Annotatsiya. Ushbu ijodiy ishda jamiyatda kishilarning ma’naviy qiyofasidan ko’ra moddiy manfaatlarining ustun qo’yilganligi inson ruhiyatiga qay darajada ta’sir etishi aks ettirilgan. Kalit so’z
Download 21.67 Kb.
|
8-Adabiyot yo'nalishi Jo'rayeva Tozagul
OLISLARNI KO’ZLAGAN YO’LOVCHI T.Jo’rayeva Shahrisabz tuman 25-maktabning ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi telefon +998990438519 Annotatsiya. Ushbu ijodiy ishda jamiyatda kishilarning ma’naviy qiyofasidan ko’ra moddiy manfaatlarining ustun qo’yilganligi inson ruhiyatiga qay darajada ta’sir etishi aks ettirilgan. Kalit so’z: Insoniy tuyg’ular, ruhiy kechinmalar, moddiy manfaat hissi, shaxslar qiyofasi. -Iltimos, ovozini pasaytiring… Sabina boshini mashina oynasiga ohista qo’yib, o’z xayollarida davom etdi. Taksi haydovchisi qulog’ini qomatga keltiradigan, buning ustiga ma’nosiga tushunib bo’lmaydigan ”rep” yo’nalishidagi qo’shiqni o’chirar ekan, mashina oynasini burib, Sabinaga nazar soldi-da: -Ha, singlim bosh og’rig’imi? Sabina uning so’zlarini eshitmadi. Tinimsiz mutolaadan toliqqan, ma’yus tortib qolgan ko’zlarini yo’l chetidagi uylardan, atrofdagi kishilardan uzmasdi. -Rosa charchabsizmi deyman, singiljon…?! Sabina loqaydlik bilan haydovchiga qaradi -Yo’q unchalik emas, shunchaki mashinada atrofni tomosha qilishni yoqtiraman. Gapirganingizni payqamabman. -Ha… Mana men bir kunda qanchadan-qancha kishilarni manziliga eltib qo’yaman, boshqasini olib qaytaman. Har xil kishilarni uchrataman… Odamlar juda qiziq-da. Haydovchi o’zini juda ko’p gapirib yuborgan “his” qildimi, qizga qarab turdi-da… -Singlim, sizni bezovta qilmayapmanmi o’zi zerikib ketmaylik, uzoq yo’l. -Yo’q, yo’q, bemalol… Qiz haydovchining taklifini tabassum bilan qarshi oldi. -Odamlar qiziq-da, tunov kuni bir kampir mashinamga o’tirdi. Qancha yo’l yurdik, qancha vaqt ketdi, u bilan ishi yo’q. 800 so’m berib tushib ketyapti. Ey, onaxon, yo’l haqi 1000 so’m bo’ladi desam_”Duo qilaman deydi.” “Duoyingizni nevaralaringizga olib qo’ying-da, 200 so’m uzatvoring”, dedim. -Nima sizga duo kerakmasmi? Sabina jiddiy ohangda so’radi. -Ey, singiljon, hozir duo bilan kishining qorni to’yarmidi? Bundan tashqari, bugunning odamiga, na munkillagan keksa-yu, na endi “inga”lagan chaqalog’iga ham ishonib bo’lmaydi. Biz “bir oyog’i go’rda” deb o’ylagan qariyalar ham nechtani go’rga jo’natib, orqasidan ro’molcha silkib turadi. Qiz qoshlarini chimirib, bir nimadan norozi ohangda: -Agar sizdek kishilar soni 50 foizdan oshib ketsa, nima bo’lishini o’ylasam, yuragim orqaga tortadi. Haydovchi negadir chuqur nafas chiqardi: -Hali yoshsizlar, sizlar faqat yaxshi so’zlar-u go’zalliklarni izlaydigan yoshdasiz. Sizlarga bitta gap kam, ikkitasi ortiqcha. Sabina beixtiyor kulib yubordi: -Xuddi 75 yoshni qarshilagan Hoji buvimning gapini gapirasiz-a? -Aql yoshda emas… Yosh bo’lsam-da, hayotda ko’p narsaning guvohi bo’lganman. Biz sovuqda ham, yozning jaziramasida ham yo’ldamiz. Yo’l yoqalab turgan o’tkinchilarni olib ketamiz. Evaziga ular xuddi maoshni kesib qolgan hisobchidek, yo’l haqqini kam berishadi. Ichingga yutsang-ku yaxshi, bordi-yu “muncha bo’ladi” deb aytsang bormi, urdi xudo, iymonsizga chiqib qolasan. XAYOL
Mashina oynasiga urilayotgan yomg’ir qizga yo’lovchilarni ko’rishga imkon bermay qo’ydi. Haydovchining baland ovozidan qizning xayollari oynaga urilayotgan yomg’ir tomchilaridek yoyilib ketdi. Xayollar tumani ichidan bolaligi, qo’lidan tutgan onasi gavdalandi. O’shanda ular shaharga “kata amaki”ning uyiga kelishayotgandi. Sabina juda baxtli. Chunki bugun shirinliklarni istaganicha yeydi. Katta amakisi “boy”. Bu so’zning ma’nosini qizcha tushunmaydi, har holda, oyisi katta amakisi haqida gapirsa, shu so’zni qo’shib aytadi. Ularning uyida shirinliklar turfa xil. Hamma-hamma narsa bor. Sabinaning oyisi esa, har kuni sholg’om qaynatadi. Hatto u qaynatilmagan kuni ham uydan sholg’om isi anqib turadi. Qizchaning akasi Salim shaharda o’qiydi. Sabina oyisiga ko’ylak olib bering, deb hiqqillagan paytlari “Qizim,hamma pul Salim akangga ketyapti, u o’qishni bitirib kelsa,senga eng chiroyli ko’ylaklarni olib beradi”, deydi oyisi. Lekin Salim akasiga hecham ko’p pul bergan emas. Faqat tez-tez kontrakt degan so’zni ishlatganda oyisi chuqur tin oladi, rangi o’zgaradi, qoshlari chimiriladi. Qizcha bu so’zni ko’chasida eng ko’p urishadigan, kiyimlari doim ivirsib yuradigan Yorqin baqaloqdan ham battar yomon ko’radi. Shuning uchun dadasi yoki akasi shu so’zni aytganida, yugurib kelib oyisini quchib o’padi. Oyisining qoshlarini chimirib, “xunuk oyi” bo’lishini istamaydi. Endi akasi o’qishni tamomlab, ishlayapti. Oyligi ham, obro’si ham yaxshi. Ayol boshi bilan yolg’iz o’g’lini o’qitib olgan onaning endi ko’zlari nurli. Xohlagan taomni tayyorlab yeyishadi. Sabina xayol daryosiga g’arq bo’ldi. O’sha, bolaligida mehmonga ketayotgan kunlarini esladi… YO’L HAQQI Qizcha yo’l-yo’lakay hamma yoqni tomosha qilib bordi. Shu alfozda ancha yurishdi. Oyisi sekin turtib “keldik” dedi. Taksidan tushayotib oyisi yo’l haqini uzatdi. Xuddi daraxtzorga tosh otganda tinchi buzilgan qushlar galasi shovqin ko’targandek, haydovchi ham birdan bobillab berdi: -Opa, nima, gadoyga sadaqa beryapsizmi? Nima qilaman bu yamoq pullaringizni, yana kam berganingizga-chi…? …Ayol boshqa yo’lovchilar yonida xijolat bo’lardi: -Voy,ukajon, shovqin solmasangiz-chi, pulning eskisi bo’ladimi… Oyisi negadir yamoq deya olmasdi. _Hm…Uyalsangiz, yo’l haqqini to’lab qo’ying- haydovchining ko’z qorachig’i kengayib, kattarib ketdi. Ayol uni boshqa gapirtirmaslik uchun karmonidan yana pul olib, unga uzatdi. Takror-takror uzr so’rab,mashina eshigini yopdi. Katta amakilarinikida ham, uyga qaytgach ham oyisi igna ustida turgandek edi. Ertalab oyisining ko’zlari qizarib, shishganini va ancha paytgacha g’alati bo’lib yurganini eslab, taksi ichida havo yetmayotgandek tuyuldi. ”Nimaga kishilar pulni muncha yaxshi ko’radilar”-deya kayfiyati buzildi. Yo’l-yo’lakay faqat puldan gapirib kelayotgan haydovchining so’zlarini eshitgisi kelmasdi. -Meni qoldirib keting… -Keldikmi…? -Men hali uzoq yurmoqchiman. Juda olislarni ko’zlaganman. Lekin taksi ichidagi havo yoqmayapti. U mashinadan tushib toza havodan yutoqib nafas oldi va tez-tez olg’a yurib ketdi. FOYDANALILGAN ADABIYOTLAR Adabiyotshunoslik nazariyasi. Izzat Sulton. Adabiyotshunoslikka kirish. D. Quronov. Download 21.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling