Manbashunoslik


Mavzuni niustahkamlash uchun savollar


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760275
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

Mavzuni niustahkamlash uchun savollar
/. 
Aral) tilida yozilgan manbalar va ularning yurtimiz tarixini о ‘rganishdagi 
ahamiyali qanday?
2. Beruniyning “Osor ul-boqiya ” asarining tarixni о ‘rganishdagi aham iyati 
nimada ?
3. Tabariyning “Tarix ar-rusul va-l-muluk "asari tarixiy tnanba sifatida qanday 
xususiyatlarga ega ?
4. Shihobuddin Nisoviyning “Sirot us-sulton Jaloluddin Menkburni ” asari 
mazmuni nimadan iborat va uning manba sifatidagi ahamiyati nimada ?
5. «Devonu lug'at at-turk » asarining ilmiy ahamiyati nimada?
* U s h b u m a v z u S3. A h m e d o v a s a r i g a t a y a n i b v o r i t i l d i .
160


4 -M A V Z U . X III - X IV A S R L A R M A N B A L A R I
Darsning mazmuni: 
Ushbu darsda vatanim iz tarixiga oid yozm a 
m anbalarning yaratilishida fors tilining tutgan o ‘rni, u tildagi asosiy 
m anbalar t o ‘g ‘risida talabalarga tushuncha beriiadi.
Reja:
4.1. Asosiy ijtimoiy-siyosiy voqealar.
4.2. M o ‘g ‘ul va Xitoy tillarida yozilgan manbalar.
4.3. Huquqiy hujjatlar va yozishmalar.
4.4. Forsiy tilining m anbalarda tutgan o ‘rni.
4.5. Fors tilidagi manbalarning um um iy xususiyatlari va ahamiyati.
Asosiy tushunchalar: 
Forsiy tildagi yozma manbalarga oid atam alar 
ham deyarli arab tilidagilar bilan bir xil ataladi yoki aynan bir tushuncha 
ikkala tilda ham ishlatiladi.
4.1. Asosiy siyosiy-ijtimoiy voqealar
1219—1221-yillar ichida O'zbekiston m o ‘g‘ullar tom onidan istilo etildi. 
1227-yili Chingizxon Yettisuv, Koshg‘ar, M ovarounnahr va Xorazmning 
sharqiy qismini, shuningdek, hozirgi Afg'onistonning shimoliy qismini 
ikkinchi o ‘g ‘li C hig‘atoyga ( 1 2 2 7 - 1 2 4 1-y.) in ’om qildi. Bu ulus tarixda 
Chig'atoy ulusi nomi bilan mashhur. Chig‘atoy ulusining oliy hukmdorlari 
ham , qoraxitoylar singari, ulusni maxsus ijaradorlar, ya’ni xorazmlik 
m a s h h u r savdogar M a h m u d Yalavoch (1 1 2 5 -1 2 3 8 ) va uning o ‘g ‘li 
M a ’sudbek (1238—1289) yordamida idora qildilar.
M unko qoon (1251 — 1260) taxtga o'ltirgandan keyin, Jo'ji ulusining 
oliy hukmdori Botuxon (1227— 1255) bilan til biriktirib, Chig‘atoy avlodining 
k o ‘pchi!igini qatl ettirdi va Chig‘atoy ulusini o'rtada bo'lib olishdi.
Lekin, oradan ko'p vaqt o'tm ay, Olg'u (1261 — 1266) ulus mustaqilligini 
tiklashga muvaffaq bo'ldi. Muborakshoh (1266) va Baroqxon (1266—1271) 
davrida mo'g'ul hukmdorlari mahalliy aholi bilan yaqinlashish maqsadida 
islom dinini qabul qildilar. Natijada, 1266-yili xon hamda ba’zi m o'g 'u l 
urug'lari (masalan, jaloiriylar) Yettisuvdan Movarounnahrga ko'chib 
o'tdilar. Bu hoi o'z navbatida tarqoqlik va parokandalikka olib keldi. XIV 
asrning 50-yillariga kelib, Chig'atoy ulusi ikkiga ajralib ketdi - Yettisuv va 
Koshg'arda qolgan m o'g'ullar mustaqillik e ’lon qilib, o'z davlatlarini tuzib 
oldilar. Bu davlat tarixda Mo'g'uliston yoki Jete nomi bilan mashhurdir.
M o'g 'u llar hukmronligi yillarida M ovarounnahr xalqi ikki to m o n la m a
— m o'g'ul hukmdorlari dorug'alar, bosqoqlar ham da mahalliy yer egalari
161


zulmi ostida qoldi. U lar asosiy daromad solig'i xirojdan tashqari talaygina 
boshqa soliq va jarimalar — dorug'agi, sar shumor, ulufa, tam g'a, qupchur 
yasog'i, tag‘or, bigor va boshqalarni t o ‘lashga majbur etilgan edilar.
O g ‘ir chorakorlik m e h n a ti, m o ‘g ‘ul hukm d o rlarin in g beboshligi 
mehnatkash xalqning sabr kosasini t o ‘ldirdi. Buxoro viloyatining xalqi 
kosib M ahm ud Tarobiy va ilohiyot olimi Shamsuddin Mahbubiylarning 
atrofiga uyushib, 1238-yili q o'z g'olon k o ‘tardi, lekin u boshqa shahar va 
viloyatlarga yoyilmadi. N atijada Buxorodagi q o ‘zg‘olon Yettisuv va 
Xo'janddan Ildiz no'yon ham da Chuqan qurchi boshchiligida yuborilgan 
m o'g 'u l q o ‘shini tom onida n bostirildi.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling