reja:
1
. “Ma’naviyatshunoslik” fanining ob’ekti
2
. “Ma’naviyatshunoslik” fanining predmeti
3
. Ma’naviyatning jamiyat hayotidagi o‘rni


“Ma’naviyat” tushunchasiga ilmiy, falsafiy, adabiy, 
axloqiy yoki oddiy tilda ifodalanadigan ko‘plab ta’riflarni
keltirish mumkin. Shu nuqtai nazardan qaralganda
olimlarimiz tomonidan tayyorlangan ilmiy maqolalar, 
risolalar, o‘quv qo‘llanmalar, lug‘atlarda “Ma’naviyat” 
tushunchasi va uning tamoyillariga o‘ziga xos izoh va
ta’riflar berib kelinmoqda. Bunga sabab “Ma’naviyat” 
tushunchasi keng ma’noda jamiyat hayotidagi g‘oyaviy, 
mafkuraviy, ma’rifiy, madaniy, diniy va axloqiy
qarashlarni o‘zida to‘la mujassam etgan ijtimoiy-
ma’naviy hodisa ekanligidir
.


Aslida ma’naviyat – insonni jamiki boshqa
mavjudotlardan ajratib turadigan eng
baquvvat ma’naviy-ruhiy omil hisoblanadi. 
Inson – tabiatning, barcha mavjudotning
gultoji- deyilganda uning ushbu xislati, ya’ni
yuksak ma’naviyat egasi bo‘la olish
imkoniyati nazarda tutiladi. Bu imkonni
boshqa jonzotlarda ko‘rmaymiz. 


Hozirgacha mavjud adabiyotlarda ma’naviyat
tushunchasining 6 xil etimologik talqini beriladi:
1. «Ma’ni» - turkcha, «ma’noli» so’zidan olingandir. Ma’no izlagan
ma’naviyat sari intiladi. «Bama’ni odam va bema’ni odam».
(Sultomurod Olim talqini).
2. «Ma’ni» forscha, fe’l–atvor, ruhiyat demakdir (lug’atlarda).
3. «Ma’naviyya» - arabcha, «lashkar ruhi» - demakdir. 
(S.Karomatov talqini).
4. «Ma’na» - arabcha, «mohiyat» demakdir. O’zbek tilining izohli
lug’ati. T. 1988.
5. «Ma’naviyat» - axloqiy demakdir. (M. Imomnazarov talqini).
6. «Ma’nas»- sanskrit tilida «aql» demakdir. (A.Erkaev talqini).


Moddiy narsalar odamga jismoniy oziq va
quvvat bersa, ma’naviyat unga ruhiy oziq va
qudrat bag‘ishlaydi. Faqat moddiy jihatdan
ta’minlanish bilan kifoyalanish – ongsiz va
ruhsiz mahluqotlarga xos. Ma’naviyatga
intilish esa ruh va ong egasi bo‘lmish
odamzotgagina xos fazilatdir. Ma’naviyat
odamning aqliy va ruhiy olami majmui kabi
murakkab ijtimoiy hodisadir.


Birinchi Prezidentimiz I.Karimovning «Yuksak ma’naviyat-
engilmas kuch” asarida insonni inson qiladigan, uning
ongi va ruhiyati bilan chambarchas bog‘langan bu
tushuncha har qaysi odam, jamiyat, millat va xalq
hayotida hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydigan o‘rin
tutishligini uqtirib: «Ma’naviyat - insonni ruhan poklanish, 
qalban ulg‘ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, 
irodasini baquvvat, iymon – e’tiqodini butun qiladigan, 
vijdonini uyg‘otadigan beqiyos kuch, uning barcha
qarashlarining mezonidir” deb ta’riflagan edilar



Mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga
kiritgunga qadar ilmiy adabiyotlarda
“Ma’naviyat” 
mustaqil ilmiy tushuncha sifatida
qo‘llanilmagan edi. Shu bois bu tushunchani
chuqurroq o‘rganishga bo‘lgan qiziqish
ayniqsa Prezidentimizning unga bo‘lgan
e’tiboridan keyin oshib ketdi.


Bir qator olimlarimiz anjumanlarda qilgan
ma’ruzalarida «ma’naviyat – insondagi
axloq, odob, bilim, ilm, iymon, ixlos va
insoniyat kamoloti uchun ijobiy ta’sir
qiluvchi tizim yoki ma’naviyat- insonning
aqliy, axloqiy, ilmiy, amaliy, mafkuraviy
qarashlar yig‘indisi hisoblanib, diniy va
dunyoviy qarashlarning aks etish
darajasidir», deb ta’rif berib kelmoqdalar. 


A.Erkaevning fikricha,
«Ma’naviyat – insoning ijtimoiy – madaniy
mavjudot sifatidagi mohiyatidir, ya’ni
insonning mehr-muruvvat, adolat, to‘g‘rilik, 
sofdillik, vijdon, or-nomus, vatanparvarlik, 
go‘zallikni sevish, zavqlanish, yovuzlikka
nafrat, iroda, matonat va shu kabi ko‘plab asl
insoniy xislatlari va fazilatlarining uzviy birlik, 
mushtaraklik kasb etgan majmuidir»


M.Imomnazarov dastlab
“Ma’naviyat inson qalbidagi ilohiy nur», -deb
yozgan bo‘lsa, keyinchaliklik «Ma’naviyat –
inson qalbida, ko‘ngil ko‘zgusida aks etgan
haqiqat nuridir, deyilgan ta’rif darhaqiqat, 
so‘fiyona ramziy ta’rifdir, zotan boshqacha
ta’rif bu cheksiz mohiyatni cheklab qo‘yadi»,
-deb yozadi. 


E. Yusupov insonda mavjud bo‘ladigan hamma
xislatlar va fazilatlar emas, balki ijobiylarigina
ma’naviyat bo‘la olishini ko‘rsatib: «Ma’naviyat –
inson axloqi va odobi, bilimlari, istedodi, qobiliyati, 
amaliy malakalari, vijdoni, iymoni, e’tiqodi, 
dunyoqarashi, mafkuraviy qarashlarning bir – biri
bilan uzviy bog‘langan, jamiyat taraqqiyotiga ijobiy
ta’sir etadigan mushtarak tizimdir», -deb
ta’riflaydi. 


T. Mahmudov
«Ma’naviyat – insonning ma’lum darajadagi
jismoniy, aqliy, ahloqiy va ruhiy balog‘ati va
dunyoqarashini ifodalovchi tushunchadir», -
degan ta’rifni beradi.


Respublikamiz olimlari tomonidan «Ma’naviyat» tushunchasiga
berilayotgan ta’riflarni va uning inson, millat, xalq, jamiyat
hayotida tutgan o‘rni to‘g‘risida ilgari surilayotgan g‘oyalarini
umumlashtirgan holatda ma’lum bir umumlashgan xulosa
chiqarish mumkin bo‘ladi.
Shunday qilib ma’naviyat – insonning ruhiyatini, uning o‘z-o‘zini
anglashi, didi, farosati, adolat bilan razillikni, yaxshilik bilan
yomonlikni, go‘zallik bilan xunuklikni, vazminlik bilan johillikni
ajrata bilish qobiliyatini, aql-zakovatini, yuksak maqsad va
g‘oyalarni qo‘ya bilish, ularni amalga oshirish uchun harakat
qilish va intilish salohiyatidir, - deb ta’rif berish o‘rinli deb
hisoblaymiz



Ma’naviyat inson tug‘ilishida ona suti, uning allasi, 
mehri, ajdodlar o‘giti, Vatan tuyg‘usi, bu hayotning
ba’zida achchiq, ba’zida quvonchli saboqlari bilan
qatra-qatra bo‘lib shakllanadi. 
Uning qaror topishida oiladagi muhit, jamiyatdagi
hamjihatlik, davlat olib boradigan siyosatdagi
adolatparvarlik va insonparvarlikning qay darajada
amal qilinishi asosiy o‘rinni egallaydi.


Har bir oila farzandining ongi asosan 5-7 yoshda
shakllanishini inobatga oladigan bo‘lsak, aynan
ana shu davrda uning qalbida oiladagi muhit
ta’sirida ma’naviyatning ilk kurtaklari namoyon
bo‘la boshlaydi. Mana shu davrda bola hamma
yaxshi-yomon narsalarni tushunib, anglay
boshlaydi. Ota-onasiga, bobo va momolariga
mehr va hurmati, o‘zini o‘rab turgan muhitga
nisbatan munosabati kundan-kunga takomillashib
boradi.


Agar ota-ona, katta o‘g‘il-qizlar o‘zini tutishni
bilmasa, axloq-odob bobida kichiklarga o‘rnak
bo‘lish o‘rniga qo‘pol muomila qiladigan bo‘lsa, 
bu holat bola ma’naviy olamining shakllanishiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Vaqti- soati kelib, uning
xarakterida inson degan nomga noloyiq, xunuk
odat sifatida namoyon bo‘ladi. Oiladagi
ma’naviy muhit va tarbiya tufayli bola yo
mehribon va rahmdil, yoki xudbin va bag‘ritosh
bo‘lib voyaga etishi mumkin. Oilaviy tarbiya
masalasida xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun avvalo
har qaysi xonadondagi ma’naviy iqlimni o‘zaro


Farzandga mehr qo‘yish, ularning qornini to‘q, 
ustini but qilish o‘z yo‘li bilan, lekin
farzandlarimizni yoshlik chog‘idan boshlab milliy
tarbiya, axloq-odob, yuksak ma’naviyat asosida
voyaga etkazish nafaqat oila uchun, balki jamiyat
uchun ham dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. 
Farzand tarbiyasiga e’tibor bermaslik nafaqat ota-
onalar, butun bir oila, butun jamiyat uchun juda
qimmatga tushishini ko‘pgina hayotiy misollarda
ko‘rish mumkin.


Barcha fanlarda bo‘lganidek, ma’naviyatning
ham mustaqil predmeti mavjuddir. Uning
predmeti inson va jamiyat ma’naviy hayoti, 
maqsadi esa komil inson – iymon etiqodi
butun, irodasi baquvvat, erkin fuqaro
ma’naviyatini shakllantirish va jamiyat
ma’naviy salohiyatini rivojlantirishdir.


Odam ota – onadan tug‘iladi, ammo uning axloqi, odob
borasidagi fazilatlari, ya’ni ma’naviy dunyosi jamiyatda, 
ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy munosabatlar ta’sirida shakllanadi. 
Insonning ma’naviy olami asosan ijtimoiy taraqqiyotning
mahsuli bo‘lsa ham, u o‘z navbatida, jamiyat taraqqiyotiga
nihoyatda katta ta’sir ko‘rsatadi, uni belgilab beradigan
omillardan biri sanaladi. Odamlarda axloq, odob, iymon, 
vijdon, xalollik, mehnatsevarlik, milliy va insoniy g‘urur
tuyg‘usi, burch va mas’uliyatni his qilishi qanchalik kuchli va
yuqori bo‘lsa, jamiyat taraqqiyotining zaminlari ham
kengayishiga, tinchlik, osoyishtalik, hamjihatlik barqaror
bo‘lishiga olib keladi. 


Islom Karimov Oliy Majlisning Birinchi
chaqiriq, Birinchi sessiyasida so‘zlagan
nutqida:
«Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan etuk
odamlar hal qiladi. Texnikaviy bilim, 
murakkab texnologiyani egallash qobiliyati
ma’naviy barkamollik bilan, mustaqil tafakkur
bilan birga borishi kerak. Aqliy zakovat va
ruhiy-ma’naviy salohiyat – ma’rifatli insonning
ikki qanotidir», - deb ko‘rsatgan edi. 


“Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch” asarida ta’kidlaganidek: 
“Jahon xalqlari tajribasi, ularning bosib o‘tgan murakkab
rivojlanish yo‘llari, bu boradagi saboq va xulosalar shundan
dalolat beradiki, qaerda davlat va jamiyat taraqqiy topsa, 
xalqning tinch-osoyishta hayot kechirishi, o‘z oldiga ezgu va
buyuk maqsadlar qo‘yib yashashi uchun etarli shart-sharoitlar
yaratilgan bo‘lsa, o‘sha erda erkin fikrlash muhiti va shu asosda
ma’naviyat yuksalish uchun yangi imkoniyatlar tug‘iladi.”
Ma’naviyat insonning, xalqning, jamiyat va davlatning buyuk
boyligi va kuch-qudrat manbai sanaladi. Ma’naviyatsiz hech
qachon jamiyatda odamiylik va mehr-oqibat, baxt va saodat
bo‘lmaydi.


Ma’naviyatshunoslikning mustaqil fan sifatida
shakllanib va takomillashib borishi uning jamiyat
taraqqiyoti va komil insonni tarbiyalashdagi rolini
oshirmoqda. 
Ma’naviyat- davlat siyosatida ustivor sohaga ko‘tarildi
va u o‘zining ijobiy natijalarini ko‘rsata boshladi
.


Islom Karimovning 2 chaqiriq Oliy majlisning
1 sesiyasida qilingan ma’ruzasida ham ma’naviyat masalasi XXI 
asr bo‘sag‘asida ikkinchi ustivor yo‘nalish deb qaraldi. Hozirda
erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi
oldimizda turgan eng dolzarb vazifa ekanligi qayd etildi. 
Boshqacha aytganda, o‘z haq-huquqlarini taniydigan, o‘z kuchi
va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo‘layotgan voqea
– hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondoshadigan, ayni
zamonda shaxsiy manfaatlarni mamlakat va xalq manfaatlari
bilan uyg‘un holda ko‘radigan erkin, har jihatdan barkamol, 
sog‘lom avlodni tarbiyalashimiz kerak ekanligi uqtirildi. 


Birinchidan, jamiyatda amalga oshiriladigan barcha
vazifalarning taqdiri, unda yashaydigan odamlarning
tafakkuri, ongi qay darajada o‘sishi bilan bog‘liqdir. 
Ularning ongi va tafakkurini amalga oshirmoqchi
bo‘lgan vazifalar mohiyati va manfaati yo‘nalishidan
kelib chiqqan holda o‘zgartirmasdan turib ko‘zlangan
maqsadga erishib bo‘lmaydi. Ana shu ma’noda ham
ma’naviyat jamiyat hayotini o‘zgartirishning muhim
mexanizmi hisoblanadi va har qanday davlat o‘z
maqsadlari va manfaatlaridan kelib chiqqan holda uni
rivojlantirishga ustivorlik bilan qaraydi.


Ikkinchidan
, mustaqillikning dastlabki yillarida sobiq Sovet mafkurasidan
voz kechish bayrog‘i ostida umuman har qanday mafkuraga qarshi
kurash boshlandi. Bu o‘z navbatida odamlarning ma’naviyatiga, 
shakllangan qadriyatlariga ham o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkaza boshladi. 
Ayniqsa, matbuotlarda ba’zi olimlar, birinchi navbatda iqtisodiy tafakkurni
shakllantirish zarur, ma’naviyat esa ana shu iqtisodiy tafakkur zaminida
yuzaga keladi degan fikrlarni ilgari sura boshladilar. Oqibatda odamlar
ruhiyatida yana bir tomonlama ketish turmush tarzida etakchi o‘rinni
egallay boshladi. Bu o‘z navbatida, milliy manfaatlar yoki vatanparvarlik
haqida qanchalik gapirmaylik, u o‘zining biz kutayotgan natijalarini
bermasdan, balki odamlarda shaxsiy manfaatlarga ustivorlik berishga
xizmat qila boshladi. Bunday salbiy jarayonning yuzaga kelishi yangi
jamiyat qurish uchun xatarli
.


Uchinchidan,
mustaqillikning dastlabki yillarida yuzaga kelgan
iqtisodiy muammolar oldida odamlarning aksariyat qismi
dovdirab qoldi, ko‘pchilik hollarda yoshlarning ta’lim olish, kasb
o‘rganish, san’at va badiiy asarlarga qiziqishdan ko‘ra bozorga
chiqish, pul topishga intilish xavfini yuzaga keltirdi. To‘g‘ri, pul
topish, o‘z hayotining iqtisodiy imkoniyatini mustahkamlash har
bir inson uchun hayotiy ehtiyoj va zarurat hisoblanadi. Ammo bu
ehtiyoj shaxs va millat kamoloti manfaatlariga zid bo‘lmasligi, 
ularning ma’naviy qashshoqlashib ketishiga xizmat qilmasligi
lozim. Ana shu yuzaga kelayotgan xavfli jarayonning oldini olish
zarur.


To‘rtinchidan, 
sobiq ittifoq sharoitida fan, texnika, maorif, 
oliy ta’lim, bir qator sanoat korxonalarini vujudga keltirish va
rivojlantirishda ko‘pgina yutuqlar qo‘lga kiritilgan edi. Ammo, ular
markaz va qolaversa «katta og‘a» manfaatlariga xizmat qilgan. 
Ana shu potensial sobiq Ittifoqdosh Respublikalarga turli
bahonalar bilan rus millati vakillarini yuborish, ularni mahalliy
xalqni boshqarish, ularga rus turmush tarzi, tili, urf-odatlarini, 
xarakterini singdirish hisobiga mamlakatda rus millati
ma’naviyati ustivorligiga tayanuvchi yagona til, ma’naviyat va
turmush tarzini shakllantirishga xizmat qilib kelgan edi. 


Bunday ayyorona va zo‘ravonlik siyosati oqibatida
millatlarning o‘zligini anglashga bo‘lgan intilishiga
katta zarb berildi. Bu sobiq ittifoqda umummilliy
inqirozni yuzaga keltirdi.
Bu inqiroz millatning «yo‘q» bo‘lib ketishi xavfini
vujudga keltiradi.Bunday salbiy jarayonning oldi
olinmasdan, millatning rivojlanishiga erishib
bo‘lmaydi. Uni bartaraf etish faqat milliy
ma’naviyatni tiklash va rivojlantirish orqali amalga
oshirilishi mumkin. 


Beshinchidan, 
ma’naviyatning davlat siyosatida ustivor
bo‘lishiga yana bir sabab, millat son jihatidan kattami yoki
kichikmi bundan qattiy nazar, uning real sub’ekt, ma’lum
moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchisi, iste’molchisi, 
boshqalarda uchramaydigan, o‘ziga xos xususiyatlari
mavjudligini va o‘zining mustaqil o‘rniga ega bo‘lishi kabi
omillarni, ya’ni chinakam millat sifatidagi maqomini tiklash
hayotiy ehtiyoj darajasiga ko‘tarilgan edi. Uni hal etish
millat va davlatning kelajagi uchun amaliy ahamiyatga
egadir.


Oltinchidan,
o‘zbeklar jahon sivilizatsiyasiga ulkan
hissa qo‘shgan xalqdir. Uning ma’naviyat, fan, 
madaniyat sohasidagi erishgan yutuqlari jahon
xalqlariga asrlar osha xizmat qilib kelmoqda. Ammo
sho‘rolar tuzumi davrida ajdodlari tomonidan yaratilgan
ana shu yutuqlarni o‘zbek xalqining ongi va qalbidan
«chiqarish» borasida ham katta ishlar amalga oshirilgan
edi. Mustaqillik sharoitida esa uni qayta tiklash, jahon
sivilizatsiyasidagi munosib va adolatli o‘rnini tiklash
zarur edi. Bunga esa faqat ma’naviyatni rivojlantirish
orqali erishish mumkin
.


Yettinchidan, ma’naviyat millatni va butun mamlakat
aholisini ma’lum maqsadlar sari davlat atrofiga
uyushtiruvchi, ularni faollashtiruvchi, yorqin kelajakka
ishontiruvchi, inson zotini ulug‘lovchi, uning qadrini
anglatuvchi ulkan «mexanizm» hamdir. Xuddi ana shu
muhim «mexanizm»dan mustaqillikni mustahkamlash, 
islohotlarni amalga oshirish, millatimizning qaddini
ko‘tarishda foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj davlatimiz, eng
avvalo birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan o‘z
vaqtida anglab olindi.


Shu sababli Respublika Prezidenti 1994 yil 23 aprelda
«Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazini tashkil qilish
to‘g‘risida»; 
1999 yil 3 sentyabrr’da «Respublika ma’naviyat va ma’rifat
kengashini qo‘llab-quvatlash to‘g‘risida» farmonlarini chiqardi. 
1996 yil 9 sentyabrr’dagi “Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik
markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini
oshirish to‘g‘risida” farmonda, «…ma’naviy-ma’rifiy islohotlar
davlat siyosatining asosiy, ustivor yo‘nalishi, deb hisoblansin»,
deb belgilandi.


1998 yilning 24 iyulida Vazirlar mahkamasi «Ma’naviy –
ma’rifiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va uning
samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qaror
qabul qildi.
Yuqorida qayd etganimizdek, Oliy Majlisning ikkinchi
chaqiriq birinchi sessiyasida ham jamiyat ma’naviyatini
yanada yuksaltirish, islohotlarni amalga oshirishda davlat
siyosatining ustivor yo‘nalishi ekanligi yana bir bor qayd
etildi. Bu sohadagi muhim vazifalar, oldimizda turgan
muammolar va ularni kechiktirmay hal etish zarurligiga
xalqimiz e’tibori qaratildi
.


14-20-Guruh 
Talabalari Tomonidan Tayorlandi.
ETibor uchun rahmaT

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling