Manbashunoslik


 .4.6. «Kitob al-qand fi marifat ulamo Samarqand»


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760275
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

4 .4.6. «Kitob al-qand fi marifat ulamo Samarqand»
“ Kitob al-qand fi marifat ulamo S am arqand” (“ Samarqand olimlarini 
tanish borasida qand kitobi”) nomli asar muallifi yirik tarixchi, tilshunos 
va faqih N ajm uddin Abu Hifs U m a r ibn M uh am m ad ibn Ahm ad ibn 
Luqm on an-Nasafiy (1068—1142)dir. U musulmon qonunshunosligiga 
oid “ M anzum ot an-Nasafiya fi-l-xulofiyot” (“ Kelishmovchiliklar haqida 
Nasafiyning she’riy asari” ), “Aqoid an-N asafiy” ( “ (Islom) aqidalariga 
an-Nasafiy sharhi”), shariat yo ‘l-yo‘riqlari va “ Q u r ’oni karim ” sharhiga 
b a g ‘ishlangan “A l-yavoqit fi - l - m a v o q it ” ( “ Q ulay v aqtlar xususida 
yoqutlar”), “Zallat al-qoriy” (“ Qorilarning xatolari haqida”) va ta s a w u f
xususida “ Risolai N ajm iya” kabi bir necha kitoblar yaratgan.
Nasafiyning tarix fani uchun eng m uhim “ Kitob al-qand fi m a ’rifati 
ulamoi S am arqand” asaridir. Uning yana bir nomi «Kitob al-qand fi 
tarixi S a m a r q a n d » ( “ S a m a r q a n d tarixi h a q id a q a n d k ito b i ” ) ham
mashhurdir. Ushbu asarda 1232 ulamoning tarjimai hollari, rivoyat qilgan 
hadis va isnodlari mavjud. U nda 0 ‘zbekistonning islomgacha b o ‘lgan 
tarixi, uning arab istilochilari tom onida n bosib olinishi, Samarqandning 
diqqatga sazovor osori atiqalari haqida m a ’lumot keltirilgan. Asarning 
yagona va n o to liq q o ‘lyozma nusxasi Istanbuldagi m ashhur Sulaymoniya 
kutubxonasining Turhan Valde fondida 70-raqam ostida saqlanadi. Yaqin 
vaqtlargacha asl nusxa yetib kelmagan hisoblanar edi. Uni birinchi bor 
Fuad Sezgin tadqiq etgan va asar t o ‘g ‘risida D urbek R ahim jonov 
nomzodlik dissertatsiyasini 2003-yili yoqlagan.
Nasafiyning shogirdi Abulfazl Muham m ad ibn Abdujalil ibn Abdumalik 
ibn Haydaras-Samarqandiy (XII asr) ushbu asarning qisqartirilgan forscha 
tahririni yaratgan. V.V.Bartoldning fikricha (Asarlar. VIII jild, - М., 1973, 
257 bet) Abulfazl M uham m ad as-Samarqandiy asarning forscha tahririga
170


Abulfazl M u h a m m a d a s-S a m a rq a n d iy al-ld risiy n in g (1015-yili vafot 
etgan) “ Kitob komil a l - m a ’rifat a r-rijo l” ( “ M a s h h u r kishilarni tanish 
haqida m u k a m m a l k ito b ” ) nom li asaridan h am ayrim parchalarni olib 
kiritgan.
“ Kitob al-qand fi tarixi Samarqand”ning XV asr oxiri XVI asrboshlarida 
Said Ahmad ibn M ir Vali qalamiga m ansub forscha tahriri ham bor. 
“Qandiyayi xurd” ( “ Kichik qandiya” ) nomi bilan m ashhur bo'lgan bu 
asarning qo'lyozm a nusxalari Sankt-Peterburg, Toshkent va Dushanbe 
sh ah a rlarid a h a m d a G e r m a n i y a , H in d is to n va S audiya A rabistoni 
kutubxonalarida saqlanmoqda.
“ Qandiyayi xurd” bir necha m arta toshbosm a usulida S am arqand 
(1909), Toshkent va T ehronda (1955) chop etilgan; bir qismi V.L.Vyatkin 
( IS69— 1932) tom o n id a n rus tiliga tarjima qilingan va 1906-yili nashr 
clilgan.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling