Manbashunoslik


 .8 . «Tarixi M a s’udiy»


Download 6.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/185
Sana09.11.2023
Hajmi6.7 Mb.
#1760275
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   185
Bog'liq
Manbashunoslik. Madraimov A

4.4 .8 . «Tarixi M a s’udiy»
A n’anaviy tarixiy asarlardan yaqqol ajralib turadigan “Tarixi M as’udiy” 
( “ M as’ud tarixi”) asarning muallifi Abulfazl M u h am m ad ibn al-H usayn 
al-kotib al-Bayhaqiydir (995—1077). U N ish o p u r viloyatiga qarashli 
H arisobod qishlog‘ida badavlat m an sa b d o r oilada t u g ‘ilgan, asosan 
N ishopur shahrida t a ’lim olib, balog'atga yetgan.
Abulfazl Bayhaqiy taxminan 1021 -yili G'aznaviylar davlatining devoni 
rasoili — xorijiy m am lakatlar bilan aloqa yurituvchi m ahkam aga dabirlik 
mansabiga qabul qilindi va vazir Abu N asr Mishkon rahbarligida 19 yil 
o ‘sha m ansabda xizmat qildi. Abu N a sr Mishkon vafotidan so‘ng 1039- 
yili Abulfazl Bayhaqiy uning o ‘rniga devon boshlig'i etib tayinlandi. 1041- 
yili Sulton M as’ud o'ldirilgandan so'ng, u saroy xizmatidan chetlatildi 
va faqat Sulton Abdurashid 1050-yili hokimiyat tepasiga kelgach, yana 
o ‘z o ‘rniga tiklandi. Abulfazl Bayhaqiy bu lavozimda 1059-yilgacha, y a ’ni 
Sulton Farruhzod (1053—1059) saltanatining oxirigacha davlat xizmatida 
b o ‘ldi, keyin istefoga chiqib, ilmiy ish bilan mashg'ul b o ‘ldi. U 1077-yili 
vafot etgan.
Abulfazl Bayhaqiy “Ziynat ul-kitob” ( “ Kitoblar ziynati”), “Tarixi oli 
M a h m u d ” ( “ M ahm ud xonadonining tarixi”) yoki “J o m i’ fi tarixi oli 
Sabuqtegin” (“ Sabuktegin xonadoni tarixidan hikoyalar majmuasi”) nomli 
asarlari bilan mashhur. “Tarixi Bayhaq” ( “ Bayhaq (viloyati) tarixi”) asar 
muallifi Abulhasan Ali Bayhaqiy XII asrning ikkinchi yarmida o'tgan va 
ko‘pincha ibn Funduq nomi bilan m ashhur bo'lgan olimning m a ’lumotiga 
qaraganda, Abulfazl Bayhaqiyning “Tarixi oli M ah m u d ” asari o'ttiz jilddan 
iborat bo'lgan. Lekin, bu ulkan asarning faqat oltinchi jildining ikkinchi 
qismi, 7, 8, 9-jildlari ham d a 10-jildining bir qismi yetib kelgan, xolos.
172


I hi qismlar Sulton M a s ’ud (1030—1041) davri tarixini o 'z ichiga oladi va 
“Tarixi M a s ’udiy” nom i bilan m a ’lum va mashhur.
“Tarixi M a s ’udiy” asarida boshqa tarixiy kitoblardan farqli, muallif 
o'zi ko'rgan va ishonchli kishilardan aniqlagan m a ’lumotlami, shuningdek, 
luikumat m a h k a m a la rid a saqlangan rasmiy hujjatlar asosida h a m d a
maishiy tafsilotlarga h a m alohida e ’tibor berilgan.
Bu xususiyat asarning daliliy m a ’lumotlaiga boyligi, voqealarning keng 
va atro flic h a bay o n etilishi va nihoyati z o ‘r badiiy m a h o ra t bilan 
vozilganligi, uni b oshqa tarixiy asarlardan alohida ajratib turadi.
Kitobda, asosan Sulton M as’ud davri G'aznaviylar saltanati ijtimoiy- 
siyosiy ahvoliga keng o 'rin berilgan. Bundan tashqari, asarda Safforiylar, 
Somoniylar, Saljuqiylar tarixiga oid muhim m a ’lumotlar ham bor. Ayniqsa, 
G'aznaviylar bilan Xorazm, Saljuqiylar ham da Qoraxoniylar davlati o'rtasida 
bo'lgan siyosiy m unosabatlar haqida qimmatli m a ’lumotlar ko'p.
Ushbu asardagi Abu R ayhon Beruniy hayoti to'g'risida tafsilotlar va 
uning bizgacha yetib kelm agan Xorazm tarixiga oid asaridan lavhalar biz 
uchun ju d a qim m atlidir. C hunki, muarrix ulug' vatandoshimiz bilan 
m uloqotda bo'lgan, uni yaxshi bilgan va fikrlarini qadrlagan.
“Tarixi M as’udiy” asarining forsiy matnini U. Morley Kalkuttada 1861- 
yili, T ehronda esa A hm ad Peshavoriy 1886-yili, Said Nafisiy 1941 —1954- 
yillari, G 'a n i va Fayoz 1945-yili chop etganlar. Uning arabcha tarjimasi 
Qohirada Yahyo Hashshob va Sodiq Nishot tom onidan chop etilgan.
“Tarixi M a s ’udiy” asarining ruscha tarjimasi tadqiqot va zarur izohlar 
bilan m anbashunos olim A.K.Arends to m o n id a n Toshkentda 1962-yili 
va M oskvada 1969-yili e ’lon qilindi. K ito bning X—XI asr tarixini 
o'rganuvchilar uch u n m an b a sifatida ahamiyati juda katta.

Download 6.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling