Manbashunoslik


 .4 .7 . «Tarixi Muborakshoh»


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760275
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

4 .4 .7 . «Tarixi Muborakshoh»
“Tarixi Muborakshoh” (“ Muborakshoh tarixi”) asarining muallifi Faxriddin 
Muborakshoh Mavarrudiy bo‘lib, u XII asming ikkinchi yanni va XIII asming 
boshlarida yashagan yirik tarixchi olimdir. Tarixchining to'liq ismi Faxriddin 
Muborakshoh yoki Faxri mudir nomi bilan mashhur bo'lgan ekan.
Faxriddin Muborakshoh o'z asarining debochasida, shuningdek, Ibn Al- 
Asir va “ Haft iqlim” muallifining keltirgan m a ’lumotlariga qaraganda, otasi 
ham, o'zi ham G'uriylardan1 Shahobiddin (yoki M u ’izziddin) M uham m ad 
(1173—1206) hamda G'iyosuddin Mahmud (1206—1212) saroyida xizmat 
qilgan va o'z zamonasining keng m a’lumotli kishilaridan hisoblangan.
F ax rid d in M u b o r a k s h o h 1206-yilda o 'z i n i n g m a s h h u r “ Tarixi 
M u b o r a k s h o h ” asarini yozib ta m o m la d i va L o h u rd a G 'i y o s u d d i n
Mahmudga taqdim etib, uning e ’tiborini qozongan. Asar, muallifning 
so'/lariga qaraganda, 13 yil ichida tam om langan.
Tarixi M uborakshoh” asari 136 qism (shajara)dan iborat bo'lib, unda 
Muham mad payg'ambar, xulafoyi roshidin (Abubakr, Umar, Usmon, Ali), 
nnsorlar2, muhojir sahobalar1, G'assaniylar, ya’ni Suriya hukmdorlari, 
Yaman podshohlari, johiliyat zamonida, ya’ni islomiyatdan aw al o'tgan
1 ( «' u riy lai—-1 0 0 0 — 1 2 1 5 -y illa rd a X u r o s o n n in g s h a rq iy q is m i, A f g 'o n is to n va S h im o liy
I lliu lis to n d a lu ik m ro n lik q ilg a n su lo la .
1 AiiM irlar — y o rd a m c h i, sa fd o s h ; M u h a m m a d p a y g 'a m b a r 6 2 2 -y ili M a k k a d a n M a d in a g a
k o 'r h i b k c tish g a m a jb u r boM ganida u n i q o M la b -q u v v atlag an A vs va H a z ra j q a b ila la rin in g
rt'/4)liiri.
' S u lio b a — h a in r o h la r, d o 's tla r . M u h a m m a d p a y g 'a m b a rn in g h a m r o h la ri, y a q in d o 's tla ri.
171


shoirlar, sahobalar orasidan chiqqan shoirlar, Ajam podshohlari (Peshdodiylar, 
Kayoniylar, Ashkoniylar, Sosoniylar), Umaviylar, Abbosiylar, Tohiriylar, 
SafToriylar, Somoniylar, G ‘aznaviylar va nihoyat G ‘uriylar tarixi bayon 
etilgan.
Ushbu asarning biz uchun qimmati shundaki, unda Turkistonning sarhadlari 
va unda ishlab chiqariladigan mol va matolar, ularning horijiy mamlakatlarda 
e ’tibor qozongan navlari, turk qabila va urug‘lari, ularning tili va madaniyati, 
yozuvlari, urf-odatlari haqida boy daliliy m a ’lumotlar keltirilgan.
“ Tarixi M u b o r a k s h o h ” asarining yag o n a m o 't a b a r q o ‘lyozm asi 
Angliyaning Oksford shahridagi Bodli kutubxonasida saqlanm oqda . 
Kitobning G ‘uriylar va turkiy xalqlar tarixiga oid qismi matnini ingliz 
sharqshunosi Denison Ross 1927-yilda chop qilgan.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling