Manbashunoslik


Florio Benevini elchiligi to ‘g ‘risida manbalar


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760275
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

10.2.9.Florio Benevini elchiligi to ‘g ‘risida manbalar
Sharqqa katta harbiy kuch yuborish va uni qurol vositasi bilan egallash 
harakati Pyotr I (1682—1725) davridan boshlab kuchayib ketdi. Pyotr I 
A leksandr Bekovich-Cherkasskiyni m ukam m al qurollangan 5000 askar 
b ilan Xivaga, uni R ossiya hom iyligiga kiritish xususida xon bilan 
m uzokaralar olib borish uchun yubordi. Aslida bu shunchaki elchilik
102


em as, balki xonni chalg'itib, Xiva xonligini kuch bilan b o ‘ysundirishga 
qaratilgan harakat edi. Lekin Pyotr I m aqsadiga erisha olm adi. Bekovich- 
Cherkasskiy ekspeditsiyasi m uvaffaqiyatsizlikka uchradi. Sherg‘ozixon 
(1715—1728-yy.) Rossiya podshosining asl niyatini o ‘z vaqtida payqadi 
va A.Bekovich-Cherkasskiy ekspeditsiyasini d a f qildi.
S hundan keyin Rossiya Xiva va Buxoro xonliklarini b o ‘ysundirish 
payti kelm aganligini, uni osonlikcha b o ‘ysundirish m um kin em asligini, 
ularni hali k o 'p o'rganish zarurligini angladi.
Rossiya elehilik m ahkam asining m as’ul xodimi Florio Benevini elchiligi 
shunday maqsad bilan O 'rta Osiyoga yuborildi. Shuni ham aytish kerakki
Buxoro va Xivada A .Bekovich-Cherkasskiy voqeasidan keyin Pyotr 1 O 'rta 
Osiyoga katta qo'shin yuboradi, degan xavf-xatar tug'ilgan edi. Shuning 
uchun bo'lsa kerak, Abulfayzxon 1717-yili Rossiyaga elchi yuborib, u 
bilan d o 'stona va savdo-sotiq aloqalarini o 'rnatish istagini bildirdi.
Florio Benevini uchun tuzilgan va 1718-yil 13 iyul kuni P yotr I 
tarafidan tasdiqlangan qo'llan m ad a elchiga quyidagi topshiriqlar berilgan:
1) Florio Benevini Buxoro xoni huzuriga podsho hazratlarining elchisi 
sifatida boradi. Shu haqda uning qo'liga podsho hazratlarining Buxoro 
xoni nom iga yozilgan m aktubi topshirildi. Elchi Peterburgdan Moskvaga 
qaytib borishi ham ono Astraxanga jo 'n a b ketadi. Astraxandan Buxorogacha 
Abulfayzxonning uni Astraxanda kutib turgan elchisi bilan birga boradi.
2) Florio Benevini Abulfayzxonning elchisiga yo'lda o'zini tanitm aydi. 
Y o 'ld a, ayniqsa B uxoro xonligi h u d u d larid a n o 'tay o tg an d a , h am m a 
yerlarni, xususan bandargohlar, qal’alar va shaharlarni diqqat bilan ko'zdan 
kechirib boradi.
3) Xon bilan uchrashganda uni E ron va boshqa davlatlarning elchilari 
qatorida z o 'r hurm at va ehtirom bilan qabul qilinishiga erishsin. Podsho 
hazrati oliylari u bilan do'stlik va savdo-sotiq aloqalarini ilgaridan ham
ziyoda bo'lishini istayotganini xonga m a ’lum qilsin.
4) Buxoroda bo'lganida, qanday b o 'lm asin , Buxoro xonligi q al’alari, 
q o 'sh in i, otliq va piyoda askarlarining um um iy soni, ularning qurol- 
aslahalari va qancha zam baragi borligini, qo'shinidagi um um iy ahvol
q al’alarning qo'riqlanishini bilib olsin.
5) Abulfayzxonning Eron shohi va Xiva xonlari bilan m unosabati qay 
darajada ekanligini aniqlasin. Xiva xoniga qarshi harbiy ittifoq tuzish 
tak lif etilsin.
6) Buxoroda qanday tovarlar ishlab chiqariladi va ular qayerlarga olib 
borib sotiladi? Buxoroga dengiz yoki quruqlikdan qaysi yo'l bilan borish 
m um kin? Buxoroda qaysi rus tovarlariga ehtiyoj katta? Rossiya bilan
103


savdo-sotiqni kuchaytirish m um kinm i? M ana shu m asalalam i aniqlasin.
7) 
A m udaryoda oltin borm i? Buxoro xonini q o ‘riqlash u chu n necha 
yuz gvardiyachi, yoki q o 'sh in yuborilsa, xon bunga rozi bo'ladi? Shuni 
ham aniqlasin.
H a r ikkila elchilik, B uxoro xonining R ossiyadan vataniga qaytib 
kelayotgan elchisi va Florio Benevini 1721-yil 6 noyabrda Buxoroga 
yetib oldilar. Florio Benevini va uning ham rohlarini Buxoroga 10 v erst1 
qolganda yo‘l ustida Buxoro to ‘pchiboshisi boshliq 50 kishidan iborat 
saroy m ulozim lari kutib oldilar.
Rossiya elchiligi B uxoroda uch yarim yil, 1721-yil 6 noyabridan to 
1725-yil 8 apreligacha tu rd i va podshonin g yuqoridagi to psh iriqlari 
bo'yicha qim m atli m a ’lum otlar to'pladi.
F.Benevini to ‘plagan m a’lum otlar Rossiya hukum ati, uning tashqi 
siyosati uchun kelajakda q o ‘l kelib qoldi.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling