Manbashunoslik


 .1 0. «Tarixi jahonkushoy»


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760275
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

4.4 .1 0. «Tarixi jahonkushoy»
175


Muham m ad, “ Kitob al-faxriy” asari muallifi Abu J a ’far Jaioluddinning 
otasi boshchiligida unga qarshi zimdan kurash boshladilar. Oqibatda, ular 
Juvayniyni mansabini suiiste’mol qilib, xazinani birqismini o ‘zlashtirganlikda 
aybladilar. Juvayniy odam yollab qozi Tojuddin Alini o'ldirtirdi, lekin bu 
bilan muxoliflarining t a ’qibidan qutulib qololmadi. O 'sha yilning o ‘zida 
Abaqaxon Bag'dod devonini taftish qilish uchun odam yubordi. Taftish 
natijasida 250 tum an (bir tum an 10000 kumush dinorga teng) kam om ad 
borligi aniqlandi. Juvayniy qamab q o ‘yildi va kamomad undirib olingandan 
keyin hibsdan ozod qilindi va o ‘z mansabiga tiklandi.
Oradan o ‘n yil o ‘tgach, 1281-yili, Tojuddin ismli bir shaxs uni yana 
xazinaga “q o ‘l c h o ‘zishda” va yashirincha Misr bilan aloqa bogMaganlikda 
aybladi. Bag‘dodning moliyaviy xo'jaligi yana taftish qilindi va 300 tum an 
kamomad borligi aniqlandi. Juvayniy yana hibsga olindi, lekin kamomadni 
t o ‘lashga so‘z bergani uchun qam oqdan ozod qilindi. Lekin, butun yer- 
suv va qim m atbaho buyumlarni sotsa ham, kam om adning faqat 170 
tum anini qopladi, xolos. Juvayniy yana qam oqqa olindi, uni qiynoqqa 
soldilar, Bag‘dod k o ‘chalari b o ‘ylab yalangg‘och qilib olib o'tdilar. 
Juvayniy T o ‘qudar Ahm ad davri (1282—1284) da og‘asining yordamida 
hibsdan ozod etildi, musodara qilingan mol-mulki qaytarib berildi. Lekin, 
oradan k o ‘p o ‘tmay, shahzoda Arg‘un Bag‘dod devonini qaytadan taftish 
qilish va Juvayniyning mol-mulkini musodara qilishni buyurdi. 0 ‘sha 
vaqtda Juvayniy Ozarbayjonning Arronida edi. Bu xabar fojiaga olib 
keldi — 1283-yili Juvayniy yurak xurujidan vafot etdi.
A lo uddin O tam alik Juvayniy M o ‘g ‘uliston, 0 ‘zbe k isto n h a m d a
Eronning XIII asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixidan hikoya qiluvchi asari 
bilan shuhrat topti. Kitob 1260-yili yozib tam om langan.
“Tarixi jahonkushoy” asari uch qismdan iborat: 1) M o ‘g ‘ullar, ularning 
Chingizxon davridagi istilochilik yurishlaridan to Guyukxon (1246—1249) 
davrigacha, shuningdek, Jo'jixon, C hig‘atoyxon va avlodlari tarixi, 2) 
Xorazmshohlar va Xurosonning m o ‘g ‘ul hukmdorlari davridagi (1258- 
yilgacha) tarixi, 3) Eronning 1256— 1258-yillardagi ijtimoiy-siyosiy ahvoli
shuningdek, Ismoiliylarning diniy-harbiy uyushmasi va Ismoiliylar davlati 
(1090—1258) tarixi. Ismoiliylar tarixi M aym anduzdagi kutubxonada 
t o p i l g a n a s a r l a r , x u s u s a n I s m o i l i y l a r n i n g k o ‘z g a k o ‘ r i n g a n
namoyandalaridan Hasan Sabohning (taxminan 1055—1124) hayoti va 
faoliyati haqida hikoya qiluvchi “ Sarguzashti sayyidmo” ( “ Sayidimizning 
sarguzashtlari”) nomli kitob asosida yozilgan.
0 ‘rta Osiyo va 0 ‘zbekiston tarixi uchun “Tarixi ja h onkushoy” ning 
I—II qismlari alohida ahamiyatga ega. Asarning Xorazm va Xorazmshohlar
176


tarixiga oid qismi (II qism) bizgacha yetib kelmagan “ Mashorib at-tajorib 
va g ‘avorib a l - g ‘a r o ib ” ( “ Im tih o n n i salqinlashtirish joyi va ajoyib 
narsalaming yuqori darajasi”), Faxriddin Roziyning (1210-yili vafot etgan) 
“J a v o m e ’ u l - u l u m ” ( “ Ilm lar m ajm uasi” ) kitoblari asosida yozilgan. 
M o varounnahr va Sharqiy Turkiston tarixi, shuningdek, M o ‘g ‘uliston 
haqidagi xabarlar, asosan muallifning shu mamlakatlarga qilgan sayohatlari 
vaqtida to 'plangan m a ’lum otlar asosida yozilgan.
“Tarixi ja h o n k u sh o y ” ning forsiycha matni Mirzo M u h am m ad x o n
Qazviniy to m o n id a n 1912, 1916 va 1937-yillarda nashr etilgan. Asarning 
inglizcha va turkcha-usm onlicha (1 jildi) tarjimalari bor. Kitob t o ‘g ‘risida 
N. Toshev nom zodlik dissertatsiyasini yoqladi.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling