Ma’naviyatshunoslik Zoirov Baxtishod
Download 0.79 Mb.
|
Demokratiyaning manaviy qiyofasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- E’tiboringiz uchun rahmat!
Ma’naviyatshunoslikZoirov BaxtishodDemokratiyaning ma’naviy qiyofasi
Demokratiya —(qadimgi yunoncha: δημοκρατία — „xalq hokimiyati“) — barcha insonlar tenglik bilan kollektiv qarorga kelish imkoniga ega siyosiy tuzum. Demokratiyada fuqarolar erkinligi va tengligi qonunlarda mustahkamlangan, xalq hokimiyatchiligining vosita va shakllari amalda oʻrnatilgan va yuzaga chiqarilgan boʻladi. Demokratiya davlat bilan inson munosabatlarini belgilaydi. Demokratiyaning asosiy talablari koʻpchilik hokimiyati, fuqarolar teng huquqligi, ular huquq va erkinliklari himoyalanganligi, konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi, hokimiyatning boʻlinishi, davlat boshligʻi va vakolatli organlarning saylab qoʻyilishidir. Demokratiyaning bevosita demokratiya (asosiy qarorlar yigʻilishlarda bevosita barcha fuqarolar tomonidan yoki referendumlar yoʻli bilan qabul qilinadi) va vakillik demokratiyasi (qarorlar saylab qoʻyiladigan organlar tomonidan qabul qilinadi) shakllari bor. Kishilik jamiyati paydo boʻlgandanoq, demokratiyaning kurtaklari bor edi va u hozir eng taraqqiy etgan mamlakatlarda ham oʻzining soʻnggi choʻqqisiga erishganicha yoʻq. Davlat bilan birga vujudga kelgan demokratiya insoniyat tarixi davomida turli milliy-madaniy shart-sharoitlarga moslasha borgan. Demokratik davlatda inson manfaati, qadr-qimmati, hayoti har narsadan yuqori turadi. Bunday davlat oʻzini oʻzi boshqarish, koʻp partiyalilik, ommaviy axborot vositalarining erkin boʻlishi, fikrlar xilma-xilligiga sharoit yaratadi. Demokratiyaning ajralmas qismi intizom, qonunlarni hurmat qilish, boshqalarning haq-huquqini himoya qilishdir. Demokratiya tartibotlari huquqiy davlatda mukammal rivojlanib boradi. “Demokratiya” soʻzining lugʻaviy maʼnosi – “xalq hokimiyati”dir. Uning mazmunini xalq tomonidan shakllantiriladigan, boshqariladigan va nazorat qilinadigan siyosiy tizim tashkil etadi. Demokratiyaning ma’naviy qiyofasi: Demokratiya buyuk qadriyat hamdir. Lekin u umumxalq manfatini hisobga olib unga tanyasagina qadriyaga aylanishi mumkin. Demokratiyani oliy qadriyat darajasiga tushunish yoki toptash avvalo har bir insonning ichki madaniyatidan, ma’naviy qiyofasidan, so‘ng esa butun millatning madaniy saviyasidan, onglilik darajsidan, siyosiy va ijtimoiy faolligidan dalolat beradi. E’tiboringiz uchun rahmat!Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling